146
Tayanchlarni sinashdan oldin GOST 10180-90 (ST SEV 3973-83) ga muvofiq
nazorat namunlarini sinash natijalariga ko‘ra betonning mustahkamligi tekshiriladi.
Tayanchlarni sinash vertikal va gorizontal holatlarda amalga oshiriladi (4.6-rasm).
4.6-rasm. Tashqi yoritish va kontakt tarmoqlarning temir-beton tayanchlarini sinash
sxemalari:
a–vertikal holatda sinash; b–gorizontal holatda sinash; 1–sinalayotgan tayanch;
2–lebedka (chig‘ir); 3–katokli ostquyma; 4–tros; 5–dina-mometr;
6–fiksa-torlar (qayd qilgichlar); 7– poydevorlar.
Vertikal holatda sinash asosan yangi tayanch konstruksiyalarining
mutahkamligini va chidamliligini aniqlash uchun, yuklanishni
tajribada aniqlash
uchun va hokazo amalga oshiriladi. Tayanchlarni gorizontal holatda sinash
asosiy
hisoblanadi va qayd qilgichi (fiksatori) bo‘lgan ikkita poydevor bilan jihozlangan
maxsus stendlarda amalga oshiriladi. Tayanchlarni yuklantirish lebedkalar (chiQirlar)
yordamida, yuklanish kuchini nazorat qilish dinamometrlar yordamida amalga
oshiriladi.
Tyubinglarni sinash uchun stendlar.
Yer osti qurilishida tonnellarga,
shaxtalarning stvollariga va hokazolarga ishlov berish (bezatish) uchun
foydalaniladigan tyubinglarni sinash uchun maxsus stendlar ishlab tayyorlangan.
Stendlar tyubinglardan foydalanishda ularga ta’sir etadigan tuproq bosimini ma’lum
darajada o‘xshatishga imkon beruvchi domkrat
qurilmalari sistemasi bilan
jihozlanadi.
147
Metrolar yuradigan tonnellarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan tyubinglarni
sinash uchun kuchli gidravlik domkratlar bilan jihozlangan maxsus
halqali stend ishlb
chiqilgan. Stend (4.7-rasm) devorining qalinligi 1150 mm va balandligi 3700 mm
bo‘lgan temirbeton halqa ko‘rinishida ishlangan
tayanch qismidan, oltita metall
taqsimlash yostiqlaridan va o‘n ikkita 200 tonnali domkratlardan tashkil topgan. Bir-
birining ustiga joylashtirilgan uchta halqa sinovdan o‘tkaziladi, bu halqalarning har
biri oltita asosiy va bitta qulf blokidan yig‘iladi.
Stendning tayanch konstruksiyasi va bezaklarning xalqalari orasidagi bo‘shliq
butun balandligi bo‘yicha qum bilan to‘ldiriladi. Halqaning
yuklash sektorida
zo‘riqishlarni bir tekis taqsimlash uchun halqalarning
har bir qatori qarshisiga
ikkitadan taqsimlash yostiqlari joylashtiriladi. Har bir yostiq
ikkita domkratdan
keladigan zo‘riqishni qabul qiladi va uni oraliqdagi qum qatlami
orqali bezak
halqasiga uzatadi.
Dostları ilə paylaş: