5) rivojlantirish:talabalarda mantiqiy fikrlash, idrok, tafakkur, xulosalar chiqara olish qobiliyatlari izchil ravishda rivojlanadi.
III. Ma’ruza mashg‘ulotini tashkil etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar. Ma’ruzani matnini tayyorlash va ma’ruzani o’qish jarayonida qoilaniladigan barcha an’anaviy va zamonaviy usullar, yoilar hamda texnik vosita, jumladan, multimedia vositalari vako’rgazmali o’quv qo’rollari bayon qilinayotgan mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan bo’lishi lozim.
Zamonaviy sharoitda ma’ruza mashg‘ulotlarini tashkil etishga nisbatan bir qator talablar qo‘yiladi. Xarakteriga ko‘ra ushbu talablarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin :
B
1. O‘qituvchi ma’ruzaning detallashtirilgan rejasi, boshqacha aytganda, texnologik xaritasirri tuzishi zarur. U aniq va lo’nda ifodalangan butun ma’ruza mazmunini qamrab oluvchi masalalarni o‘z ichiga olishi zarur.
2. Bayon qilinishi ko‘zda tutilgan masalalar mantiqiy izchillikda yoritilishi hamda ular qisqacha xulosalar bilan yakunlanishi kerak.
3. Ma’ruza matni kirish, asosiy va yakuniy qism, ya’ni xulosa qismlaridan iborat boiadi.
4. Adabiyotlar ro'yxati ma’ruza mazmunini aks ettirishi lozim.
5. Ma’ruzaning asosiy g‘oyalari, muhim o‘rinlari virtual ko‘rinish – taqdimotda o‘z ifodasini topishi lozim.
6. Taqdimot ma’ruzada ifodalanadigan asosiy g‘oyalar, tayanch tushunchalar,
ustuvortamoyillar, muhimjihatlar, omillarasosidashakllantirilishikerak
irinchi guruh – ma’ruza matniga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
Ikkinchi guruhga ma’ruza o'qiydigan o’qituvchi, uning shaxsiga qo’yiladigan talablar kiradi.
Ma’ruza o’qish jarayon sifatida ob’yektiv va sub’ektiv tomonlarning birligidir. Ma’ruza o’qishning ob’yektiv tomoniga o’qituvchiga bog’liq bo’lmagan, o’rganilayotgan fanning mazmuni, dars o’tish tamoyillari kiradi. Sub’ektiv tomonlariga esa quyidagilar kiradi:
a) o’qituvchining shu fanni qanday egallagani, bilim darajasi;
b) o’qituvchining uslubiy tayyorgarligi, metodikaning qonun-qoidalarini qo’llay bilish mahorati;
d) har bir o’qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni qo’llashdagi individual xususiyatlari
Dars berishda pedagog sub’yektiv omil sifatida namoyon bo’ladi. Talabalarning o’zlashtirishi ko’p jihatdan o’qituvchining dars o’tishda tanlagan metodlariga bog’liq.
Har bir o’qituvchi o’z qobiliyatini dars berishda namoyon qilib, ma’ruza va nutqida o’ziga xos jihatlarini ko’rsatadi. Ma’lum bir mavzuni yoritishda o’qituvchi o’zi yaxshi bilgan yoki o’zining ilmiy izlanishlari bilan bog’liq bo’lgan, lekin shu mavzuga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan sayolga ko’p vaqt ajratib, qolgan savollami ko’rib chiqish uchun vaqt yetmay qolishi mumkin. Bu – mavzuni bayon qilishda didaktikaning izchillik prinsiplarini buzilishiga olib keladi.
Shuning uchun dars o’tishdagi muhim vazifalardan biri – sub’ektiv omillar, albatta, ob’yektiv omillarga bo’ysinishi, aynan shu fanning mazmunini ochib berishga xizmat qilishi kerak. Bunda to’plangan metodik tajriba qo’l keladi.
Ma’ium bir yo’nalishga, pedagogikaning asosiy qomiulari, tendensiyalari, prinsiplari, ijtimoiy, pedagogik taraqqiyotning muammolarini tahlil qilishga qaratilgan bo’lishi, yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirish, hayot kechirish tarzinitanlashning tarbiyaviy ahamiyatini oshirishi lozim. Ilmiyligi jihatdan nazariya asoslarini amaliyot bilan, masalaning qo’yilishini ilmiylik bilan hamda pedagogikotning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondashish bilan, nazariy dalillaming mantiqiylik bilan uzviy birligi ta’minlanishi kerak.
Mohiyatiga ko’ra ma’ruzaning ijtimoiy-pedagogik yo‘nalishi uning ilmiyligi bilan bogiiq. Ma’ruzachi real hayotning ob’yektiv tahliliga, pedagogik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlariga, pedagogik hodisalar va xo‘jalik hayotining omillari o‘rtasidagi ichki bogianishlarni aniqlashga, tahlil qilishga asoslanishi kerak.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, talabaga ishonchli dalillar, chuqur tahlil ko‘proq ta’sir qiladi. Har qanday fan, jumladan, pedagogika fanlari ham ishonchli dalillar, maiumotlar, nazariy va amaliy xu- losalarga tayanadi.
Psixologlarning kuzatishlaricha bilish, o‘rganish jarayoni fikrlar qarama-qarshiligi asosiga qurilsa, samarali boiadi. Ilmiy munozara talabalar uchun ijodiy muhit yaratadi. Ma’ruzada munozarali savollami qo‘yish, turli nuqtayi nazariarni bayon qilish maqsadga muvofiq. Ma’ruzachining o‘zi ma’lum bir nuqtayi nazarni qoilab-quvatlar ekan, talabalarga ham ana shu qarash to‘g‘riligini tushuntirishi, auditoriyani ishontirishi kerak
Ma’ruzaning ilmiyligi materialni bayon qilishning izchilligi, savollarni aniq, tushunarli qo'yilishini ko'zda tutadi. Ilmiy-pedagogik jarayonlar, pedagogik hayotni tahlil qilishda tarixiylik va mantiqiylikka amal qilishni talab etadi.
Ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida o’qituvchi mavzu bo’'yicha savollarni qanday bayon qilishni, qanday uslublar qo’llashini ko’z o’ngiga keltirishi kerak. Ana shundagina mavzu bo’yicha adabiyotlarni, zarur ma’lumotlarni to’g’ri tanlashi mumkin. O’qituvchi, zarur dalillar, ma’lumotlarga ega bo’lsada, ularni ishonarli, asoslangan holda bayon qilmasa, fandagi dolzarb savollaiga javob berishdan chetlab o’tishi yoki chetga chiqishi mumkin. Bu hoi talabalarda ma’ruzadan qoniqmaslikka, uning ishonchliligi va tarbiyaviy ahamiyatini tushirishga olib keladi.
Nazariya bilan amaliyotning o’zaro bog’lanishi nihoyatda murakkab jarayon. U turlicha: ichki, tashqi, bilvosita va bevosita, muhim va uncha muhim bo’lmagan omillar bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham ma’ruzaga tayyorlanish paytida ana shu jarayonlarni chuqur tahlil qilishni bilish, u yoki bu hodisani rivojlanishining asosiy tendensiyalarini aniqlash kerak. Mavzudan chetdagi turli misollar bilan cheklanish yaramaydi.
Nazariyani asoslash uchun jamiyat hayotidagi turli hodisalarni ijobiy yoki salbiy misol sifatida keltirish unchalik qiyin emas. Lekin real voqelikni noto’g’ri ko’rsatish, faqat yuzaki tashqi aloqalarni ta’kidlash bilan cheklanish yaramaydi. Ular masalaning mohiyatini ifodalamaydi va ochib bermaydi.
Ma’ruza mashg‘ulotlari quyidagi uch bosqichda tashkil etiladi;