257
IMP asbobi turli o‘qli sxemaga ulanadi va magnit tekshirilayotgan konstruksiya-
ning qiziqtirilayotgan qismiga o‘rnatiladi. Avval ko‘rsatib o‘tilganidek, asbob
bo‘yicha ikkita sanoq olinadi,
n
∆
- ko‘rsatishlarning orttirmasi hisoblanadi va
tarirovkali grafik bo‘yicha izlanayotgan kuchlanishlarning kattaligi aniqlanadi. Bosh
kuchlanishlar trayektoriyalarini aniqlash uchun tekshirilayotgan konstruksiyaning
berilgan uchastkasida traferet o‘rnatilib, uning teshigiga magnit kallak joylashtiriladi.
Dastlab magnit kallak galvonometrda maksimal sanoq
olinguncha aylantiriladi, keyin
traferatning bo‘limlaridan biri magnit kallakning bo‘limi bilan mos tushguncha
traferet aylantiriladi. Traferetning va magnit kallak bo‘limlarining ustma-ust tushgan
yo‘nalishlari sinalayotgan namunadagi bosh kuchlanishlardan biriga mos keladi.
Armaturadagi kuchlanish o‘lchagichi “INK-2.4”
avvaldan kuchlantirilgan
sterjenli, simli va kanat armaturada mexanik kuchlanishlarni (GOST 22362),
shuningdek vibromaydonchalar, fundamentlar va boshqalarning vibrotebranish
parametrlarini chastotali usul
bilan operativ nazorat
qilish uchun mo‘ljallangan. Asbob konstruksiyadagi
kuchlanishlarni o‘lchashi uchun ularda diametriga
qarab 1,2...3 metrgacha ochiq armatura
uchastkasining bo‘lishi talab qilinadi.
“INK-2.4” asbobi elektromagnit va vibratsion
shovqinlarga o‘ta bardoshliligi bilan ajralib turadi.
Bunga o‘lchanayotgan signallarga ko‘p faktorli
intellektual ishlov berilganlik, samarali
filtratsiya
va datchik konstruksiyasi evaziga erishilgan
(9.4-rasm).
Dostları ilə paylaş: