Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Vibrogrammalarni yozib olish uchun asboblar



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

5.6.1. Vibrogrammalarni yozib olish uchun asboblar 
Ko‘rib chiqilgan oddiy asboblar (amplitudometrlar va chastotomerlar) bilan 
faqat tebranishlarning asplitulari va chastotalari aniqlanadi. Yanada murakka asboblar 
mavjud bo‘lib, ularning butun tebranish jarayonini — vibrogrammani yozib olishi 
mumkin, unga ishlov berishda tebranma harakatning deyarli barcha tavsiflari 
aniqlanadi. Bunday asboblar qatoriga dinamik progibomerlar, vibrograflar, 
ossilloglaflar va boshqlar kiradi. 
Vibrometrlar va vibrograflar 
tebrnayotgan jismning ko‘chishlarnii o‘lchash 
yoki yozib olish uchun mo‘ljallangan. Agar amplituda va chastotaning kattaliklari 
asbobning bevosita shkalasi bo‘yicha hisoblanadigan bo‘lsa, u holda bunday asboblar 
vibrometrlar deyiladi. Agar tebranish jarayoni asbob tomonidan qog‘ozga, 
fotoplyonkaga va shu kabilarga yozi olinadigan bo‘lsa, u holda bunday asbob 
vibrograf deb ataladi. Vibrograflarda odatda vaqt belgilarini yozish uchun moslama 
mavjud, bu vaqt belgilari kelgusi ishlov berish uchun kerak bo‘ladi. Vibrograflarning 
bir qancha turlari mavjud, shu jumladan Geyger vibrografi va VR-1 dastaki vibrograf. 
Geyger vibrografi 
bevosita konstruksiyaga ham o‘rnatilishi mumkin. Buning 
uchun unga Qovak silindr korpus 1; uning ichida spiral prujina 4 ga osilgan inersion 
massa 3 joylashtirilgan maxsus moslama (5.12-rasm) mahkamlanadi. Dastak 5 
yordamida inersion massa 3 ning holatini o‘zgartirish mumkin. Inersion massa planka 
2 yordamida vtulka 6 bilan tutashtirilgan, vtulka nay (trubka) 7 ga kiydiriladi. 
Shunday qilib, inersion massa nay 7 ga nisbatan tebranma harakat qilishi mumkin. 
Tirsakli richag planka 2 bilan tutashtiriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin