Bitoksibatsillin — Rossiyada ishlab chiqarilganbo`Iib, spora hosil qiluvchi bakteriyalar oilasiga mansub. Вас. thuringiensis var. thuringiensis bakteriyasining birinchi serotipi asosidatayyoriangan. Bu preparat oq-jigarrang kukun bo`Iib, tarkibida parasporali qo`shilmalar va issiqlikka chidamli tashqi va ichki zahariarni saqlaydi. Uning 1 grammida 45 mlrd yashashga layoqatli sporalar va 0,6—0,8 foizli ichki zahar bo`Iadi. Sporalar va kristallar qo`shilmasi hamda ichki zahar dastlabki ta'sir qiluvchi modda hisoblanadi.
Hozirda Kolorado qo`ng`izining bir-ikki yoshdagi lichinkalariga, karam kapalagi, g`o`za tunlami, meva va bog`Iarda barg kemiruvchilar-ning qurtlariga gektariga 2—4 kg miqdorda qo`llaniladi. Shuningdek, zararkunanda miqdori kerakli me'yoridan ortib ketganda 6—7 kun oralatib qayta ishlov beriladi. Preparat tarkibidagi ichki zahar tuxum po`sti orqali o`tib embrionni zaharlaydi. Saqlash muddati harorat 20-25°C da bir yil.
В.Р. Adashkevich, Х.Х. Otamirzayevlaming olib borgan tajriba-larida ikki kundan so`ng brakonlarga nisbatan ta'siri birinchi kunga qaraganda kamayganligi kuzatilgan.
Bitoksibatsillin-45— ko`sak qurtiga qarshi gektariga 1,5—2 kg.dan qo`llanilganda biologik samaradorlik 77—81 foizni, 60 mlrd grammli shakli esa 0,5; 0,7 va 1 foizli konsentratsiyalari qo`IIanilganda 81,3—87,3 foizgacha ko`sak qurtlarining nobud bo`lishi kuzatilgan.
Bitoksibatsillin (ВТВ 202) — o`rgimchakkana va ko`sak qurtining bir o`simlikning o`zida tarqalishi davomida har gektar maydonga 4—6 kg.dan sarilanadi. Hosil yig`ib olishdan bir kun oldin ishlov berish to`xtatiladi. Bitoksibatsillin issiqqonli hayvonlar, odamlar va ektomofaglarga nisbatan ta'siri yo`q. Oq sichqon va kalamushlar bir marta oziqlantirilganda (SD 50) ularning to`liq nobud bo`Iishi kuzatilgan.
Preparatning namligi 7 foizdan kam bo`lmasligi, LK 50 bo`yicha biologik faoUigi tengsiz ipak qurtiga 0,04 foiz bo`Iishi aniqlangan. 1987-yiIda ishlab chiqarishga tavsiya etilgan.