172
Agar asbobni tebranayotgan konstruksiyaga mahkamlansa, inersion
massa
qo‘zg‘almas bo‘ladi, korpusni tebranishlari esa richaglar sistemasi orqali strelkaga
uzatiladi.
Asbobning tasma tortish mexanizmi tasmani tortishning turli tezliklarini (0,2
dan 10 m/s gacha) ta’minlaydi; tezliklarni tekshirilayotgan jarayonning
takrorlanishiga bog‘liq holda tanlab olinadi.
Vaqt ko‘lamini aniqlash uchun asbobda maxsus vaqt belgilagichi
mavjud
bo‘lib, u tasma tortish mexanizmi prujinasidan yoki tashqi generatordan
uzatilayotgan elektr impulslardan harakatga keltiriladi. Geyger vibrografining
umumiy ko‘rinishi 5.12-rasmda ko‘rsatilgan.
VR-1 dastaki vibrografni
vibrogramma yozayotganda sinovchi (tadqiqotchi)
bevosita qo‘lida ushlab turadi. Bu holda inersion massa vazifasini asbobning o‘z
massasi bajaradi.
Vaqt belgilagich tasma tortish
mexanizmi yuritmasidan ham, tashqi
generatordan uzatilayotgan elektr impulslardan ham ishlab ketishi mumkin.
Vibrograf bilan 0,05 dan 6 mm gacha oraliqda bo‘lgan amplituda tebranishlari
6:1; 2:1; 1:1 masshtabda o‘lchanishi mumkin. U tebranishlar chastotasi 5 dan 100 Gs
gacha bo‘lgan oraliqlarda bo‘lganda ishlashi mumkin.
Datchiklar
—
o‘zgartkichlarning signallarini yozib olish uchun
ossillograflardan foydalaniladi. Yorug‘lik nurli va elektron (elektron-nur)
ossillograflari qo‘llaniladi. Qurilish konstruksiyalarini tekshirish
uchun ayniqsa
yorug‘lik nurli ossillograflar keng tarqalgan, ular tebranishlar yozuvini
tekshirilayotgan konstruksiyaning bir vaqtda bir necha nuqtasida (24 tagacha)
bevosita olishga imkon beradi. Bu ossillograflarning chastota diapazoni 2 dan 3 kgs
gacha bo‘lgan oraliq bilan chegaralangan.
Elektron ossillograflar amaliy jihatdan inersionsizdir, ular tekshirilayotgan
chastotasi 2–3 kGs dan oshgan (masalan, portlash yuklanishlari) hollarda qo‘llaniladi.
Elektron ossillograf ekranidan tekshirilayotgan jarayonni turli xil fotoo‘tqazmalar va
boshqa qo‘shimcha moslamalar yordamida fotosuratini olish mumkin. Agar dinamik
yuklanishlarda konstruksiyada vujudga keladigan deformatsiyalarni tadqiq etish zarur
bo‘lsa, odatda statik sinovlardagidek, tenzorezistorlardan foydalaniladi.
N-102 turidagi ossillograf
(ko‘chirma) bir paytda sekkizta vibrogrammani
vizul kuzatish va yozib olish uchun mo‘ljallangan.
173
Ossillograf quyidagi modifikatsiyalarda tayyorlanadi: havo harorati +10 dan –
35°S gacha, nisbiy namlik 80% gacha bo‘lganda ishlash uchun va havo harorati +10
dan –35°S gacha va nisbiy namlik 98% gacha bo‘lganda (N-102T) ishlash uchun.
Zarblarni yoki ayrim impulslarni qayd etish uchun ossillografdan
foydalanishda uni zarb yuz bermasdan biroz oldinroq ishga tushirish zarur, aks holda
plyonka zarur tezlikkacha harakat ololmay qolishi va kadrning dastlabki qismi
yo‘qotilishi mumkin. Ossillograf konstruksiyasi vaqti belgilanadigan
ishga tushirishni
ilgarilashni ko‘zda tutadi.
N-700 ossillografi
(o‘n to‘rt kanalli) chastotasi 0 dan 2000 Gs gacha bo‘lgan
elektr jarayonlarni qayd etish uchun mo‘ljallangan. Konstruksiyasining oddiyligi,
ixchamligi va massasining uncha katta emasligi uning laboratoriya sinovlarida ham
haqiqiy sinovlarda ham qo‘llanilishining samaradorligi shartidir. Ossillograf yo 27 v
kuchlanishli akkumulyatorlardan, yoki tarmoqdan maxsus o‘zgartkich orqali
ta’minlanadi.
Vaqt belgilari tasmaga maxsus belgilagich yordamida 0,1 yoki 0,05 s
oraliq
bilan ingichka ko‘ndalang chiziqlar ko‘rinishida (5.13-rasm) 1% aniqlikda chiziladi.
Chastotasi 10 dan 20 Gs gacha vaqt belgilarini hosil qilish uchun galvanometrlrdan
biridan foydalanish ham mumkin, u maxsus generatorga ulanadi. Bu holda plyonkaga
yurish davri ma’lum bo‘lgan impulslar yoziladi.
Tebranma jarayonlarni vizual kuzatish uchun ossillografda kengaytiruvchi
moslamali maxsus ekran mavjud.
Dostları ilə paylaş: