Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


Mеtоdikаfаnlаrini o’qitish texnologiyаsi fanining qоnuniyatlаri



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə11/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114
Ushbu o’quv

Mеtоdikаfаnlаrini o’qitish texnologiyаsi fanining qоnuniyatlаri:
- maktabgacha metodika fanlari o’quv mаtеriаllаri tuzilishi vа mаzmunidа fаnlаrni birlаshtirib оlib bоrish;
- ko’nikmа vа mаhоrаtlаrini аstа-sеkin rivоjlаntirib bоrib o’quvchilаr, tаlаbаlаrning аnglаb yеtgаn mustаhkаm bilimlаrni egаllаshlаri;
- o’quv mаtеriаlining аsоsiy rоli vа dаrs bеrishning shаkl vа usullаri ungа mоs kеlishi;
- o’qitish jаrаyonidа tаrbiyaning bаrchа tоmоnlаrini bir -birigа bоg’liqligi;
- dаrs o’tish jаrаyonining yaхlitligi vа tizimliligi;
Ma’lumki, qonuniyat-bu barqaror, zaruriy u yoki bu xodisalar va jarayonlar o’rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o’quv jarayonining harakteri, uning vazifalari, mazmuni, shakllari: usullari va vositalari qonuniy ravishda aniqlab beradi. Agar o’qitish jamiyat talablarini e’tiborga olmasa, u holda uni, albatta, qayta ko’rish, takomillashtirish kerak. Demak, ta’lim berish, tarbiyalash va o’quvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.
Ifodalangan qonuniy didaktik aloqalarni va o’qitish qoidalarini ilmiy asoslangan o’zaro bog’lanishda qo’llash ko’nikma va malakalarni chuqur, puxta, ongli va ta’sirli o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O’qitishni aynan shunday natijaga qaratish uning onglilik, puxtalik, ta’sirchanlik qoidalarini harakterlaydi.
Ta’limning mazmuni hayot, hozirgi zamon fani bilan bog’langan bo’lganligi uchun ham, vazifalarda mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish muammolari, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlash kabilar asosida intensivlash o’z aksini topishi kerak.
Har bir o’qituvchi shuni anglab yetishi muhimki, o’quv jarayonini samarali ko’rish - bu, ishda o’zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni xal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o’zaro aloqada foydalanish demakdir.
O’qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun qonuniyatlar birligini va didaktik qoidalarini e’tiborga olish zarur.
O’qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni o’qitish qoidalari deb ataladi. O’qitish qoidalarini bilish o’qitishning zarur usullarini yanada ishonchliroq tanlashga imkon beradi.
Ta’lim qoidalari - o’qituvchining faoliyatini va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilmlarning o’zlashtirilishi, tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo’l – yuriqlarini o’z ichiga oladi. SHu bilan bir vaqtda ta’lim qoidalari har ikkala faoliyatni, ya’ni o’qituvchi va o’quvchi tomonidan o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi.
Ta`lim o`qituvchining faoliyati va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni o`zlashtirilishi, tegishli ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonuni va yo`l-yo`riqlarni o`z ichiga oladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin