180
Murakkab tebranish (bir necha tonli) ham yo bitta kuch ta’sirida (agar bu kuch
ta’sirida turli chastotali davriy impulslar yuzaga kelgan holda), yoki turli chastotalar
bilan ta’sir etuvchi bir necha kuchni qo‘shish natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Shunday qilib, murakkab tebranishni turli xil chastotaga ega bo‘lgan bir nechta
oddiy tebranishlar yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Yozib olingan vibrogrammalar bo‘yicha dinamik tavsiflarni aniqlash uchun
ularning shifrini ochish (o‘qish) kerak bo‘ladi. Buning uchun bir holda yozib olngan
vibrogrammalar bo‘yicha keng ko‘lamli o‘lchamlar bilan cheklaniladi, boshqa holda
— yozuvni o‘qishning yanada aniqroq analitik usullari qo‘llaniladi.
Tashqi
ko‘rinishga ko‘ra vibrogrammalarni konstruksiyani yuklantirishda
kechadigan jarayon deb taxminan tasavvur qilish mumkin. Mana, masalan,
tebranishlar amplitudasi keskin o‘zgarganda (5.16-
g
rasm) bu zarbiy xarakterga ega
kuchlar ta’sir etayotganini ko‘rsatadi. Amplituda qiymatining juda kam o‘zgarishi va
uning o‘zgarishi qonuniyatlarining noaniq ifodalnishi (5.16-
d
rasm) dinamik
yuklanish intensivligi (jadalligi)ning barqarorligini ko‘rsatadi. Rezonans hodisasi
amplitudaning keskin o‘zgarib, ma’lum vaqtda uning
maksimal qiymati saqlanib
turishi bilan ifodalanadi (5.16-
y
rasm).
Dostları ilə paylaş: