217
7.3-rasm. Ultratovushli exo-defetoskopning blok sxemasi:
1-nazorat qilinayotgan buyum; 2-ultratovush nurlatgichi; 3-ultratovush qabul qilgichi;
4-kuchaytirgich; 5-vaqtni qayd qiluvchi qurilma; 6-elektronnurli trubka; 7-xronizator;
8-yuqori chastotali generator.
Rezonans usuli.
Buyumlarning qalinligi ularga bir tomondan kirish mumkin
bo‘lganda nazorat qilish uchun, shuningdek, materiallarda va buyumlarda korroziya
yoki sovuq ta’sirida qatlamlarga ajralish va kuchsizlangan qismlar ko‘rinishidagi turli
xil nuqsonlarni aniqlash uchun ultratovushli rezonans usuli keng foydalaniladi. Bu
usulning mohiyati shundan iboratki, sinalayotgan buyumning chastotasi, to‘lqin
uzunligi, qalinligi bilan to‘lqinning tarqalish tezligi o‘rtasida:
n
h
f
c
2
=
=
λ
formula bilan ifodalanadigan ma’lum bir bog‘lanish mavjud,
bunda:
λ
- to‘lqin uzunligi;
c
– to‘lqinning tarqalish tezligi;
f
– chastota;
h
– buyumning qalinligi;
n
– butun son.
Ultratovush tebranishlari muhitning bo‘linish chegarasiga yetgandan so‘ng
undan qaytadi va yana o‘zgartkichga tushadi (7.4-rasm). Agar ultratovushli
tebranishlar chastotasi sinalayotgan buyumning xususiy chastotasi bilan bir xil bo‘lib
qolganda rezonans yuz beradi, uning tavsifiga ko‘ra nuqsoning mavjudligi to‘g‘risida
fikr yuritiladi. Nuqson mavjud bo‘lganda rezonans buyumning xususiy chastotasi
bo‘yicha yuz beradi.
|