"UY. Odam. Daraxt " metodikasi


Gorizontal o‘lchamlariga urg‘u berilgan devor



Yüklə 320,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix17.05.2023
ölçüsü320,64 Kb.
#115210
1   2   3   4   5   6
6-Laboratoriya

Gorizontal o‘lchamlariga urg‘u berilgan devor – vaqtlar oralig‘ida
mo‘ljal olishda qiynalish (o‘tmish yoki kelajakning ustun bo‘lishi). Subyekt atrof-
muhit ta’siriga sezgir bo‘lishi mumkin.
Yon konturi juda yupqa va noadekvat devor – fojiani oldindan his qilish. 
Devorning konturi chiziqlariga juda urg‘u berilgan – nazoratni saqlab 
qolishga ongli intilish. 
Yaxlit ko‘rinishdagi devor, faqat bir tomoni tasvirlangan - agar bu yon 
devor bo‘lsa, uzoqlashish va muxolifat tendensiyasi mavjud.
Shaffof devor – vaziyatga imkoniyat doirasida ta’sir qilishga anglanmagan 
ehtiyoji, mayl, havas. 
Vertikal o‘lchamlariga urg‘u berilgan devor – subyekt avvalambor 
fantaziyalarda rohatlanishini izlaydi va istalgandan kamroq voqelik bilan aloqaga 
kirishadi.
Eshiklar 
Eshikning yo‘qligi – subyekt boshqalar oldida (asosan oila davrasida) o‘zini 
namoyon etishga intilganda qiyinchiliklarni his qiladi.
Orqa yoki yon eshiklar (bitta yoki bir nechta) – chekinish, parishonlik, 
o‘zini olib qochish.
Asosiy, katta eshiklar – ochiqlik, muloqotga kirishuvchanlik, boshqalarga 
bog‘liqlik.
Uyning eshigi ochiq – agar uyda insonlar yashasa, bu tashqaridan iliqlikka 
katta ehtiyoj va samimiylik, ochiqlikni namoyon qilishga intilish.


Yon eshiklar (bitta yoki bir nechta) – uzoqlashish, yolg‘izlik, voqelikni 
qabul qilmaslik. Sezilarli darajada o‘ziga yaqin yo‘latmaslik.
Juda kata eshik – o‘zga insonlarga haddan tashqari bog‘liqlik va o‘zining 
ijtimoiy kirishimliligi bilan boshqalarni hayratga solishga intilish. 
Juda kichik eshik - o‘zining «Men»ga kiritishni xoxlamaslik. Ijtimoiy 
holatlarda nomuvofiqlik, noadekvatlik va jur’atsizlik hissi. 
Katta qulfli eshik – adovat, badgumonlik, damdo‘zlik, himoyalanish
tendensiyalari. 
Mo‘ri va tutun 
Mo‘riga urg‘u berish uydagi psixologik muhitdan xavotirlanishni bildiradi, 
bu shuningdek erkaklik xislatini, kuch va ijodiy boshlanishni ham bildirishi 
mumkin. Mo‘rining bo‘lmasligi – uyda psixologik haroratning, iliqlikning 
yetishmasligini anglatadi 

Yüklə 320,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin