Hozirgi kunda deyarli barcha kichik va yirik biznes korporatsiya shaklida tashkil qilingan. Misol uchun: British Airways, Nokia, Microsoft, Nestle, Sony, Unilever, Volkswagen va boshqalar.
Korporatsiyalar 3 asosiy farqli jihatlarga ega:
1. Korporatsiyalar o‘zlarining egalaridan yuridik jihatidan mustaqildir va soliqlarni to‘laydi.
2. Korporatsiyalar mas’uliyati cheklangan, qaysiki, aksionerlar kompaniya qarzlari uchun javobgar bula olmaydi.
3. Xar doim ham korporatsiya egalari menejer bula olmaydi, bu egalik qilishning boshqarish bilan cheklanishiga olib keladi.
2. Korporatsiyalar moliyasining o‘ziga xos xususiyatlari
Korporatsiyalar moliyasining o‘ziga xos xususiyatlari- korporatsiyalar mulkchilik munosabatlari sharoitida passivlarni shakllantirish va aktivlarga investisiya qilishning umumiy prinsiplaridagi farq bilan emas, balki, ma’lum biznesda kapitallarni jamlanishi, ularni boshqarish strukturasi hamda aktivlarga investisiya qilingan resurslar hisobiga olingan daromadni mulkdorlar o‘rtasida taqsimlanish xususiyatlari bilan belgilanadi. Demak, bu bilan shuni ta’qidlashimiz mumkinki, korporatsiyalar mulkchilik munosabatlari sharoitida xam byudjet bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar yoki boshqa xo‘jalik sub’yektlari bilan buladigan o‘zaro moliyaviy munosabatarda keskin farqli jihatlar amal qilmaydi.
Korporatsiyalar moliyasining xususiyatli jihatlari korporatsiyalar mulkchilik sharoitida pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoni bilan bevosita bog‘liqdir.