Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm Ultratovushli impulsli asbobning



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

7.5-rasm Ultratovushli impulsli asbobning 
blok sxеmasi: 1- bеton elеmеnti; 2- 
nurlatgich; 3- 
impulslar gеnеratori; 4- ish 
boshlovchi gеnеrator; 5- kutuvchi yoyilma; 6- 
vaq
t bеlgilari gеnеratori; 7- elеktorn nur 
trubka; 8- kuchaytirgich; 9- qabul qilgich. 
 
Erkin tebranishlar usuli 
erkin tebranishlarni amalga oshiruvchi qattiq jismning 
xossalaridan foydalanishga asoslangan. Tebranayotgan jismning tebranishlar davri va 
chastotasi so‘nish koeffitsiyenti kabi asosiy tavsiflari jismning parametrlariga, 
massasiga va boshqa fizik-mexanik xossalariga bog‘liq.
Nuqsoni bo‘lmagan buyum ma’lum tebranish parmetrlariga ega sistema 
sifatida qaraladi. Buyum materialning bir jinsliligini o‘zgartiruvchi nuqson mavjud 
bo‘lganda tebranish sistemasining parametrlari 
ham o‘zgaradi, ya’ni erkin tebranishlarning 
chastotasi va so‘nish koeffitsiyenti o‘zgaradi. 
Erkin tebranishlar usuli yelimlangan birikmalarni 
nazorat qilish uchun, shuningdek betonni sinashda 
foydalaniladi. 
 
 
 
 
7.4-rasm. Ultratovushli rezonansli defetosokopning blok sxemasi:
1 nazorat qilinuvchi buyum; 
2-ultratovush nurlatgichi; 3-yoyilmaning generatori; 4-chastotaviy modulyatsiyali avtogenerator; 
5-kuchaytirgich; 6-elektronnurli trubka. 
7.3. Betonni sinashning impulsultratovushli usullari. 
 
Impuls sinov asboblari 
betondagi strukturaviy o‘zgarishlarini va uning 
mustahkamligi bog‘liq bo‘lgan materialning boshqa xossalarini aniqlash uchun 
qo‘llaniladi. Ular betoning qotish jarayonini nazorat qilish uchun, betondagi va 
payvand choklardagi nuqsonlarni (yoriqlarni), yig‘ma konstruksiyalarni 
yaxlitlashtirishda (monolitlashda) choklar 
sifatini aniqlash uchun foydalanishi mumkin 
va h.k. 


219 
Beton sifatini nazorat qilishning usullari elastik to‘lqinlarning tarqalish 
tezligini va ularning yutilishi tavsiflarini aniqlashga asoslangan. Ultartovushli 
asbobning ishlash prinsipi (7.5-rasm) quyidagilardan iborat. Yuqori chastotali 
generator tomonidan uyg‘otiladigan ultartovushli impulslar davriy ravishda 
nurlatgichga uzatiladi, u yerda bu impulslar mexanik tabranishlarga aylantiriladi. 
Mexanik tebranishlar qalin beton orqali o‘tib, qabul qilgich (priyomnik)ka tushadi, 
unda elektr impulslarga aylantiriladi. Elektr impulslar kuchaytirgich orqali 
elektronnur trubkaga uzatiladi.
Impulsni beton elementining bir tomonidan uzatish va impulsni ikkinchi 
tomonidan qabul qilib olish paytlari ekranda sinusoidal ko‘rinishidagi signallar 
ekranda qayd etiladi. Ultratovushli to‘lqinlarning tarqalish jarayonini modellash 
maxsus elektron qurilma yordamida amalga oshiriladi. 
Asbobda shuningdek vaqtni belgilovchi generator ham mavjud, uning 
yordamida elektronnurli trubka ekranida ma’lum vaqt oraliqlaridan so‘ng vaqt 
belgilarining vaqtincha shkalasi chiziladi. Vaqt belgilari miqdori bo‘yicha yoki 
impuls chetini kelgan signal bilan ustma-ust tushirish usuli bilan ultartovushning 
beton elementi orqali o‘tish vaqti (mikrosekund hisobida) aniqlanadi. Vaqt kattaligini 
va beton elementining o‘lchamlarini bilgani holda tezlikni: 
t
l
c
=
formula bo‘yicha 
aniqlanadi, bunda
l
- o‘lchash bazasi, mm;
t
- vaqt, mk sek. 
Biroq, ultratovush tezligi kattaligi, agar dastlabki materiallarning xossalari 
oldindan ma’lum bo‘lganda va buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyasi 
o‘zgarishsiz qolgan holdagina betonning sifatini tavsiflashi mumkin bo‘ladi. 
Yanada aniqroq natijalar olish uchun va dastlabki materiallarning noma’lum 
xossalarida ultratovush to‘lqinlarining tezligidan tashqari ularning beton tomonidan 
tarqalish va yutilishi tavsiflarini aniqlash zarur. 
Kompleksli ultratovushli impuls qurilmasi yordamida beton elementining uchta 
xarakteristikasini (tavsifini) aniqlash mumkin: elastik – ultratovushning tarqalishi 
tezligi bo‘yicha; noelastik – so‘nish koeffitsiyenti bo‘yicha va betonning strukturaviy 
bir jinsli emasligi darajasi bo‘yicha. Bu qurilmaning va boshqa ayrim ultravushli 
asboblarning tavsiflari 7.2- jadvalda keltirilgan. 


220 
«Impuls -1» ultratovush asbobi boshqa asboblardan shunisi bilan farq qiladiki, 
unda lampalar soni juda kam bo‘lib, 0,1 mksek oralatib dekadali, diskret tutilishdan 
foydalaniladi. Asbob ikki xil variantda ishlangan – elektron lampalarda va 
tranzistorda ishlovchi. 
DUK – 20 ultratovushli asbobi shu turdagi asboblarning eng universali 
hisoblanadi, u betonni va boshqa qurilish materiallarini tebranishlar yuborish 
chastotasi va amplitudasi bo‘yicha katta oraliqda o‘zgaruvchi impulslar yordamida 
sinashga imkon beradi. Asbobda diskret tutilishi, shuningdek tebranishlarning 
so‘nishi o‘lchash qurilmasi mavjud. 
7.2 jadval 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin