Ушбу “Модда тузилиши” курсидан маърузалар матни асосида тайёрланган ы=ув =ылланмаси кафедра =арорига асосан аду ы=ув услубий щайъати томонидан (1999 йил 4 сентябр) =ылланишга тавсия этилган


Molekulalararo ta’sirLARNING FIZIK



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə13/23
tarix24.09.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#147538
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
moddastruk

Molekulalararo ta’sirLARNING FIZIK ТABIAТI

Moddalarda kimyoviy bog’lardan tashqari molekulalararo ta’sir ham mavjuddir. Bu xildagi ta’sir sababli moddalar sovitilganda kondensatsiyalanadi va suyuq so’ngra esa qattiq holga o’tadi. Moddalarning bug’lanish vaqtida yutgan yashirin bug’lanish energiyasining hosil bo’layotgan bug’ning bajarishi uchun kerak bo’lgan kengayishidan katta bo’lishi, qattiq modda suyuqlanayotganda issiqlikning yutilishi ana shu ta’sirlar tufayli bo’layotganligini ochiq-oydin ko’rsatadi.


Molekulalararo ta’sir 3 xil bo’ladi:
1.Oriyentatsion ta’sir (Keezam 1921 y).
2.Induksion ta’sir (Debay kuchlari 1920 y)
3.Dispersion ta’sir (London 1930y).
Oriyentatsion ta’sir molekulalarda doimiy dipol momenti mavjudligi bilan bog’liq. Bir xil dipollar uchun uning energiyasi Uq- .
Agar 2 xil dipollar ta’sir qilishayotgan bo’lsa





Ye21 bo’lganligi uchun dipollar o’zaro mos ravishda oriyentatsiyalanib, o’z energiyasini kamaytiradi, sistema barqarorlashadi.
Induksion ta’sir, uni ba’zan polyarizatsion ta’sir deb ham yuritiladi.

Misol: atseton va benzol aralashmasini ko’raylik. Atseton qubli modda 00. Benzol qutbsiz, simmetrik tuzilishga ega bo’lgan birikmadir.

Ko’rinib turibdiki Ye1 Ye2 dan. Shuning uchun induksion ta’sir moddalarning aralashmasi hosil bo’lishga olib keladi.Eng oxirgi formulada -qutblanayotgan molekulaning qutblanuvchanligi. Bizning misolimizda  benzolga taalluqli.
Qutblovchi molekula-atsetonning doimiy dipol momentining qiymati.
Dispersion ta’sir (London kuchlari) har qanday molekulalarga xos. U elektronlarning molekulalardagi yadrolar yaqinida aylanishi bilan bog’liq.

n-molekuladagi elektronlar soni, å-elektronning zaryadi, -molekulaning elektron qutblanuvchanligi, m-elektronning massasi, r-ta’sir qilishayotgan molekulalar orasidagi masofa.
1930 yilda London sferik simmetrik elektr maydoniga ega bo’lgan geliy misolida dispersion ta’sir energiyasi uchun quyidagi formulani berdi:

Bu yerda h0 har bir atom va molekulaga xos bo’lgan nolinchi energiya, 01015 siklG’sek.
London kuchlari molekulalar yoki atomlar juftlarida hosil bo’ladi va bu kuchlar sistema uchun additivlik xossasiga ega
Uum<0
Demak bu kuchlarning hammasi tortilish kuchlari, ular attatsion ta’sir deyiladi. Agar molekulalar o’zaro yaqinlashganda itarilish kuchlarining paydo bo’lishini hisobga olsak, uni deb qabul qilamiz, Shtor-repulsiv ta’sir deyiladi.
Repulsiv ta’sir tortilish energiyasiga qaraganda masofa o’zgarishiga kuchliroq bog’liqdir (r12).
Leonard-Jonson formulasi
Juda kichik masofalarda Uum>0 bo’ladi. Masofa kattalashgan sari Uum0 nuqtadan o’tib, so’ngra potensial chuqurligini hosil qiladi. Ana shu holda sistema barqaror bo’ladiki, rr0 ìóâîçàíàò ìàñofasi deyiladi.

Molekulaning tuzilishi va tarkibiga qarab, molekulalararo ta’sir energiyasiga har bir xil ta’sirning qo’shadigan hissasi har xil bo’ladi.



Modda

Uor

Uind

Udispersion

HJ

0,1

0,4

99,5

HCl

14,4

4,2

81,4

H2O

77,0

4,0

19,0

C2H5OH

55,0

12,0

32,4

Molekulalararo ta’sir tufayli hosil bo’ladigan birikmalar molekulyar birikmalar deyiladi. Ularning tarkibi turg’un yoki har xil bo’lishi mumkin. Fazoviy to’siqlar tufayli yoki kanallarda ushlanib qolishi tufayli hosil bo’ladigan birikmalarning tarkibi odatda o’zgaruvchan bo’lib, ular ichida joylashish yoki klatrat birikmalar deyiladi. Masalan, butadiyen mochevina bilan, yod sellyuloza bilan, izopropil spirt ham ana shunday birikmalar hosil qiladilar. Adsorbsiya va absorbsiya ham molekulalararo ta’sir natijasidir. Endi vodorod bog’i tushunchasiga o’tamiz. Kuchli elektromanfiy atom bilan bog’langan vodorod atomi protonlashadi va o’z navbatida shu molekula ichidagi (ichki molekulyar vodorod bog’i) yoki qo’shni molekuladagi elektromanfiy atomlar sferasiga tortiladi (molekulalararo vodorod bog’i). Hosil bo’lgan bog’lar vodorod bog’lari deyiladi.



Vodorod bog’i nafaqat kimyoviy moddalarning shu bilan birga tirik organizmlarning hayot faoliyatini amalga oshirishda, hayotni ta’minlashda juda katta va muhim rolni o’ynaydi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin