Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Mexanik ta’sir ko‘rsatuvchi yangi avlod asboblari



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

6.5. Mexanik ta’sir ko‘rsatuvchi yangi avlod asboblari 
So‘nggi yillarda elektronika va kompyuter texnologiyalarining taraqqiy etishi bir 
qator yangi avlod asboblarining yuzaga kelishiga zamin yaratdiki, ular o‘z 
analoglaridan ixchamligi, ergonomik xususiyatlari, gabaritlari va massasining 
kichikligi bilan ancha farq qiladi. Foydalanishning osonligi, ma’lumotlarni qayd etish 
va ishlashning avtomatlashtirilgani, xotirada saqlash imkoniyatlari, shaxsiy 
kompyuter bilan bog‘liqligi bu asboblarning asosiy afzalliklarini tashkil etadi. 
“Oniks 2.5” zarbli-impulsli mustaxkamlik o‘lchagichi
. Texnologik nazorat 
paytida betonning (GOST 22690) mustahkamligi va bir jinsliligini operativ nazorat 
qilish, binolar va inshootlarni tekshirish, shuningdek g‘isht, yengil betonlar, 
kompozitsion materiallar, qorishma choklari, suvoqlar va boshqalarning 
mustahkamligini nazorat qilish ushbu asbobning asosiy vazifalarini tashkil etadi. 


203 
Asbob vositasida birinchi marta mustahkamlikni aniqlashning bir paytning 
o‘zida zarbli-impuls va elastik urilib qaytish bo‘yicha ikki parametrli usuli amalga 
oshirilgan bo‘lib, bu usul o‘lchovlarning 
aniqligini ancha oshiradi. Xulosaviy 
natijalarga erishish uchun seriya tarkibidagi 
buyumning nazorat uchastkasida 15 tagacha 
zarb berilib, 30 tagacha dastlabki natijalar 
(zarbli impuls va urilib qaytish bo‘yicha) 
olinganidan keyin, ularning elektron blokda 
intellektual tahlili amalga oshiriladi hamda 
variatsiya koeffitsiyenti hisoblanadi (6.8-
rasm). 
 
 
6.8-rasm.
“Oniks-2.5” asbobining tashqi ko‘rinishi:
1 – elektron blok” 2 – ochish tugmachasi;
3 – vzvod tugmachasi; 4 – koronka. 
Bir qator asosiy opsiyalar ko‘zda tutilgan: 
-12 ta bazaviy graduirovkalovchi bog‘liqliklar, bunda ularni sindirib ko‘chirib 
olish usuli bilan sinash natijalari bo‘yicha operativ aniqlash imkoniyati mavjud; 
-foydalanuvchi tomonidan o‘z graduirovkalari va nomlarini operativ o‘rnatish, 
shu jumladan 12 ta yangi material turlari uchun
-betonning yoshi, tarkibini, qotish va karbonlashish shart-sharoitlarini hisobga 
olish; 
-seriyalarning natijalari va tarkibi, variatsiya koeffitsiyenti, material turi, buyum, 
o‘lchash vaqti va sanasini xotirada qayd etish; 
-seriyalarning sanalari va raqamlari bo‘yicha arxivdan natijalarni tezkor qidirish 
funksiyasi, bunda ularni raqamli shaklda va yoritilgan displeydagi diagrammalar 
ko‘rinishida ko‘rib chiqish imkoniyati ham mavjud
-shaxsiy kompyuter bilan bog‘liklik va servisli kompyuter dasturi. 
Dastur o‘lchashlar natijalarini kompyuterga ko‘chirish, ularni saqlash, ko‘rib 
chiqish va hosil bo‘lgan massivdan tanlab olish, shuningdek tanlab olingan natijalarni 
jadvallar ko‘rinishida bosib chiqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunda o‘lchashlar 


204 
o‘tkazilgan vaqt va sana, material turi, mustahkamlik qiymatlari variatsiya 
koeffitsiyenti va og‘ish chegaralari bilan birga ko‘rsatiladi. 
Datchik-sklerometrning o‘ziga xos konstruksiyasi foydalanuvchiga bitta qo‘lda 
ishlash va yetib borish qiyin bo‘lgan joylarda zarblarni yuqori intensivlikda va aniq 
bergan holda o‘lchashlarni amalga oshirish imkonini beradi. Datchik gabaritlarining 
kichikligi va korpusining zamonaviy materialdan bajarilganligi xatto past 
temperaturalarda ham ishonchli va qulay ish sharoitini ta’minlaydi. 
Asbob atrof muhit temperaturasi -
10 dan +40˚S gacha bo‘lganda (asbob bilan 
birga yetkazib beriladigan ishchi ekvivalent mustahkamlik o‘lchovi uchun ishchi 
temperaturalar diapazoni 20±10˚S ga teng) va maksimal namlik +25˚S temperaturada 
90%ni tashkil qilganda ishlash uchun mo‘ljallangan. 
Asbob tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-sklerometr; 
-elektron blok; 
-ishchi ekvivalent mustahkamlik o‘lchovi; 
-kompyuter bilan bog‘lanish bloki. 
Asbobning asosiy texnik tavsiflari quyidagicha: 
-mustahkamlikni o‘lchash diapazonlari, MPa.........................05-100 
-mustahkamlikni o‘lchashning yo‘l qo‘yiladigan 
asosiy nisbiy xato chegaralari, %...........................................±8,0 
-
ishchi diapazon chegaralarida har bir 10˚S uchun atrof muhit temperaturasining 
normal sohadan og‘ishida mustahkamlikni o‘lchashning yo‘l qo‘yiladigan 
qo‘shimcha xato chegaralari, %.......................................±1,5 
-ishchi ekvivalent mustahkamlik o‘lchovining nominal qiymati, ....MPa24,5±2,5 
-ishchi ekvivalent mustahkamlik o‘lchovi qiymatining yo‘l qo‘yiladigan nisbiy 
xato chegaralari, %.............................................................±4,0 
-doimiy tok manbaidan ta’minlash, V (batareya razradlarining indikatsiyasi 
bilan) ………..2,5±0,5 
-iste’mol qilinayotgan quvvat, Vt, ko‘pi bilan.....................0,1 
-uzluksiz ish davomiyligi, soat, ko‘pi bilan..........................25 
-asbobning yig‘ilgan holdagi massasi, kg, ko‘pi bilan..........0,9 
-gabarit o‘lchovlari, mm: 
elektron blokniki..............................................................151x81x32 


205 
sklerometrniki...............................................................

25x160 
ishchi o‘lchovniki.........................................................120x60x35 
kompyuter bilan bog‘lanish blokiniki (KBB).................55x82x21 
-o‘rtacha xizmat muddati, yil, kamida..................................10 
Asbobda zarbli impuls parametrlari nazorat qilinayotgan materialning elastik-
plastik xususiyatlariga korrelyatsion bog‘liqlikda bo‘ladi. Asbobning ishlash prinsipi 
ham aynan shunga asoslangan. 
O‘lchashlarni bajarish uchun o‘lchanayotgan sirtga sklerometr indentori bilan 
zarb berish lozim. Zarb paytida qayta o‘zgartirgich (preobrazovatel) o‘lchash 
ob’yektining sirtqi qattiqligiga proporsional bo‘lgan signal ishlab chiqaradi, bu signal 
elektron blok tomonidan qayd etiladi va quyidagi formulalar bo‘yicha 
mustahkamlikka o‘zgartiriladi: 
B=U·a
k
va R=(A
0
+A
1
·B+A
2
·B
2
), 
bu yerda: B – materialning shartli qattiqligi, MPa; 
U – elektr parametr ekvivalenti; 
R – mustahkamlik, MPa; 
a
k
– kalibrlash koeffitsiyenti; 
A
0
, A

, A2·- approksimatsiyalovchi polinom koeffitsiyentlari. 
Asbob elektron blok va sklerometrdan iborat (6.8-rasm). Elektron blok
1 korpusining old tomonidagi panelida klaviatura va grafik displey darchasi 
joylashgan. Korpusning yuqorigi tores qismida sklerometrni ulash uchun razyom 
hamda natijalarni uzatish va ishlash uchun kompyuter bilan infraqizil aloqa kanali 
mavjud. Korpusning orqa panelida batareya bo‘linmasining qopqog‘i o‘rnatilgan. 
Sklerometr zarb beruvchi prujinali mexanizmga ega bo‘lgan silindr korpusda 
bajarilgan. Sklerometrning yonbosh sirtida vzvod tugmachasi 3 va ochish tugmachasi 
2 joylashgan. Koronka 4 datchikni o‘lchash ob’yektiga o‘rnatish uchun 
mo‘ljallangan. 
Komplektga ilova qilinadigan ishchi o‘lchov organik shishadan ishlangan 
plastina shakliga ega. U ishlatish jarayonida asbobni vaqti-vaqti bilan rostlab turishga 
xizmat qiladi. Zarblarni sirtning bitta yeriga urishga yo‘l qo‘yilmaydi. Zarblar tadqiq 
etilayotgan sirtning bir-biridan 1 sm dan kam bo‘lmagan masofada joylashgan turli 
yerlariga uriladi.


206 
Bunda sirt begona iflosliklardan tozalangan bo‘lishi va yoriqlar, sezilarli 
notekisliklar, beton sirtiga chiqib qolgan shag‘al bo‘rtiqlariga ega bo‘lmasligi lozim. 
Asbob bilan 5000 zarb urilganidan so‘ng, ammo har 3 oyda 1 martadan kam 
bo‘lmagan holda, uni ishchi o‘lchovda kalibrlash tavsiya etiladi. Ishchi o‘lchov qattiq 
asosda, izolondan ishlangan gilamchada o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bu turli 
ko‘rinishdagi xatolarning o‘rnini bosish imkonini beradi. 
“Oniks-2.5” asbobi Davlat metrologik xizmati organlari tomonidan yoki 
tekshirish huquqiga ega boshqa vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan 
tekshiriladi. Asbob bir nechta ko‘rinishda ishlab chiqariladi. 
“Oniks-2.51” ikki parametrli mustahkamlikni aniqlash usuliga (zarb+urilib 
qaytish) va servis funksiyalarining to‘liq to‘plamiga ega. 
“Oniks2.52” bir parametrli mustahkamlikni aniqlash usuliga (faqat zarb) va 
servis funksiyalarining to‘liq to‘plamiga ega. 
“Oniks-2.53” ikki parametrli mustahkamlikni aniqlash usuliga (zarb+urilib 
qaytish) va soddalashtirilgan servisga ega (bunda kompyuter bilan aloqa funksiyasi 
yo‘q, beton yoshi, soat, kalendar ham o‘rnatilmagan, yozuv daftarchasida esa 
natijalar o‘lchash vaqti ko‘rsatilmagan holda saqlanadi). 
“Oniks-2.54” bir parametrli mustahkamlikni aniqlash usuliga (faqat zarb) va 
soddalashtirilgan servis funksiyalarining to‘liq to‘plamiga ega (bunda kompyuter 
bilan aloqa funksiyasi, beton yoshi qurilmasi, soat, kalendar yo‘q, yozuv 
daftarchasida natijalar o‘lchash vaqti ko‘rsatilmagan holda saqlanadi). 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin