Uy, daraxt, odam



Yüklə 451,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix27.12.2023
ölçüsü451,82 Kb.
#200755
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
“UY, DARAXT, ODAM” METODIKASI



“UY, DARAXT, ODAM” METODIKASI 
Ushbu metodika katgalar bilan bir qatorda bolalarni ham oʻrganish uchun 
moʻljallangan boʻlib, uni individual va guruh tarzida oʻtkazish mumkin. 
Metodikaning mohiyati quyidagicha: tekshiriluvchiga uy, daraxt va inson rasmini 
chizish taklif qilinadi. Soʻng ishlab chiqilgan reja boʻyicha suhbat oʻtkaziladi. 
R.Berne ushbu testni qoʻllashda bir rasmda daraxt. uy va insonni tasvirlashni 
taklif qiladi. Bunda uy, daraxt va insonning oʻzaro taʼsiri koʻrish obrazini tashkil 
qiladi, deb hisoblanadi. Agar rasmni harakatga keltirsak, u haqiqatan ham bizning, 
hayotimizda sodir boʻlayotganligini sezish mumkin. 
Uy, daraxg va inson rasmining chizilish tartibi testni tavsiflash usuli sifatida 
qaraladi. Agar daraxt rasmi birinchi boʻlib chizilgan boʻlsa, bunda inson uchun 
asosiy boʻlgan narsa - hayotiy energiya (quvvat), agar uy birinchi navbatda 
chizilgan boʻlsa, birinchi oʻrinda inson uchun xavfsizlik, muvaffakiyat yoki bu 
tushunchalarning rad etilishi turadi. 
Testdagi belgshshr tavsifi Uy 
Eski, qulab tushayotgan uy - baʼzida subyekt oʻziga boʻlgan munosabatni shu 
tarzda ifodalashi mumkin. 
Uzokdagi uy - rad qilinish tuygʻusi. 
Yaqindagi uy - ochiqlik, iliqlik va mehmondoʻstlik hissi. Uyning oʻrniga 
uning plani rasmi chizilgan boʻlsa - jiddiy nizo. Turli qurilmalar uyning haqiqiy 
sohibiga nisbatan agressiyaning mavjudligi. Devorga koʻtarilayotgan zina 
(eshiksiz) - voqelikni toʻgri baholashga zarar yetkazuvchi nizoli vaziyatning aks 
ettirilishi. 
Devorlar 
Orqa devorning odatdagidek boʻlmagan tarzda tasvirlanishi oʻz-oʻzini nazorat 
qilishga ongli ravishda harakat qilish, kelishuvlarga moslashish, shu bilan birga 
kuchli dushmanlikka moyillik. 
Boshka detallarga nisbatan orqa devor konturlarining sezilarli tarzda qalinroq, 
yorqinroq chizilishi - subyekt voqelik bilan aloqani saqlab qolishga intiladi. Devor 
va uning asosi mavjud emasligi voqelik bilan aloqaning zaifligi. Devor asosi 
konturlarining boʻrttirib koʻrsatilishi - subyekt tashvish, qiyinchilikni his qiladi va 
nizolarni bartaraf qilishga intiladi. 
Gorizontal oʻlchovlari boʻrttirilgan devor - vaqtida notoʻgri oriyentirovka 
qilish (yo oʻtmishning, yo kelajakning ustunligi), subyektning bosimga juda 
sezuvchanligi. Devorning yon konturlari juda ingichka va adekvat emasligi - 
falokat xavfini his qilish; chiziq konturlari juda boʻrttirilgan, devorning faqat bir 
tomoni tasvirlansa va agar bu devor yon tarafi boʻlsa, kelishmovchilik va ajralib 
qolish kabilarga jiddiy moyillik mavjud. Devor aniq - ravshan tasvirlansa - imkon 
boricha vazi- yatga taʼsir qilish ehtiyoji, anglanmagan mayllar. 


Vertikal oʻlchamlari boʻrttirilgan devor - subyektning voqelik bilan 
munosabati doimiy emas, xayolan huzurlanishga intiladi. 

Yüklə 451,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin