Shaxsgayo‘naltirilganta’lim talabaningfikrlashvaharakatstrategiyasiniinobatgaolganholdauningshaxsi, o‘zigaxosxususiyatlari, qobiliyatinirini rivojlantirishgayo‘naltirilganta’lim
Bu ta’lim o‘qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko‘ra ta’lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim hamda tarbiya jarayonini to‘laligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi.
Shaxsgayo‘naltirilganta’limningo‘zigaxosjihatita’limoluvchishaxsinitanolish, unihartomonlamarivojlantirishuchunqulay, zarurmuhitniyaratishdaniborat
Bu turdagi ta’lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir talaba imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog-talaba yoki talaba-talaba, talaba-talabalar guruhi, talaba-talabalar jamoasi tarzida o‘zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim talabani ta’lim tizimiga moslashtirishni emas, aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turagi ta’lim talabalarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o‘zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to‘la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim talabalarni o‘quv materialini o‘zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yonashishni, yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o‘z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Pedgogikada “ta’lim turlari” bilan birga “ta’lim shakllari” tushunchasi ham qo‘llaniladi. Xo‘sh, ta’lim shakllarining o‘zi nima?
Dostları ilə paylaş: |