6.9-rasm. “Oniks-OS” asbobining umumiy ko‘rinishi
:
1 – gidropress; 2 – elektron blok; 3 – yo‘nish qurilmasi;
4 – anker.
Anker beton bilan mahkam birikishi uchun shpurda berilgan chuqurlikda maxsus
yo‘nadigan asbob (rastochnoye ustroystvo) bilan halqasimon o‘yiq yo‘niladi, anker
segmentlarining uchida esa bo‘rtiqlar qilinadi. Ko‘chirib olish paytida uchi o‘yiq
bo‘ylab shakllangan beton fragmentining stabil (barqaror) konusi hosil bo‘ladi, bu esa
o‘lchashlarning ishonchliligini ancha oshiradi.
Asbob quyidagilarning amalga oshirilishini ta’minlaydi:
-tavsiya etiladigan va faktik yuklantirish tezliklarining yoritiladigan grafik
displeyda raqamli va grafik shakllardagi indikatsiyasi;
-qo‘yilayotgan zo‘riqish indikatsiyasi va o‘yib olish zo‘riqishining avtomatik
fiksatsiyasi;
209
-beton turi, qotish usuli, anker turi va o‘lchamlarini hisobga olgan holda beton
mustahkamligini hisoblash;
-konstruksiyaning 1 dan 5 tagacha uchastkasini sinash asosida natijalarni
shakllantirish;
-sinov natijalari va shartlarini real vaqtda arxivlash (450 seriyada 5 tadan
o‘lchov), ularni sanalar va raqamlar bo‘yicha tezkor ko‘rib chiqish;
-yangi materiallarni sinash uchun individual graduirovkalovchi bog‘liqliklarni
o‘rnatish;
-optointerfeys bo‘yicha shaxsiy kompyuter bilan aloqa o‘rnatish va
ixtisoslashtirilgan kompyuter dasturi yordamida axborotni qo‘shimcha ishlash.
Qo‘shimcha
moslamalarni qo‘llash orqali asbobdan tog‘ jinslari namunalari, sement
to‘sinchalari, qorishma kubiklarini sinash plitka adgeziyasini aniqlash uchun
foydalanish mumkin.
Texnik tavsiflari:
-mustahkamlikni o‘lchash diapazoni, MPa....................5..100
-ankerni o‘yib olishning chegaraviy zo‘riqishi, kN.......55
-kuch o‘lchovi nisbiy xatosining chegarasi, %...............2
-gidropressning gabarit o‘lchamlari, mm……………...300x70x85
-gidropress massasi, kg...............................................3,7
“Oniks-AP” qoplamalar adgeziyasi o‘lchagichi
suvoq, faktura qoplamalari,
sopol plitka, turli himoya qoplamalarining asos bilan GOST 28089, 28574, bo‘yicha
po‘lat disklar yoki plastinalarni ko‘chirib olish usulida birikish mustahkamligini
o‘lchash, shuningdek likopchasimon dubellar, anker boltlari va boshqalarning
sug‘irib olish zo‘riqishlarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan (6.10-rasm).
|