2. Beton qoplamali kanalni qurish 2.1. Kanal qurilishida bajariladigan yer ishlari hajmlarini aniqlash. Suv xo‘jaligi qurilishida kuzatilishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar, ya’ni o‘simlik o‘sadigan qatlam mavjudligi, yer osti suvlarining yotish chuqurligi, ob’ektlar qurilayotgan trassada turli grunt qatlamlari mavjudligi hisobga olinib, bajarilishi lozim bo‘lgan yer ishlarining hajmlarini aniqlaymiz.
Qurilayotgan kanalning ko‘ndalang kesimini yuzini aniqlaymiz:
(m2)
bu yerda: b - kanal tubini eni, m;
m- kanal yon tomonlari qiyaligi;
h - kanal chuqurligi, m.
Kanal bo‘yicha bajariladigan ishlarning hajmi: (m3) bu yerda: L- kanal uzunligi, m.
Agar qurilayotgan ob’ekt joylashgan xududda turli grunt qatlamlari mavjud bo‘lsa, unda har bir qatlam uchun avval kanal ko‘ndalang kesimini yuzi va bajariladigan ishlarni hajmi aniqlanadi hamda umumiy hajmi topiladi.
Ekskavator kanal kesimini kavlash jarayonida loyiha o‘lchamlaridan 15-20 sm qoldirib kavlaydi. Qoldirib ketilgan qatlamga maxsus kovshli mashina, mexanizmlar yoki qo‘l kuchi yordamida ishlov beriladi. Kanal yon tomonlari va tubini qo‘l kuchi bilan loyihaviy belgilargacha qazish ishlarini amalga oshiramiz. Qo‘l kuchi bilan bajariladigan ishlarning hajmi:
(m3) bu yerda: - tekislanishi zarur bo‘lgan tuproq qatlamining qalinligi.
Ko‘ndalang kesimda turli grunt qatlamlari berilgan bo‘lsa, qo‘l kuchi bilan bajariladigan ishlarning hajmlari har bir qatlam uchun topiladi.
2.2. Tuproqtepalarni loyihalash. Kanal qazilmasi hamda kanal trassa bo‘ylab qirqib olingan unumdor qatlamdan chiqqan gruntni tuproqtepalarga joylashtiramiz. Mana shu tuproqtepalarni loyihalashdan maqsad ularning o‘lchamlarini aniqlash, joylashishini belgilash va kanal qurilishida ish ko‘lamini aniqlash.
Kanaldan qazib chiqarilayotgan grunt kanal o‘tkazilayotgan joyning sharoitiga qarab kanalning bir yoki ikki tomoniga tuproqtepalarga joylashtiriladi.
Tuproqtepalarning shaklini belgilash uchun dastlabki hisob kitoblarda tuproqtepani shakli uchburchaksimon deb qabul qilib, uning ko‘ndalang kemini yuzini quyidagi ifodadan aniqlaymiz:
(m2) Tuproqtepaning balandligi:
(m) bu yerda: mtt - tuproqtepa yon tomonlarining qiyaligi.
Shuningdek, tuproqtepani ko‘ndalang kesimini yuzini quyidagi ifoda orqali aniqlashimiz mumkin:
(m2) bu yerda: Kyum - gruntning yumshalish koeffitsiyenti, grunt turiga qarab me’yoriy hujjatlardan aniqlanadi.
Agar loyihalangan tuproqtepa kanalning ikki tomonida joylashsa unda tuproqtepani ko‘ndalang kesimini yuzi:
(m2) Bajarilgan hisob-kitob natijalariga ko‘ra bo‘lsa, unda tuproqtepa shakli uchburchaksimon bo‘ladi.
Agar bo‘lsa, tuproqtepa shakli trapetsiyasimon bo‘ladi va teng deb qabul qilamiz hamda quyidagi ifodadan tuproqtepa usti kengligini hisoblaymiz:
(m) Qurilayotgan kanalning trassasi bo‘ylab o‘simlik qatlamidan tozalash ishlarini hajmi loyixada kanalning ko‘ndalang kesimini qurishda bajariladigan ishlarni loyihalangandan so‘ng hisoblanadi. Qurilish ishlarini bajarishda esa, kanal o‘tadigan yo‘l oldin o‘simlik ya’ni unumdor qatlamdan tozalanadi, keyin kanalning ko‘ndalang kesimi quriladi.
O’simlik o‘sadigan qatlam bo‘yicha ish hajmlarini hisoblash uchun avval o‘simlik o‘sadigan qatlamning ko‘ndalang kesimini yuzi aniqlanadi:
(m2) bu yerda: B – o‘simlik qatlami qirqib olinadigan qamrov kengligi, m.
- trapetsiyasimon shakldagi tuproqtepa kanalning ikki tomonida joylashganda
m kanal chetidan tuproqtepagacha bo‘lgan masofa.
qirqib olinadigan qatlam qalinligi.
O’simlik qatlami bo‘yicha bajariladigan ishlar hajmi:
(m3) O’simlik qatlamidan qirqib olingan gruntni tuproqtepalarini loyihalaymiz:
- tuproqtepa ko‘ndalang kesimini yuzi:
(m2) - tuproqtepa balandligi:
(m) tuproqtepaning ichki qiyaligi, ya’ni mashina harakat qiladigan qiyaligi;
tuproqtepaning tashqi qiyaligi, ya’ni tabiiy qiyaligi.