Milliy tadqiqot universiteti buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti



Yüklə 392,17 Kb.
səhifə5/13
tarix21.05.2023
ölçüsü392,17 Kb.
#118877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
KURS LOYIHA METODIK KO\'RSATMA

2) Kanalni qazish.
Boshlang‘ich ma’lumotlar:
a) Ekskavator kovshning sig‘imi, m3;
b) Grunt guruhi .
Yuqorida keltirilgan boshlang‘ich ma’lumotlardan foydalanib, ShNQ-4.02.01-04 1-01-093-jadval, 136-betdan quyidagi ma’lumotlarni olamiz:
O’lchov
- ishchi-quruvchilarning mehnat sarfi,kishi-soat;
- mashinistlarning mehnat sarfi, kishi-soat;
- mashinaning vaqt me’yori, mash-soat.
Ekskavatorning ish unumdorligini aniqlaymiz.
(m3/soat)

Kanal qazishda mehnat sarfi:



Kanal qazishda zarur bo‘ladigan ekskavatorlar soni:
dona
Tk – kanalni qurish muddati.
Kanal qazish muddati:
(kun)
Kanalni qazishda band bo‘lgan ishchilar soni:
(kishi)
Ekskavator ishlash sxemasini chizish
Chizma kazilma qurilish kesimida ekskavatorning qazib o‘tish o‘qini joylashtirishdan boshlanadi. Kanal ekskavator bir o‘tganda qaziladigan bo‘lsa, qazib o‘tish o‘qi ish ko‘lami “A” ning o‘rtasida bo‘ladi.
Kavlash sxemasining plandagi ko‘rinishi kazilma kesimidan 3-5 sm pastdan B-B chizig‘ini o‘tkazish bilan davom ettiriladi. Yuqoridan B-B chizig‘iga kazilma kesimidagi hamma nuqtalardan tik chiziqlar (nuqtalar proyeksiyalari) tushiriladi. O’tish o‘qining B-B chizig‘i bilan kesilgan nuqtasi “O” ekskavator burilish platformasining markazi deb qabul qilinadi. Ekskavator, chizmada qabul qilingan masshtabda, asosiy chegara o‘lchamlari (yurgizuvchi telejka kengligi, uzunligi, ekskavator balandligi, hartumining uzunligi va hakazo) bilan sxematik shaklda ko‘rsatiladi.
Bunda ekskavatorni markaziy “O” nuqtada o‘rnatish radiusi –Ro bilan doira chiziladi.

bu yerda, AI - yurgizuvchi telejka kengligi
A1=K+V1, m
K-zanjirtasmalar (damli g‘ildiraklar) orasidagi masofa m;
VI-zanjirtasma (damli g‘ildirak) kengligi, m;
BI-zanjirtasma yerga tayangan qismining uzunligi (bazasi), m:
BI = B + 0,3 ; m
B-yurgizuvchi mexanizm o‘qlari orasidagi masofa (bazasi) m.
Zanjirtasmali (gusenitsali) yurgizuvchi mexanizm va burilish platformasi doira ichida ko‘rsatiladi.
Unadan sung “O” nuqtadan chizma masshtabida qazish radiusi Rkav bilan yoy o‘tkaziladi.
Rkav= R + 0.122 h,

bu yerda R-ekskavatorning o‘zi turgan sathdagi eng katta qazish radiusi, m;


h-kazilma chuqurligi.



3-chizma. Ekskavator bilan kanalni bir o‘tishda qazish sxemasi.

4-chizma. Ekskavator bilan kanalni ikki o‘tishda qazish sxemasi.


O’tkazilgan yoyning kanal ko‘ndalang kesimidagi 2,3 nuqtalaridan tushirilgan vertikal chiziqlar bilan kesishish nuqtalari 2I,3I va 1,4 nuqtalardan tushirilgan vertikal chiziqlar bilan kesishish nuqtalari 11 ,41 belgilanadi. O’z navbatida 1Iva 4I nuqtalari markaz “O” bilan 04I, 01I kesmalari orqali tutashtiriladi. Shu “O” nuqtadan ekskavatorning o‘zi turgan sathdagi eng kichik qazish radiusi-R1 bilan ikkinchi yoy o‘tkaziladi


R1=Ro + d,
bu yerda, d-ekskavatorning eng chekka tayanch nuqtasidan qazilma (zaboy) yuqorisigacha bo‘lgan masofa, m
d= 1,0…1,2 m
Ikkinchi yoyning 01I va 04I kesmalari bilan tutashgan nuqtalari 5Iva 6I belgilanadi, mos ravishda 5I,6I nuqtalarni II,2.I va 3I,4I nuqtalari bilan tutashtiriladi. Qazilgan joy (zaboy) chegaralari qalin chiziq bilan ko‘rsatiladi.
Tuproqtepalarning plandagi chizmasini ko‘rsatish uchun “O” nuqtadan to‘kish radiusi –Rto‘k bilan yoy o‘tkaziladi. Yoyning tuproqtepa yuqorisidan tushirilgan vertikal chiziq bilan kesishgan nuqtasi 8I belgilanadi,shu nuqtadan ro radiusida yoyning tuproqtepa asosi bilan tutashgan nuqtalari 7I va 9I tutashtiriladi.
ro = m1 htt , m
Tuproqtepaning chegara chiziqlari qalin qilib, ustidan chiziladi va kazilma yonlari, zaboy va tuproqtepa yonlarining qiyalik yo‘nalishini bildiruvchi shtrix chiziqlar o‘tkaziladi. Ekskavatorning qurilish kesimidagi ko‘rinishi, asosiy o‘lchamlari bilan masshtabda, cho‘michi tuproqtepaning yuqorigi eng chekka nuqtasida bo‘lgan xolatda chiziladi


Yüklə 392,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin