Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib


Ta’limning ma’ruza-seminar tizimi



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə76/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114
Ushbu o’quv

Ta’limning ma’ruza-seminar tizimi Yevropada o‘rta asrlarda dastlabki universitetlar paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda asoslangan. Mazkur tizim negizini tashkil etuvchi ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, maslahat va ixtisoslik bo‘yicha amaliyot bugungi kunga qadar o‘qishning asosiy shakllari sanaladi.
Sinf-dars tizimi XVII asrda mashhur chex pedagogi Yan Amos Komenskiytomonidan asoslangan. Pedagogning “Buyuk didaktika” asarida mazkur tizimning asoslari bayon etilgan. Asarda o‘quv yili,o‘quv kuni, dars, mashg‘ulotlar orasidagi tanaffus, o‘quv ta’tillarikabi tushunchalar ham asoslangan. Sinf-dars tizimi K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantiriladi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi. K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog’langan quyidagi uchta qismini ajratib ko'rsatadi:
1) ilgari o'rganilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni anglashni amalga oshirish va o'quvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadli ko'rsatmani yaratishga qaratiladi. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga go'yoki «eshik» hisoblanadi.
2) asosiy masalani hal etishga yo'naltiriladi va darsning muhim, markaziy qismi hisoblanadi.
3) amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratiladi.
Maktabgacha talim yoshidagibolalar yoshlarini hisobga olib o'quv ishlari turli xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o'rganilganni mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to'g'ri keladi. Hatto tekshirish darslari ham bu yerda ko'pincha ishlar boshqa turlarini o'z ichiga oladi: materialni og'zaki yetkazish, qiziqarli hikoyani o'qish. Darsning aynan mana shu turi aralash (kombinatsiyalashgan), yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Kombinatsiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uv vazifalarini tekshirish va o'quvchilar bilan savol-javob. yangi materialni o'rganish. o'zlashtirishini dastlabki tekshirish. mashq misollari davomida vangi bilimlarini mustahkamlash. ilgari o'rganilganlarni suhbat ko'rinishida takrorlash. o'quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash uvga vazifa berish.
O'quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (o'rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni o'z ichiga olgan va uni o'rganishga ko'p vaqtini talab qiluvchi, o'quvchilarga tanish bo'lmagan yangi material uning mazmuni bo'lgan ta'lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni, aniq maqsadi va o'quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga qarab, ba'zi hollarda yangi materialni o'zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa — o'qituvchi rahbarligi ostida o'quvchilarning mustaqil ishlari olib boriladi, uchinchi holda — unisi ham bunisidan ham foydalaniladi. Yangi material bilan tanishish darsining tuzilishi: yangi materialni o'rganish uchun asos bo'lgan avvalgi materialni takrorlash. O'qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash, uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustahkamlash darslarida o'quv ishining asosiy mazmuni ilgari o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o'zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish hisoblanadi.
O'quvchilar o'z bilimlarini yangi manbalar bo'yicha anglab oladilar va chuqurlashtiradilar yoki ularga ma'lum bo'lgan qoida asosida yangi masalalar yechadilar, ilgari olgan bilimlarini og'zaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari o'rganganlarini yanada chuqurroq va mustahkam o'zlashtirish maqsadida ulardan alohida masalalar bo'yicha axborot beradilar. Tuzilishi bo'yicha bunday darslar quyidagi bosqichlardan o'tishni ko'zda tutadi: uy vazifasini tekshirish, og'zaki va yozma mashqlarni bajarish, topshiriqni bajarishni tekshirish, uyga vazifa berish.
Ko'nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog'liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o'rganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o'qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini dastlab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday qoida qo'llanilishini o'quvchilarning o'zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va ko'nikmalarini qo'llash, shu jumladan, hayotiy amaliyotida qo'llashni o'zlashtirib olishlari kerak.
Umumlashtiruvchi darslar (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari o'tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o'quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to'ldiriladigan va o'rganilayotgan kursning muhim g'oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo’lim va o'quv kurslarining yakunida o'tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning o'zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o'qib berish yoki o'qituvchining o'quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o'tkazilishi mumkin.
Tekshirish (nazorat) darslari o'qituvchiga o'quvchilarning ma'lum sohadagi bilim, malaka va ko'nikmalari shakllanganlik darajasi, o'quv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo’llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o'quvchidan ushbu mavzu bo'yicha uning hamma bilim, ko'nikma va malakalarini qo'llashini talab etadi. Tekshirish og'zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Yuqorida ifodalangan hamma darslarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsadlarni qo'yish va ularni o'quvchilar tomonidan qabul qilish sharoitlarini ta'minlash, ish sharoitini yaratish, o'quv faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan ko'rsatmalarni shakllantirishni ko'zda tutadi. Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, ularga erishishda barcha yoki yakka o'quvchilarning alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari baholanadi va istiqbollari belgilanadi.
Ta'limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik hodisadir. U pedagogik jarayonning yaxlitligini ta'minlaydi va ta'limiy-tarbiyaviy-rivojlantirish vazifalarini ijobiy yechimini topishga imkon beradi.
Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bo'lgan talablarda o'zining aniq ifodasini topadi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin