Usim-biol p65



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə3/70
tarix20.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#133186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH

ZARARKUNANDALARINING ENTOMOFAGLARI VA AKARIFAGLARI
o`simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda biologik obyektlardan foydalanishga oid dastlabki ma'IumotIar eramizning boshlariga to`g`ri keladi.
Biologik usul — bu tekinxo`r (parazit) va yirtqich hasharot-lardan, kasallik sababchisi bo`Igan mikroorganizmlardan foydalanib, hasharotlaming zararii turiarini yo`qotish, kamaytirish yoki ko`pa-yishining oldini olishga qaratilganbo`Iib, iqtisodiy jihatdan arzon va qulay. Qolaversa, atrof-muhitni ifloslantirmaydi va foydali hasharotlami zahariamaydi.
o`rta Osiyodagi olma qurtiga qarshi kurash olib borish maqsadida I.V.VasiIyev va A.F. Rodetskiylar Astraxandan tuxumxo`r trixogram-masini keltirishgan va ilk bora Toshkent va Samarqanddagi mevali bog`Iarda sinab ko`rishgan.
o`simliklarni biologik usulda himoya qilish uchun o`zbekistonda biologik usuldagi laboratoriya ochilgandan so`ng afelinus, rodoliya kriptolemus kabi qator samarador entomofaglarni boshqa mamla-katlardan keltirish va kuzgi g`o`za tunlami (trixogramma, brakon), o`simlik bitlari (shira), o`rgimchakkana (fitoseyulus), oqqanot (enkarziya), Kolorado qo`ng`iziga (perillus, podizus) qarshi har xil mikrobiologik preparatlar yaratish uchun shtammlar izlab topish va ulardan foydalanish borasida ko`plab ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Xususan, V.A. Shepetilnikova, N.A. MeyervakeyinchaIikX.K. Mir-zaliyeva, Z.K. Odilov, S.N. Alimuhamedov, A. Hamroyev, В.Р. Adash-kevich, Х.Х. Kimsanboyev, B.A. Sulaymanovlar biousulni rivojlan-tirishda o`z hissalarini qo`shdilar. Olmaning ashaddiy zararkunandasi qon biti tekinxo`ri afelinus 1926-yiIda Italiyadan keltirib iqlimlash-tirilishi natijasida olma qon biti keskin kamaygan. Shuningdek, yirtqich xonqizi rodoliya Avstraliyadan keltirib iqlimlashtirilgan.
11
2.1. Introduksiya va iqlimlashtirish
Biousulni rivojlantirishda bir qator usullardan foydalaniladi. Areal ichra tarqatish, oldindan ko`paytirib tabiiy sharoitda qo`yib yuborish (kolonizatsiya barpo etish), entomofaglaming tabiiy sharoitda ko`proq bo`Iishi uchun qulaylik tug`dirish, entomofaglar uchun ta'siri kam bo`Igan kimyoviy preparatlardan foydalanish shular jumlasidandir.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin