201
Agar buyum (mahsulot) larning balandligi 100 mm bo‘lganda bu farq bor
yo‘g‘i 5% ni tashkil etsa, u holda balandligi 300 mm bo‘lgan vibromaydonchada
zichlashtiriladigan plastik beton qorishmalari uchun bu farq 18% gacha ortadi, buyum
(mahsulot) balandligi yana ortirila borilsa, bu farq yanada ko‘proq ortadi.
Uzun o‘lchovli temirbeton buyumlarni sinashda shu narsa aniqlandiki, ularning
mustahkamligi uzunligi bo‘yicha bir xil bo‘lmay, ayrim hollarda 30% gacha o‘zgarar
ekan. Bu hol ko‘pincha monolit (yaxlit) buyularda, beton qorishmasini chuqurlik
vibratori yordamida yetarli darajada bir tekis zichlashtirilmaganda, va buyum
uzunligi bo‘yicha turli uchastkalarda vibratsiyalash davomiyligi bir xil bo‘lmaganda
kuzatiladi. Sinovlar o‘tkaziladigan joyni tanlashda opolubkada choklar hosil qilgan
uchastkalardan qochish kerak.
Sinovlarni konstruksiyaning vertikal sirtida o‘tkazish kerak. Aks holda
gorizantal sirtdagi yuqorigi sementli–qumli plyonka to‘liq olib tashlanish va bu qism
karborund disk yordamida tozalanish kerak.
Barcha hollarda sinovlar o‘tkaziladigan uchastkalar asbobni torirovkalash
uchun qo‘llaniladigan nazorat sirtlari kabi sirtga ega bo‘lishini nazorat qilish zarur.
Temirbeton konstruksiyalarni mexanik ta’sir ko‘rsatish asboblari bilan
sinovdan o‘tkazish joylarini tanlash bo‘yicha ma’lumotlar 6.2-jadvalda keltirilgan.
6.2-jadval
Dostları ilə paylaş: