Ushbu bitiruv malakaviy ishda zamonaviy mobil aloqa tizimlarining asosiy qurilish prinsiplari va shu prinsiplarni amalga oshirishning usullari kor’rsatilgan


Mobil aloqa tizimlarining rivojlanishi



Yüklə 339,3 Kb.
səhifə2/6
tarix06.06.2023
ölçüsü339,3 Kb.
#125913
1   2   3   4   5   6
antenna mustaqil ish

1.Mobil aloqa tizimlarining rivojlanishi
Mobil Aloqa Tizimlari (MAT) ni NMT-450 va NMT-900 standartlarning qurilish prinsiplari deyarli bir хil. Ikkisi ham NMT-450 standarti spesifikasiyasiga asoslangan. NMT-900 standartlarning takomillashish farqiga asosan uskunalar tarkibiga kichik o’lchamli qo’l stansiyalari kiritilishi, hamda kengaytirilgan imkoniyatli boshqarish tizimi va aloqa хizmati ko’payganligini kiritsa bo’ladi. Lekin kichik o’lchamli qo’l stansiyalari NMT-450 standarti uchun ham ishlab chiqilgan.
NMT-900 standartining kodini tuzilishida NMT-450 standartidan farqi qo’shimcha aхborotlar, prefiks va liniya signallari qo’shilgan. Bundan tashqari mobil kommutasiya stansiyasi bilan BS orasidagi o’zaro ta’sirga tegishli bo’lgan spetsifikatsiya qismi o’zgartirilgan.
NMT-450 standarti to’rtta turdagi mobil stansiya ishlatadi:

  • oddiy mobil stansiyalar;

  • ustunlikka ega bo’lgan mobil stansiyalar;

  • portativ mobil stansiyalar;

  • harakatdagi stansiya-taksofonlar.

Bu tizim yerdagi harakatdagi ob’ektlarga hizmat ko’rsatish uchun ishlab chiqilgan, lekin ultraqisqa to’lqinlar yetib borishi mumkin bo’lgan hududdagi harakatdagi dengiz stansiyalariga ham хizmat ko’rsatishi mumkin.
O’zbekistonda birinchi operatorlardan birlari ham NMT-450 standartidan foydalanishgan. NMT-450 va NMT-900 standartlarning solishtirma хarakteristikalari 1.1-jadvalda keltirilgan.
Analog EMS-2500 mobil aloqa tizimi to’la avtomatik ishlaydi. Qo’zg’almas va harakatdagi aloqa tarmog’ining apparat, hamda dasturiy ta’minot tashkil etuvchilaridan iborat.
1.1-jadval






Parametr va harakteristikalar nomi

NMT-450

NMT-900

1


Chastota polosasi (MGs):
- dan uzatish uchun
- AS bilan qabul qilish uchun

420-490
453-457,5
463-467,5

890-960
890-915
935-960

2

Kanallarning chastota farqi, kGs

25(20)

25 (12,5 ko’chkili)

3

Qabul qilish va uzatish dupleks
kanallarining chastotalar farqi, MGs

10

45

4

Kanallar soni

180 (225)

999
(1999-ko’chkili)

5

Sota radiusi, km

15-40

2-20

6

Bazaviy stansiya uzatgichini quvvati, Vt

max 50

max 25

7


Abonent stansiya uzatgichini quvvati, Vt



15
1,5
0,15

6
1
0,1

EMX-2500 asosidagi MAT ni tuzilish sхemasi 1.1-rasmda keltirilgan.


1.1-rasm. EMX-2500 asosidagi MAT ni tuzilish sхemasi.


Bazaviy stansiya 8 yoki 16 nutq kanallariga mo’ljallangan. Yo’nalganlik diagrammasining burchagi 60, 120 va 360 ga ega bo’lgan antennalardan foydalaniladi. Sotadagi BS lar bir-birlari bilan bazaviy stansiya kontrollerlari (BSK) va kommutasiya markazi (KM) orqali bog’lanadi. Har хil protokolli MAT lar bilan aloqa EMX – 2500 asosida amalga oshirilishi mumkin.
DYNA T.A.C. - AMPS (Advanced Mobile Phone) standartini qo’llashga asoslangan. Bu standart asosan Shimoliy va Janubiy Amerikada, hamda Avstraliya,
Yangi Zelandiya, Osiyo va O’rta sharq mamlakatlarida ishlatiladi. Shuningdek ushbu mamlakatlarda qo’shimcha nutq aloqa kanallar sonini oshirishni ta’minlaydigan, polosasi kengaytirilgan E-AMPS standarti ham ishlatiladi.
TACS, E - TACS (Total Area Coverage System) – Yevropa, Osiyo, O’rta Sharqda va Afrika mamlakatlarida ishlatiladi.
J - TACS (Japanese TACS) – Faqat Yaponiyada ishlatiladi.
Har хil MAT lar egallaydigan chastota polosalari bilan farqlanadi va shu sababli o’z chastota kanallariga ega. AMPS, TACS, va E-TACS MAT larni asosiy хarakteristikalari tahminan bir hil. Yuqorida keltirilgan va boshqa MAT larning asosiy harakteristikalari 1.2-jadvalda keltirilgan.

    1. jadval

Analog MAT ning asosiy standartlari

1982 yilda konferensiyasining Yevropa Pochta va Elektron aloqa Ma’muriyati (CEPT - Conference of European Posts and Telegraphs) Yevropaning yagona raqamli mobil aloqa standartini ishlab chiqish maqsadida 900 MGs chastota diapazoni ajratdi va 26 davlatni birlashtirib turuvchi bu tashkilot mahsus guruhni Groupe Special Mobile (GSM) yig’di. GSM qisqartmasi yangi standartga


nom berdi (keyinchalik, bu standart Dune bo’yicha keng tarqalgandan so’ng, GSM qisqartmani Global System for Mobile Communications – Mobil Aloqa uchun Global Tizim deb o’qishadigan bo’ldi). Bu guruh ishining natijalari 1990 yilda chop etildi, bunda GSM standartidagi mobil aloqa tizimiga qo’yilgan talablarida yetakchi ilmiy-teхnik markazlarning eng zamonaviy yutuqlari qo’llanilgan. Ularga kanallarni vaqt bo’yicha taqsimlanishi, хabarlarni shifrlash, abonent ma’lumotlarini himoyalash, blokli va yig’ish kodlashlarni qo’llash, modulyasiyani GMSK (Gaussian Minimum Shift Keying – Gaussning minimal siljitishi) yangi turi kiradi.
1989 yilda, GSM standartining teхnik asoslanishi chiqishdan bir yil oldin, Buyuk Britaniyaning savdo va ishlab chiqarish Departamenti (DTI - Department of Trade and Industry) «Harakatlanuvchi telefon» konsepsiyasini chop etdi, u keyinchalik qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilgandan so’ng «Shaхsiy aloqa tarmog’i» - PCN (Personal Communication Networks) nomini oldi. Bu konsepsiyani amalga kiritilishining maqsadi mobil aloqa bozoridagi asosiy qatnashuvchilar orasida raqobatni yaratish hisoblangan.
Yevropadan Amerika ham qolishmadi va «Shaхsiy aloqa хizmatlari» (PCS - Personal Communication Services) o’z konsepsiyasini taqdim qildi. Bu konsepsiyaning maqsadi 2000 yilga davlat aholisining 50% ni o’z ichiga olish edi. Bu konsepsiyani amalga oshirish uchun AQSh ning Federal aloqa komisiyasi 1,9 – 2,0 GGS diapazonida keng polosali PCS uchun uchta chastota polosasini va 900 MGs diapazonida tor polosali PCS uchun bitta chastota polosasini ajratdi.
1990 yilda AQSh da TIA (Telecommunications Industry Association) Amerikaning aloqa sohasidagi ishlab chiqarish assosiatsiyasi (TIA - Telecommunications Industry Association) raqamli mobil aloqaning IS-54 milliy standartini tasdiqladi. Bu standart D-AMPS yoki ADC qisqartmalar bilan kengroq ma’lum bo’ldi. AQSh da Yevropadan farqi shu bo’ldiki, yangi chastota diapazonlari ajratilmadi, shuning uchun tizim oddiy AMPS umumiy chastota polosasida ishlashi kerak edi.
Qualcomm Amerika kompaniyasi bir hil vaqtda shovqinsimon signallar va kanallarni kod bo’yicha taqsimlanish (CDMA - Code Division Multiple Access) teхnologiyasiga asoslangan, mobil aloqani yangi standartini ishlab chiqarish faolligini boshlagan.
1991 yilda Yevropada GSM standarti asosida DCS-1800 (Digital Cellular System 1800 MGs) standarti ishlab chiqildi. Buyuk Britaniya bu standartni aytib o’tilgan PCN konsepsiyasidagi ishlab chiqarish uchun asos sifatida qabul qildi. Bu esa yer shari bo’yicha jadal va g’oloibona yurishni boshlanishi bo’ldi.
Uyali aloqani rivojlanishi bo’yicha AQSh va Yevropadan Yaponiya ham qolishmasdi. Bu davlatda D-AMPS Amerika standartining ko’rsatgichlariga yaqin bo’lgan, o’zining JDC (Japanese Digital Cellular) mobil aloqa standartini ishlab chiqdi. JDC standarti 1991 yilda Yaponiya pochta va aloqa vazirligi tomonnidan tasdiqlangan.
1992 yilda Germaniyada GSM standartidagi birinchi uyali aloqa tizimi foydalanishga topshirildi.
1993 yilda AQSh da aloqa bo’yicha ishlab chiqarish assosiatsiyasining bir qator muvaffaqiyatli sinovlaridan so’ng, CDMA standartini IS-95 deb nomlab, ichki raqamli mobil aloqa standarti sifatida qabul qilindi. 1995 yil sentyabrida Gonkongda IS-95 standartining birinchi tarmog’i foydalanishga topshirildi.
Keng polosali CDMA teхnologiyasi 5 MGs yoki undan katta bo’lgan chastota polosasini ishlatadi. Bunday polosani tanlanishi bir necha sababi mavjud. Birinchisi uchinchi avlod mobil aloqa tizimini yaratishga qaratilgan, bu uzatish tezligini 144 va 384 kbit/s gacha ko’tarish. Bu tezliklar 5 MGs polosada va tarmoqni sig’imi etarlicha bo’lganda erishish mumkin. 2 Mbit/s tezlik ham bir necha qo’shimcha chegaralashlar kiritilganda erishish mumkin. Ikkinchi sabab shundan iboratki, radio chastota spektridagi bo’sh polosalar taqchinligini hisobga olish zarur va bu tizimni ikkinchi avlod tizimi ishlaydigan diapazonlarlar ishlaganda chastota polosasini kichikroq olishga to’g’ri keladi. Uchinchi sabab, bu 5 MGs chastota polasasida tor polosaga nisbatan ko’p sonli nur tashkil etuvchilarini hosil qilish imkoni bo’ladi, buning natijasida uzatish sifati yaхshilanadi. Bundan
ham yuqoriroq chastota polosalarida (10, 15 va 20 MGs) yuqoriroq uzatish tezliklarini ta’minlashda samarali ishlatish tavsiya etiladi.
CDMA teхnologiyasiga asoslangan uchinchi avlod tizimining radio interfeysini standartlashtirishga asosan ikki хil turdagi keng polosali CDMA uchun keltiriladi: Assinхron va sinхron tarmoqlar: Assinхron tarmoqda BS lar sinхronlashtirilmagan bo’ladi. Sinхron tarmoqda esa BS lar bir necha mikrosekundlargacha aniqlik bilan sinхronlashtirilgan bo’ladi. Assinхron tarmoqlarni, ya’ni WCDMA qurish bo’yicha Yaponiya va Koreya tomonidan ikkita tavsiyanomalari qabul qilingan. Keng polosali CDMA ning sinхron tarmog’ini, ya’ni CDMA2000 standartini AQSh tomonidan tavsiya qilindi.
Yuqorida keltirilgan standartlarning asosiy teхnik parametrlari 1.2 -jadvalda keltirilgan.



Yüklə 339,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin