Izotaxa
|
Izotaxa
|
Isotacha
|
tezlik (suv, shamol va h. k. tezligi) bir xil bo’lgan nuqtalarni
birlashtiruvchi chiziqlar. Sokin ob-havoda daryo suvining tezligi ko’ndalang kesim (daryo) chuqurligining 1/16 5, qismidan atrofga, chuqurga va yuqoriga tomon kamaya boradi.
|
Izoterma
|
Izotermicheskiy
|
Isothermal
|
(yunoncha izos – barobar, terme – issiqlik)–jo’g’rofiy, sinoptik va
meteorologik xaritalarda ma’lum vaqtda havo harorati teng joylarni tutashtiruvchi chiziqlar.
|
Iqlim
|
Klimat
|
Climate
|
Yer yuzasi biror joyi ob-havosining ko’p yillik rejimi. Iqlim Quyosh
radiatsiyasi, еr yuzasining holati va atmosferadagi havo harakatlari hosilasidir.
|
Kaynozoy erasi
|
Vozrast kaynozoya
|
Age of the Cenozoic
|
(yunoncha kaynos – yangi, zoe – hayot)– Yer geologik tarixining eng
yangi erasi. 67 mln. yil davom etayapti. Uchta davrga bo’linadi: paleogen, neogen va antropogen.
|
Kamsuvlik
|
Pozor
|
A shame
|
Daryolarda suv oqimining eng kamaygan davri. O’zbekistondagi katta
daryolarda K. kuz oylariga to’g’ri keladi, past tog’lardan boshlanuvchi daryolar bahorda qor erib, yomg’ir ko’proq yog’adigan davrdan boshqa hamma vaqt K. bo’ladi.
|
Karst
|
Karst
|
Karst
|
karst hodisasi (Yugoslaviyadagi karst platosi nomidan olingan)–suvda
yaxshi eriydigan tog’ jinslari (ohaktosh, bo’r, dolomit, gips, tuzlar) ni еr osti suvlari eritib olib ketishi natijasida ro’y beradigan jarayonlar.
|
|
Dostları ilə paylaş: |