Uslublar haqida tushuncha



Yüklə 150 Kb.
səhifə2/4
tarix17.06.2023
ölçüsü150 Kb.
#131938
1   2   3   4
Prezentatsiya tayyor (2)

Rasmiy uslub

  • Rasmiy uslub (rasmiy ish qog’ozlari uslubi) — hozirgi o’zbek adabiy tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir ko’rinishidir.
  • Qonunlar matnlari, farmonlar, buyruq va ko’rsatmalar , shar tnomalar , har xil rasmiy hujjatlar , tashkilotlar o’r tasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Bu uslub boshqa uslubdan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy uslubda so’z va so’z shakllarini qo’llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish, erkalash qo’shimchalarini olgan so’zlar , ko’tarinki, tantanavor yoki shevaga oid so’zlar , tor doiradagi kishilargina tushunadigan so’zlar , o’xshatish, mubolag’a kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qog’ozlari matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmuniy to’liklikdan iborat zaruriy sifatlari undagi o’ziga xos so’z qo’llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi.

Ilmiy uslub

  • Ilmiy uslub — fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan vazifaviy uslubdir.
  • Bu uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy uslubning bu turi terminologik va mavhum leksikaning , murakkab sintaktik tuzilmalarning qo’llanishi, so’zlarning asosan aniq, to’g’ri ma’noda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va shakillanishi bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar , raqamlar ham ishlatiladi.
  • Ilmiy uslub o’z ichida quyidagi mayda uslubga bo’linadi: ilmiy ish , ilmiy texnik , ilmiy ommabop , ilmiy publitsistik . Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi terminlarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir .

Publisistik uslub

  • Publitsistik uslub vazifaviy uslubning bir turi bo’lib, u ijtimoiy , siyosiy so’z va iboralarning qo’llanishi, janrlarning xilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi belgilar bilan xarakterlanadi.
  • Publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda o’z ifodasini topadi. Publitsistik uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy o’rinni egallaydi, ya’ni qisqa, lo’nda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik uslubda til vositalaridan foydalanishda muallifning individual uslubi deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherk, felyeton, badiiy publitsistik makrlada tez ko’zga tashlanadi. Badiiy uslubda ham bu holat mavjud; rasmiy uslubda esa bunday xususiyat yo’q. Publitsistik uslub ba’zi qo’llanma va ilmiy adabiyotlarda " ommabop uslub ", "matbuot uslub" kabi terminlar bilan ham ataladi.

Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin