Oila. FarvoyirmlaT—Parbaviridae—Demonukleoz Bu oila tizimiga Parbaviridae oilasiga qarashli Parvovirus, Setellovirus, Bullavirus va Dinsovirus kabi avlodlari kiradi. Ulaming o`lchami 20 nm bo`Iib, bu ulaming morfologiyasini o`rganishda qiyinchilik keltirib chiqaradi.
Katta mum kuyasida uchraydigan densonukleoz yoki zich yadroli vims kasalligi tarkibida molekular og`iriigi 4—5 mln daltonlar bo`Igan 35 foizgachabir ipli DNK bo`Iadi. Bu birinchi marta 1964-yiIda ommaviy ravishda ko`paytirilayotgan katta mum kuyasida aniqlangan. Keyinchalik densonukleoz Fransiyada uy chirildog`idan, Ukraina Misr chivini {Aedes aegypti Z.)dan ajratib olingan.
91 Hasharotlaming lichinkalari densonukleoz bilan kasallanishibelgisi 8—10 kun o`tgach kuzatiladi. Kasallangan qurtlaming harakatlanishi kamayadi, tana qismlarda o`zgarish yuz beradi, to`Iiq nobud bo`lishi esa 15—20 kun ichida oxiriga yetadi. Hasharotlarda patomorfologik o`zgarish hamma fazalarda ro`y beradi.
Yetti turdagi hasharotlar densonukleozli viruslarga nisbatan sezuvchan bo`Iib, ulardan olti tur tangaqanotlilar va bir tur ikki-qanotlilar turkumni tashkil qiladi. Katta mum kuyasi zararlantirilgandan so`ng 4—6 kun o`tgach, hasharotning yog`Ii to`qimasi yemirila boshlashi kuzatilgan.
Bu kasallik katta mum kuyasining gipoderma traxeyasi, gemo-tsitlar va ipak ishlab chiqaruvchi bo`Iimida rivojlanadi. Yadrolar at-rofida katta miqdorda zichlangan to`plami hosil bo`Iadi. Kasallangan hasharot to`qimasining yemirilishiga qaramay, yadroda bu to`plamning hosil bo`lishi o`zgarmaydi.
Sitoplazmali poliedroz,Sitoplazmali poliedrozlarning qo`zg`a-tuvchilari (Reoviridae) reoviruslar oilasiga mansub reoviruslar (Reo-virus) avlodi vakili hisoblanadi va bu guruh vakillari ipak qurtida kasallik keltirib chiqaradi.
Sitoplazmali poliedroz ipak qurtida, 1934-yiIdan so`ng yel darax-tining barg o`rovchisi — Choristoneura fumiferana Clem va boshqa turdagi hasharotlarda topilgan.
Hozirgi vaqtda dunyoda 200 dan ortiq hasharot turi uchraydi. Shularning ichida bu kasallik tangaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarda ko`plab tarqalgan.
Sitoplazmali poliedrozlarni qo`zg`atuvchi viruslaming o`lchami 50 dan 70 nm.gacha. Наг biri 12 ta morfologik birikmadan iborat ikkita membranaga ega.
Virionlar ikki spiralli RNKdan iborat. Poliedriar kubik oktaedrii, ekosaedrii va romb shaklida bo`Iishi mumkin.
Hasharotlarda bu kasallikning inkubatsiya davri har xil kechadi. Amerika oq kapalagida kasallikning dastlabki belgisi 8—12 kun, karam tunlamida 6—7 kun, Xitoy eman ipakchisida 6—40 kunda seziladi.