"UY. Odam. Daraxt " metodikasi



Yüklə 320,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix17.05.2023
ölçüsü320,64 Kb.
#115210
1   2   3   4   5   6
6-Laboratoriya

O‘tkir qirrali tom - kuchli ongni va aybni his qilishni bildiradi 
Xona - varaqga sig‘magan tasvir –
Suv tushadigan tarnovlar – kuchli himoya, xavfsirash belgisi. 
Ob – havo. Agar yomon ob-havo tasvirlangan bo‘lsa, muhitni dushman deb idrok 
qilish, bulutlar qo‘rquv, vahima, depressiya belgisi. Shamolda turgan odamning 
figurasi – sevgi, e’tiborga bo‘lgan ehtiyojni bildiradi. 
Agar sizning rasmingizda boshqa odam: xotiningiz, bolangiz yoki ota-
onangiz bo‘lsa aynan o‘sha Sizning hayotingizdagi harakatga keltiruvchi kuch 
bo‘ladi. Agar Siz faqat o‘z rasmingizni chizsangiz – bu o‘z hayotinigzni yaxshi 
nazorat qilishingizdan dalolatdir. Agar siz uy ichida bo‘lsangiz himoyaga muhtoj 
ekanligizni bildiradi. Agar sizning rasmingizda uy kata maydonni egalagan bo‘lsa, 
siz moddiy ta’minlanganlikka erishishiga intilasiz.
Rasmda shtrixlar kuchli ifodalangan bo‘lsa, bu psixologik zo‘riqishdan 
dalolat beradi.
«Daraxt» 
Daraxt hayotiy energiyaning belgisi, sizning bo‘lgan intilishingiz daraxt 
tanasi va shoxlarinng yo‘g‘onligi bilan belgilanadi. Agar rasmda daraxt sezilarli 
joyni egallagan bo‘lsa, bu katta energiyadan va hayotga ijobiy yondashuvdan 
dalolat beradi.
- Shamol ufayli daraxt bir tomonga engashib turuibdi, Siz xavfsizlikka va uy 
sharoitidagi sokinlikka intilasiz. Bu obraz o‘tmishga o‘ralashib qolganlikni ham 
bildiradi.
- Shoxlar pastga yo‘naltirilgan. Bunday rasmni hal qilinmagan muammolari 
ko‘p bo‘lgan insonlar chizadilar. Majnuntol rasmi ko‘pincha, depressiya va 
o‘tmishga o‘ralashib qolganlikni ifodalaydi. 
- Shoxlar yuqoriga yo‘naltirilgan. Agar daraxt yerda mustahkam turgan 
bo‘lsa, bunday rasm oldinga intiladigan, yetarlicha muvafaqiyatli hayotga erishgan 
xokimiyatga intilishi bor shaxsni ifodalaydi. Shoxlar xar tomonga qaragan bo‘lsa, 
o‘zining tan olinishini izlash. Agar shoxlar va daraxt tanasi bir chiziqda yasalgan 
bo‘lsa – odamning hayotdagi mavjud noxushliklaridan qochishga intilishi, 
narsalarga real qarashdan qochish. Shoxlar tashqariga qaragan bo‘lsa, bu inson 
odatda boshqalarga yordam berishni istaydigan insonni bildiradi.
-Shoxlarning va qarama-qarshi tomonda ko‘p bo‘lishi. Bunday shaxs 
energiyani o‘zining rivojlanishi, o‘sishish uchun qullaydi, oiladagi va uydagi 
qiymatlarni inkor etadi. 
- agar daraxtning tomiri yasalgan bo‘lsa, sizga qiziquvchanlik, yer tagidagi 
yashiringan narsani ko‘rish xohishi xos. Agar archa rasmi chizilgan bo‘lsa, siz 
ustunlikka intiluvchansiz, xokimiyatga intilasiz, tashkilotchilik qobilyatlarini, 
faollikni namoyon etasiz. Agar daraxt tepasida kovak yasalgan bo‘lsa, bu 
kechirilgan psixologik shikastlar, operatsiya yoki jismoniy shikastlardan dalolat 
beradi.



Yüklə 320,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin