Milliy tadqiqot universiteti buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti



Yüklə 392,17 Kb.
səhifə1/13
tarix21.05.2023
ölçüsü392,17 Kb.
#118877
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
KURS LOYIHA METODIK KO\'RSATMA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI

TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI


BUXORO TABIIY RESURSLARNI BOSHQARISH INSTITUTI
GIDROMELIORATSIYA ISHLARINI TASHKIL
ETISH VA TEXNOLOGIYASI”
fanidan
kurs loyihasini bajarish bo‘yicha
METODIK KO’RSATMA
Buxoro-2022
Ushbu metodik ko‘rsatma institut Ilmiy-uslubiy Kengashining 25-mart 2008-yilda bo‘lib o‘tgan 3-sonli majlisida ko‘rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi.


Ushbu metodik ko‘rsatmada qurilishni tashkil qilishni oqim usuli, beton qoplamali kanal, nov kanal, yopiq gorizontal zovurni qurishda va yerlarni kapital tekislashda mexanizatsiyalashgan usul, ish hajmlarini hisoblash va qurilish muddatini aniqlash uslublari yoritilgan.
Metodik ko‘rsatma bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni ushbu fan bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi


Tuzuvchilar: L.X.Irmuxamedova, dotsent
G.L. Fыrlina, katta o‘qituvchi
M.M.Po‘latova, assistent
Taqrizchilar: A.Mamajonov, «Iqtisodiyot va
biznes kolleji », Gidromelioratsiya
va ekologiya fakulteti dekani,
dotsent
F.Yunusova, dotsent
KIRISH
Mustaqil O’zbekistonning iqtisodiy yuksalishini ta’minlash xalq xo‘jaligining turli sohalarini jumladan qishloq va suv xo‘jaligini doimiy ravishda rivojlantirib borish bilan chambarchas bog‘liqdir.
O’rta Osiyoning iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarining ildizi rivojlanadigan tuproqning unumdor qatlamida me’yoriy namlikni ta’minlash hamda aholiga yetarli miqdordagi ichimlik suvini yetkazib berish uchun turli o‘lchamdagi va ko‘rinishdagi inshootlarni qurish talab qilinadi. Sug‘oriladigan maydonlarda tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, sug‘orish va zax qochirish tarmoqlarini qayta qurish bo‘yicha davlat miqyosida maxsus dastur ishlab chiqilib, unda respublikamizdagi 4270 ming gektar sug‘oriladigan maydonning 1700 ming gektaridagi sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash va 900 ming gektar ekin maydonining meliorativ holatini yaxshilash ishlarini bajarish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa etib belgilangan. Shuningdek respublikaning sug‘oriladigan maydonlaridagi 4180 dan ortiq tik zovurlarning 1874 tasini ta’mirlash, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlaridagi sug‘oriladigan maydonlarda va Amudaryoning quyi oqimida joylashgan 28 ming kilometrdan ortiq kollektor-zovurlarning 1,8 ming kilometrini takomillashtirish va qayta qurish, fizik va ma’nan eskirgan nasos stansiyalarini va jihozlarini zamonaviylari bilan almashtirish, vegitatsiya davrida ekinlarning suvga bo‘lgan talabini qoniqtirish maqsadida umumiy sig‘imi 3204 mln/m3 miqdorida bo‘ladigan yangi suv omborlarini qurish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun davr talabiga mos keladigan xom ashyo, buyumlar, texnologiyalar, yangi texnikalardan foydalanish va qurilish ishlarini progressiv usullar asosida tashkil etish lozim bo‘ladi.
Sug‘orish va zax qochirish tizimlarini asosiy elementlaridan biri tuproq o‘zandagi ochiq kanallardir. Kanal tubini yer yuzasi sathiga nisbatan joylashishiga qarab: qazilmada, chuqur qazilmada, yarim qazilmada, yarim ko‘tarmada, ko‘tarmada kanallarga bo‘linadi. Qurilish ishlarini bajarish usulini tanlash joyning sharoiti, inshoot o‘lchamlari, mashina-mexanizmlarning parametrlariga bog‘liq holda belgilanadi. Shuningdek kanallarda suv shimilishiga qarshi turli xildagi qoplamalar o‘rnatiladi. Amaliyotda ko‘proq beton va temir beton qoplamalardan kanallarni qurish uchraydi. Ekran va qoplama turlarining turli-tumanligi hamda uzoq muddat xizmat qilganligi sababli beton qoplamalar boshqalariga nisbatan eng samarador hisoblanadi. Kanallar beton qoplamalarini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni to‘liq mexanizatsiyalashtirish mumkin. Qoplamalarni yaxshi ishlashini ta’minlashni asosiy shartlaridan biri - asosni tayyorlashdir. Tayyorlangan asosga beton yotqizishdan oldin asos yuzi yoki tayyorlov namlanadi. Betonni kanalga maxsus betonyotqizgichlar bilan joylashtirish mumkin. Betonyotqizgichning turi kanal ko‘ndalang kesimlarini o‘lchamlariga qarab tanlanadi. Agar kanal ko‘ndalang kesimlarini o‘lchamlari orqali betonyotqizgichni tanlash imkoniyati bo‘lmasa, kanal umumqurilish usullari bilan betonlashtirilishi mumkin.
Shuningdek, hozirgi vaqtda temir beton novlardan kanallarni qurish ishlari ham bajarilmoqda. Temir beton novlardan kanalarni qurish suv yo‘qolishini kamayishiga, sug‘orish tarmoqlari FIK va EFK oshishiga olib keladi. Suv xo‘jaligi qurilishida ko‘proq parabolik kesimli novlar qo‘llaniladi. Joyni relefini hisobga olib va kerakli nishablikda novlarni o‘rnatish turli konstruksiyali: ustunli, ramali, qoziqli, yer bo‘yicha past to‘shamalarda, tayanchlarda novlarni yig‘ish hisobiga erishiladi. Nov tarmog‘ini qurishda asosiy jarayonlardan biri - birikish joylarini germetizatsiya va to‘ldirish. Nov-kanallarni qurish ishlarini oqim usulida tashkil qilish mumkin.
Yopiq gorizontal zovurni qurish ishlarini quyidagi usullar bilan bajarish mumkin: transheyali, tor transheyali va transheyasiz. Transheyali usulda 0,5m va undan ortiq kenglikda transheya qaziladi, hamda unga turli materialdan va har xil usullar bilan - maxsus zovur yotqizgichlar yoki qo‘l kuchi bilan, quvurlarni yotqizish mumkin. Tor transheyali usulda qazilma kengligi 0,25 m gacha bo‘lgani sababli, quvurlarni faqat zovuryotqizgichlar bilan yotqiziladi. Transheyasiz usul bilan qurishda trashneya qazilmaydi, balki 02m kenglikda teshik qirqiladi maxsus zovuryotqizgichni ishchi organi bilan va ushbu teshikka quvur yotqiziladi.


Yüklə 392,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin