Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Betonni gidravlik nasos bilan sinashning kompleks usuli



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

6.3. Betonni gidravlik nasos bilan sinashning kompleks usuli 
Betonni sinashning kompleks usuli shundan iboratki, betonning siqishdagi 
mustahkamlik chegarasi ikkita fizik-mexanik tavsiflar – birgalikdagi uzib olishga va 
yorilishga mustahkamlik hamda sirtiy qatlamning statik mustahkamligi bo‘yicha 
aniqlanadi. Birgalikdagi uzib olishiga va yorib olishga betoning mustahkamligi 
ochiluvchi konus yoki sterjen sug‘urib uzib olish uchun zarur kuch bilan ifodalanadi, 
sirtiy qatlamning statik qattiqligi esa beton sirtiga po‘lat sharchani botirishdan hosil 
bo‘lgan izning diametri bilan ifodalanadi. 
Sinov ixcham gidravlik press- nasos yordamida amalga oshiriladi. Asbob (6.7-
rasm) ishchi silindrli traversa ko‘rinishida ishlangan korpusdan iborat bo‘lib, unda 
shtokka ulangan porshen joylashtirilgan. Korpusda chiqariluvchi oyoqlarni, nasosni 
va monometrni burab kiritish uchun o‘yachalar mavjud. Ishchi silindr qopqoq bilan 
zich yopiladi. Nasos silindrdan, yuqori qopqoqdan vintli shtokli porshendan va 
dastakdan iborat.


198 
Nasos o‘zining pastki qismi bilan asbob korpusidagi uyaga burab kiritiladi. 
Asbobning oyoqlari sferik chuqurliklar bilan tugallanib, ularda maxsus uchliklar 
bilan tutib turiluvchi po‘lat sharchalar joylashgan. Asbob kompleksiga ochiluvchi 
konus va sug‘urib olinuvchi sterjenlar kiradi, ular asbobni sinashda u bilan maxsus 
o‘tuvchi gaykalar yordamida biriktiriladi. 
Sug‘urib olinuvchi sterjening bir uchi kesik ko‘rinishdagi yo‘g‘onlashgan 
bo‘lsa, ikkinchi uchiga vintli yo‘llar kesilgan bo‘lib, uning yordamida sterjen asbob 
tortqisi bilan biriktiriladi. Sinovlarni o‘tkazishdan avval sug‘urib olinadigan 
sterjenlarni qoliplarning bortiga mahkamlash bo‘yicha tayyorgarlik tadbirlari amalga 
oshiriladi. Taxta qolipda (opalubkada) diametri 20 mm bo‘lgan teshik parmalanib, 
unga ichki tomondan sug‘urib olinadigan sterjenlar qo‘yiladi. Tashqi tomondan taxta 
qolipning turiga bog‘liq ravishda sug‘urib olinuvchi sterjenlar metall opalubkada 
“mayaq” qopqog‘i yordamida va yog‘och opalubkada vintli tutqich yordamida 
mahkamlanadi. 
Mahkamlovchi moslamalar konstruksiya betonlangandan so‘ng 24 soatdan 
keyin olinadi yoki konstruksiyaning taxta qoliplarini olib tashlashdan oldin, 
bug‘latgandan so‘ng darhol olib tashlanadi, shundan so‘ng sug‘urib olishga tayyor 
bo‘ladi. Sug‘urib olinadigan sterjenlar ko‘zda tutilmagan, foydalanilayotgan 
konstruksiyalarni sinashda shpurlar parmalanadi yoki qoqib kiritilib, ularga keyin 
ochiluvchi konuslar qo‘yiladi. 
Shpurga o‘rnatilgan ochiluvchi konus mufta-tortqilarni burab kiritishda 
segment yuzlari surilishi hisobiga betonda mustahkam mahkamlanib qoladi. Keyin 
asbob o‘rnatiladi va gayka – shtok yordamida sug‘urib olinuvchi sterjen yoki 
ochiluvchi konus bilan biriktiriladi. 
Asbobning har bir oyog‘i ostiga iz hosil qilish uchun oq qog‘oz varag‘i, uning ustiga 
nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz qo‘yiladi. Nasos vintini bir tekis sekin aylantirish bilan 
1000 kG zo‘riqishni ta’minlovchi bosim hosil qilinadi, shundan so‘ng nasos dastasini 
qarama – qarshi tomonga burish bilan bosim olib tashlanadi va asbob oyoqlari 
ostidan iz tushirilgan qog‘oz varaqlari olinadi. 
Shundan so‘ng nasos dastasini takroran aylantirish bilan bosim sterjenni yoki 
ochiluvchi konusni sug‘urib olish uchun zarur kattalikkacha orttiriladi. Bu bosimning 
kattaligi monometrning ko‘rsatishlari bo‘yicha qayd etiladi va sinovlar jurnaliga 
kiritiladi. 


199 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin