TEST №1 Yer osti suvlarining` tog` jinslari tarkibidagi birikmalarni eritib olib ketishiganima deyiladi? Ishqorlanish
Chirish
Yemirilish
Yuvilish
2-REJA: Suffozion jarayonlar natijasida kelib chiqqan relyef shakllari Suffozion varonkalar - yer osti va yer usti suvlari ta’sirida, zarralarning olib ketilishi natijasida hosil bo`lgan bo`shliqlardir. Bu varonkalarning diametri bir necha metrgacha bo`ladi. Bu varonkalar asta-sekin birlashib suffozion jarlarni hosil qiladi, ba’zan esa suffozion o`pirilishlar hosil bo`ladi. Suffozion varonkalar. suffozion jarlar, suffozion o`pirilishlar bo`lsa bu yerlar suffozion dalalar deyiladi. Bunday hodisalar sug`orish orqali ham quruq iqlimli rayonlarda hosil bo`ladi.
Psevdokarst – lyosslarda va doimiy muzlik yerlarda hosil bo`ladi. Ayniqsa, o`lkamizning tog` oldi lyossli tekisliklarida psevdo-karstlarni suffozion karst deb yuritiladi, va xo`jalik yuritishga katta ziyon yetkazadi.
Termokarst hodisasi doimiy muzlik yerlarning erishi oqibatida voronkasimon, yoriq yoki o`pirilish yuzalari tarkib topadi, ularda kichik ko`llar hosil bo`ladi.
Suffoziya voronkalari O`rta dengiz, Qora dengiz sohillarida, Leningrad va Arxangelsk oblastlarida, Uzoq Sharq hamda Ural (Perm shahri) da ko`p. O`zbekistonda Qoratepa tog`ida, Surxon tog`larida, Piskom, Chotqol, Oloy tog`larida ko`p uchraydi. Bu g`orlar paleozoy ohaktoshlari orasida hosil bo`lgan.
Rossiyadagii Kungur g`ori 1730 yillardan beri ma’lum, u Silva daryosining o`ng sohilida joylashgan. Bu g`orning uzunligi 4,6. km. G`op ohaktosh va dolomit jinslari orasida vujudga kelgan, g`orning ichida 30 ga yaqin ko`l bo`lib, eng kattasining maydoni 200 m2; chuqurligi 4—6 m. Ko`l suvi sathining balandligi Silva suvi sathiga bog`liqdir.
TEST №2 Doimiy muzlik yerlarning erishi oqibatida voronkasimon, yoriq yoki o`pirilish yuzalari tarkib topadi. Bu hodisa qanday ataladi? Termokrast
Psevdokarst
Panora
Ishqorlanish