Uy-xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas


Uy xo'jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat



Yüklə 67,1 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü67,1 Kb.
#208758
1   2   3
Uy-xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralm-fayllar.org

Uy xo'jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat

haqi asosiy o'rinni egallaydi. Shunday bo'lishiga qaramay, bozor

munosabatlariga o'tilishi bilan uy xo'jaliklari daromadlarining

tarkibida uning salmog'i biroz pasaydi. Bu mehnat munosabatlari

va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bo'lgan sifat o'zgarishiari

bOan bog'liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining o'rnini bosuvchi

va undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi yuklamani

olib tashlovchi yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va

daromadlaming yangi manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining

kengayishi) paydo bo'ldi.

Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi,

uni tartibga solishning yetarli darajada samarali bo'lmagan davlat

siyosati, xufyona aylanmaning (iqtisodiyotning) o'sishi mehnatga

haq to'lashning yashirin, rasmiy ravishda hisobga olinmaganUy xo'jaliklari tomonidan iste’molga, majburiy to'lovlarni
amalga oshirishga va jamg'arishga yo'naltiriladigan pul mablag'lari
uy xo'jaliklari byudjetlarining xarajatlar qismini tashkil etish, ularning
xarajatlari deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda uy xo'jaliklarining
xarajatlari quyidagiiar bo'yicha klassifikatsiya qilinadi:
• davriylik nuqtai nazaridan;
• xarajatlarning turlari bo'yicha;
• xarajatlarning funksional mo'ljallanganlikka bog'liqligiga
ko'ra;
• majburiylik darajasi bo'yicha;

• to'lovlaming avtonomlilik xarakteriga ko'ra;


• iste’mol va jam g'arishga yo'naltirilayotgan real pul
xarajatlarining turlari bo'yicha. Davriylik nuqtai nazaridan uy xo'jaliklarining xarajatlari
quyidagilarga bo'linadi;
• qisqa muddatli xarajatlar;
• o'rta muddatli xarajatlar;
• uzoq muddatli xarajatlar.
Xarajatlarning turlari (ко ‘rinishlari) bo “yicha uy xo'jaliklarining
xarajatlari quyidagilardan tarkib topadi;
• joriy xarajatlar;
• kapital xarajatlar.
Uy xo'jaliklarining xarajatlari funksional mo ‘Ijallanganligiga ко ‘ra
quyidagilardan iborat;
• shaxsiy iste’mol xarajatlari;
• soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar;
• pul to'planmalari va jamg'armalar.
Avtonomlilik xarakteriga ko'ra uy xo'jaliklarining xarajatlari
ikkigabo'linadi;
• daromadlaming o'lchamiga (ko'lamiga) bog'liq bo'lmagan
va hayotiy minimum darajasiga rasman muvofiq keluvchi qat’iy
xarajatlar;
• daromadlaming dinamikasiga bog'liq bo'lgan elastik xarajatlar.
Ayrim hollarda uy xo'jaliklari xarajatlarining ana shunday
klassifikatsiyalanishi doirasida kam elastikli xarajatlar alohida
guruhga ajratiladi va uning tarkibiga uy-joy-kommunal xizmatlari
va transport chiqimlarini to'lash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar
kiritiladi.
Real pul xarajatlarining turlari (к о ‘rinishlari) bo'yicha ham uy
xo'jaliklarining xarajatlari ikki guruhdan tashkil topadi;
• iste’molga yo'naltirilgan xarajatlar;
• jamg'arishga yo'naltirilgan xarajatlar
Uy xo'jaliklarining iste’molga yo'naltirilgan xarajatlari (iste’mol
xarajatlari) ular tomonidan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib
olishga sarf qihnadigan ega bo'lingan daromadning bir qismidan
iborat. Iste’mol xarajatlarining ko'lami quyidagiiar bog'liq;
• ega bo'lingan daromadga;
• baholar darajasiga;
• iste’molchilarning mol-mulklarigreal foiz stavkalariga;
• iste’mol bo'yicha qarzdorlikning miqdoriga;
• iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga.
Uy xo'jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari sub’ektiv
omillarga ham ta’sirchan bo'lib, ularning orasidan quyidagilarni
alohida ajratib ko'rsatish mumkin;
• iste’mol qiiishga bo'lgan intilishning chegarasi;
• baholarning o'zgarishiga nisbatan iste’molchilarning
kutuvchanligi;
• pul daromadlari;
• soliqlar;
• tovarlarning mavjudligi;
• va boshqalar.
Makroiqtisodiy nuqtai nazardan uy xo'jaliklari byudjetlarining
iste’mol xarajatlari ikkita eng muhim xususiyatga ega;
• birinchidan, iste’mol xarajatlari yalpi mahsulot doiraviy
aylanishi modelida yalpi talab va yalpi xarajatlarni tashkil qilishning
eng katta qismi hisoblanadi;
ikkinchidan, uy xo'jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari
qisqa muddatli davrda bandlik va investitsiyalar darajasini tartibga
solish orqali ta’sir etish mumkin bo'lgan yalpi talabning nisbatan
barqaror tarkib toptiruvchisidir.
Uy xo'jaliklari byudjetlari xarajatlari tarkibi, tarkibiy tuzilmasi
va dinamikasini tahlil qilish, odatda, aholining daromadlari va
xarajatlari balansi asosida amalga oshiriladi. Bu balansning eng
umumiy ko'rinishi quyidagicha bo'lishi mumkin (navbatdagi betga
qarang);

Uy xo'jahklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib


olish va xizmatlarni to'lash (iste’mo! xarajatlari) o'z ichiga
quyidagilarni oladi:
• uy-joy vakommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif
tizimi xizmatlarini to'lash;
• dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo'Hanmalar xarajatlari
va tibiy xizmatlarni to'lash;
• kino, teatr va boshqa tamoshalar xarajatlari;
• passajir transportining barcha turlarini to'lash xarajatlari; Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi
Daromadlar Xarajatlar va jamg‘armalar
1. Mehnatga haq to'lash
2. Mehnat haqidan boshqa
korxona va tashkilotlardan
olinadigan yollanma
ishchilarning daromadlari
3. Dividentlar
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan ohnadigan
tushumlar
5. Pensiya va nafaqalar
6. Stipendiyalar
7. Moliya tizimidan olinadigan
tushumlar (sug'urta qoplamalari, omonatlarning foizlari,
lotereya yutuqlari va b.)
8. Xorijiy valyutani sotishdan
kelgan aholining daromadlari
9. Boshqa tushumlar
a) komission magazinlar orqali
buyumlarni sotish
b) chiqindi ashyo, metallom
va boshqalarni sotish
10. О‘tkazmalar bo'yicha
olingan pullar
1. Tovarlarni sotib olish va
xizmatlarni to'lash
2. Majburiy to'lovlar va
ixtiyoriy badallar;
a) soliqlar va yig'imlar;
b) sug'urta bo'yicha to'lovlar;
v) jamoatchilik va kooperativ
tashkilotlarga badallar;
g) ssudalarni qaytarish;
d) lotereya chiptalarini sotib
olish;
ye) tovar krediti uchun foizlar;

yo) pensiya fondlariga sug'urta


badallari;
3. Omonatlar va qimmatli
qog'ozlardagi
oamg'armalaming o'sishi
4. Uy-joy binolarini sotib
olish
5. Xorijiy valyutani sotib

olish bo'yicha aholi


xarajatlari
6. O'tkazmalar bo'yicha
jo'natilgan pullar
Jami pul daromadlari
Xarajatlarning daromadlardan
oshishi
Balans

Jami pul xarajatlari va


jamg'armalar
Daromadlaming xarajatlardan
oshishi

Balansaloqa xizmatlarini to‘lash;


• qolgan boshqa xizmatlarni to‘Iash.
Majburiy toMovlar va ixtiyoriy badallar uy xo'jaliklari byudjetlari
xarajatlarining muhim dementi hisoblanadi. Bu xarajatlar, hozirgi
sharoitda, o‘sish tendensiyasiga ega bo'lib, ular quyidagi omillar
bilan bog'langan:
• birinchidan, aholi tadbirkoriik tashabbusining kengayishi
yakka tartibdagi tadbirkorlarning xo'jalik va savdo faoliyatidan
olinadigan (undiriladigan) soliq, boshqa majburiy to'lovlar va
yig'imlarning ham kengashi (ko'payishi) bilan kuzatilmoqda;
• ikkinchidan, sug'urta tizimining rivojlanishi, notijoriy sektorning o'sishi (masalan, turli jamoatchihk tashkilotlari, birlashmalari
va ittifoqlari), bir tomondan, sug'urta bo'yicha badallarni oshirsa,
ikkinchi tomondan, notijoriy tashkilotlarga ajratmalarni ko'paytiradi;
e uchinchidan, iste’mo! va ipoteka kreditining rivojlanishi uy
xo'jaliklari byudjetlarining xarajatlarida «ssudalarni qaytarish» va
«tovar krediti bo'yicha foizlar» moddalarining oshirilishiga olib
keladi.
Sug'urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xizmatlari

amaliyotida iste’mol krediti va u bilan bog'liq bo'lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida kelajakda uy xo'jaliklari


byudjetlari xarajatlarining bu yo'nalishlari faqat o'sish tendensiyasiga
ega bo'lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy bozorning rivojlanishi
va pensiya tizimining isloh qilinishi uy xo'jaliklari byudjetlarida
«pensiya fondiga sug'urta badallari» xarajatlar moddasining ham
o'sishiga olib keladi.
Uy xo'jaliklari byudjetlari xarajatlar qismining majburiy
to'lovlarida soliqlar va yig'imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy
xo'jaliklari daromadlarining soliqqa tortilishi ular real daromadlarini
qisqartiradi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, davlat moliyasining
taqsimlash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning daromadlari
va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni yechishga xizmat
qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat bjoidjet tizimining turli
byudjetlari darajalarida darom adlam ing yetarli tushishini
ta’minlaydi. Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromadlaridan
olinadigan soliqlar olingan daromadlardan ratsional foydalanishni
__________________________________________________M oliyarag'batlantirish va ularni shakllantirish yoilari bilan uy xo'jaliklari
byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga o'z ta’sirini ko'rsatadi. Uchinchidan, soliqlar vositasida daromadlaming bir qismi jamiyat va uy
xo'jaliklarining ijtimoiy muammolarini yechish uchun qayta
taqsimlanadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakat fuqarolari
daromadlaridan, mol-mulkidan (shu jumladan, yer solig'i va yer
uchun ijara haqi) sohqlar, boshqa majburiy to'lovlar va yig'imlar
(masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxslardan olinadigan
xilma-xil mahalliy yig'imlar) va davlat bojlarini to'laydi. Bir vaqtning
o'zida, uy xo'jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari
va xarajatlarining balansida majburiy to'lovlar sifatida hisobga
olinmaydigan egri (bilvosita) soliqlar ham o'zining ta’sirini
ko'rsatadi. Chunki bu sohqlar (aksizlar, qo'shilgan qiymat solig'i,
bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining tarkibida bo'hb,
ular tovar sotib olinayotganda to'lanadi. Tovarlar bahosining darajasini faqat egri (bilvosita) sohqlar oshirib qolmasdan, balki ayrim
to'g'ri (bevosita) sohqlar (yagona ijtimoiy soliq, korxonalarning
foydasidan olinadigan soliq, tashkilotlarning mol-mulkidan
olinadigan soliq va boshqalar) ham oshiradiki, ular ham qisman
yoki to'liq tovarlar bahosi orqali kompensatsiya qilinadi.
Aholi daromadlari va xarajatlari balansi xarajatlar qismining
boshqa moddalari («omonatlar va qimmatli qog'ozlardagi jamg'armalarning o'sishi», «xorijiy valyutalarni sotib olish bo'yicha aholi
xarajatlari» va boshqalar) jamg'arish jarayoni doirasida uy xo'jaliklarining moliyaviy munosabatlarini aks ettiradiki, ularning o'ziga
xos bo'lgan xususiyatlari ushbu bobning navbatdagi paragrafida
ko'rib chiqiladi.
24.5. Jamg'armalarni shakllantirish va yo'naltirish
Barcha majburiy xarajatlar amalga oshirilganidan, zaruriy tovarlar va xizmatlar sotib olinganidan so'ng qolgan bo'shpul mablag'lari
uy xo'jaliklarining jamg'armalarini tashkil etadi. Jamg'armalar,
kechiktirilgan iste’mol demakdir. Uy xo'jaliklari jamg'armalari
tashkil topishi jarayonining asosida ehtiyojning amaida mavjudbo'lgan darajasi va ularni qondirishning iloji yo'qligi o'rtasidagi
ziddiyat yotadi. Ehtiyojlar darajasini qondirishning tashqi
cheklovchisi (chegaralovchisi) tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko'rsatish imkoniyatining cheklanganligi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti barqaror rivojlangan mamlakatlarda uy
xo'jaliklarining jamg'armalariga ham alohida rol ajratilgan. Chunki
iqtisodiy o'sish investitsiyalarning muhim manbai bo'lgan jami
jamg'armalarning darajasi bilan uzviy bog'langan. O'z navbatida,
jamg'armalarni ng mavjudligi esa mamlakat boyligining belgilaridan
biridir. Jamg'arma munosabatlari sohasida quyidagi ko'ptomonlamali aloqalar, manfaatlar va maqsadlar vujudga keladi va qo'shilib
ketadi:
• takror ishlab chiqarish aloqalari, manfaatlari va maqsadlari.

Bunda jamg'armalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning


muhim komponenti (tarkibiy qismi, elem.enti) sifatida maydonga
chiqadi;
• uy xo'jaliklari jamg'armalarining aylanishi va milliy iqtisodiyot
moliya-bank sektorining faoliyat ko'rsatishi bilan bog'langan pulmoliyaviy aloqalar, manfaatlar va maqsadlar;
• aholi turmush darajasining o'sishiga yo'naltirilgan ijtimoiy
aloqalar manfaatlar maqsadlar.
Uy xo'jaliklarining jamg'armalarini shakllantirish va ulardan
foydalanish ijtimoiy takror ishlab chiqarishning parametrlari
(o'lchamlari), muvozanat va taraqqiyotning umumiy makroiqtisodiy
proporsiyalari (nisbatlari) bilan belgilanadi. Jamg'armalarning
dinamikasiga (o'sish sur’atlariga, o'zgarishiga) aholi nominal va
real daromadlarining o'sish sur’atlari, inflyasiya, yakuniy iste’molga
mo'ljallangan xarajatlarning o'zgarishi ta’sir ko'rsatadi. Uy
xo'jaliklari jamg'armalarining o'sishi, ulardan oqilona va samarali
foydalanish investitsion faollikni oshirish, iqtisodiy taraqqiyot va
aholi turmush darajasining o'sishi muammolarini hal etishga
yo'naltirilgan davlat makroiqtisodiy va moliya-kredit siyosatinining
eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Jamg'armalarni quyidagi turli belgilarga ko'ra klassifikatsiya
qilish (tasniflash) mumkin;
• jamg'arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko'ra; • sabablari nuqtai nazaridan;
• jamg'armalarni akkumulyasiya qilish (to'plash) shakllari
bo'yicha.
Jamgbnsh(ma) jarayonining maqsadlariga jamg'armalarni
quyidagilarga ajratish mumkin:
• joriy jamg'arma fondlari (uzoq muddat foydalanishga
mo'ljallangan tovarlarni sotib olish);
• sug'urta jamg'arma fondlari;
• investitsion jamg'arma fondlari.
Jamg'armalarning joriy fondlari qisqa muddatli xarakterga ega,
naqd mablag'larni (naqdinalarni) qo'shib olgan holda, yuqori likvidli
aktivlarda jamg'ariladi (to'planadi).
Sug'urta jamg'arma fondlari ko'zda tutilmagan holatlar
(vaziyatlar) va qarilik uchun mo'ljallangan jamg'armalardan iborat
bo'lib, ular uzoq muddatli hisoblanadi va ularni jamg'arish jarayoni
tugamagunga qadar kamroq likvidli bo'lishi mumkin.
Investitsion jamg'arma fondlari iste’mol ehtiyojlari uchun
mo'ljallanilmaydi. Ularning bosh maqsadi daromad keltiruvchi
aktivlarga investitsiya qilishdan iboratdir.
Sabablari nuqtai nazaridan uy xo'jaliklarining jamg'armalari
motivlashtirilgan va motivlashtirilmagan bo'lishi mumkin. Bu
klassifikatsiyaga (tasniflashga) muvofiq maqsadli jamg'armalar
motivlashtirilgan jamg'armalar sifatida talqin qilinadi. Biroq
jamg'armalarning sabablarini hamma vaqt ham aniqlashning iloji
bo'lmasligi mumkin. Ular ehtiyojning darajasiga nisbatan qiyoslaganda to'lovga layoqatlilik imkoniyatining oshishi va ishlab chiqarishning imkoniyatlari natijasida vujudga kelishi mumkin. Bunday
jamg'armalar motivlashtirilmagan jamg'armalar deyiladi. Agar
to'lovga layoqatli talab va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi
tizimli xarakterda bir-biriga mos kelmasa, ular majburiy jamg'armalar nomini olishi mumkin.
Akkumulyasiya qilish (to ‘plash) shakllari bo |у/сЛй jamg'armalarni
bog'lanmagan (tashkil qilinmagan) va bog'langan (tashkil qilingan)
shakllarga ajratish mumkin. Naqdinalar (naqd pullar) shaklida uy
xo'jaliklari bo'sh pul mablag'ining jamg'arilishi jamg'armalarning
bog'lanmagan (tashkil qilinmagan) shakli hisoblanadi. Agjamg'armalarni akkumulyasiya qilish (to'plash) moliyaviy bozor
instrumentlariga joylashtirish, shu jumladan, bank omonatlari va
boshqa investitsion institutlari yordamida amalga oshirilsa, uy
xo'jaliklari jamg'armalarining bunday shakli bog'langan (tashkil
qilingan) jamg'armalar deyiladi. Jamg'armalarning bog'lanmagan
(tashkil qilinmagan) shakllari ustuvor tarzda pulli shaklda bo'lsa,
ularning bogUangan (tashkil qilingan) shakllari turli quyidagi
ko'rinishlarda namoyon bo'lishi mumkin;
• mablag'larni ishlab chiqarishga to'g'ridan-to'g'ri (bevosita)
joylashtirish (masalan, korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari va
ishtirok etish salmog'ini sotib olish shaklida, ko'chmas mulk sotib
olish va boshqalar);
• mablag'larni ishlab chiqarishga bilvosita joylashtirish. Bunda
mablag'larni to'plash (akkumulyasiya qilish) va joylashtirish bilan
ktisoslashtirilgan moliyaviy institutlar shug'ulianadi. Bunga misol
tariqasida davlat qimmatli qog'ozlarini sotib olish, bank depozitlari,
investitsion fondlarning hissasini (salmog'ini) sotib olish va
boshqalarni ko'rsatish mumkin.
tiozirgi paytda uy xo'jaliklarida mablag'larni jamg'arish
jarayoni, ma’lum darajada, ziddiyatli hisoblanadi. Bir tomondan,
keyingi yillarda unda ba’zi bir pozitiv (ijobiy) tendensiyalar ko'zga
tashlanayaptiki, xususan, ular quyidagilarda namoyon bo'layapti;
• keyingi yillar davomida uy xo'jaliklariga tegishli bo'lgan
moliyaviy aktivlarning absolyut o'sishi bir necha martaga oshdi;
• bog'langan (tashkil qilingan) jamg'armalar absolwtva nisbiy
jihatdan ham o'sish tendensiyasiga ega bo'lgan;
• mamlakatda tegishli investitsion muhit mavjud bo'lsa,
jamg'armalarga ega bo'lgan va ularni investitsiyalarga joylashtirishi
mumkin bo'lgan uy xo'jaliklarining guruhlari shakllandi;
• uy xo'jaliklari jamg'armalarini investitsiyalarga transformatsiya
qiluvchi (aylantiruvchi) moliyaviy instrumentariylar (vositalar,
dastaklar) kengaymoqda; ipotekaviy kreditlashtirish rivojlanayapti;
investitsion fondlar, nodavlat pensiya fondlari, sug'urta kompaniyalari faol faoliyat ko'rsatayapti;
• tijorat bankiari (shu jumladan, «Xalq banki» va boshqa
banklar) o'rtasidagi raqobatning kuchayishi aholi mablag'larini jalbqilish shakllari va metodlarining rivojlanishiga o‘z ijobiy ta’sirini
ko‘rsatdi; taqdim etiladigan xizmatlar doirasi (spektri) kengaydi,
omonatlarning yangi turlari (ko‘rinishlari) ishlab chiqildi (yaratildi)
va boshqalar;
• jismoniy shaxslar omonatlarini qisman kompensatsiya qilishni
ko‘zda tutuvchi xususiy (shaxsiy) omonatlami majburiy sug‘urta
qilish tizimining yaratilishi bank tuzilmalariga bo‘lgan ishonchning
o'sishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va uy xo‘jaliklari jamg'armalar
bog'langan (tashkil qilingan) shakllarining imkoniyatlarini
kengaytiradi;
• jam g'arm a jarayoniarida foydalaniladigan moliyaviy
instrumentlar daromadliJigining bir-biriga yaqinlashuvi yangi
moliyaviy piramidalarni yaratish yo'liga to'siq bo'lib xizmat qiladi.
Bir vaqtning o'zida jamg'armalar hamon o'zlarining investitsion
potensialini (salohiyatini) to'liq amalga oshirmayapti va uy
xo'jaliklari daromadlarining qo'shimcha manbalariga to'liq
aylanmayapti. Buning ustiga, sovetlar (sho'rolar) davridan keyingi
yillarda uy xo'jaliklari jamg'arma fondiarining o'sishi iste’mol fondi
hisobidan, ya’ni daromadlar tarkibiy tuzilmasining sifat jihatidan
o'zgarishi natijasida emas, balki iste’molning iqtisod qilinishi
hisobidan amalga oshirilayotir.
Jamg'arish jarayonining sog'lomlashtirilishi (normallashuvi)
iqtisodiyot va ijtimoiy soha rivojlanishini muvozanatlashtirish
(balanslashtirish) va ularning barqarorligini ta’minlash bilan uzviy
bog'langan. Bu narsa, o'z navbatida, ishlab chiqarish va iste’mol,
daromadlarni taqsimlash va ulardan foydalanish, moliya pul
muomalasi sohalaridagi saqlanib qolgan nomutanosibliklarga
(disproporsiyalarga) barham berilishi taqoza etadi.
Hozirgi sharoitda uy xo'jaliklari jamg'armalari mexanizmini
takomillashtirish quyidagi bir necha yo'nalishlar orqali amalga
oshirilishi kerak;
• aholi real daromadlari va sotib olish qobiliyatining o'sishini
ta’minlash. Bu narsa uy xo'jaliklari jamg'armalarga nisbatan moyilligining o'sishiga o'z ta’sirini ko'rsatadi;
• mablag'larni investitsion jarayonlarga jalb qilish uchun
valyutalarni sotib olishga xarajat qilinadigan jamg'armalarningbog'langan (tashkil qilingan) shakllari rolini ko4arish va moliyaviy
aylanmaga «aholi qo'lidagi pullarning o'sishi» moddasi bo'yicha
mablag'larni kiritish;
• jam g'arm alarni investitsion resurslarga aylantiradigan
(transformatsiya qiladigan) institutlar va instrumentlarni rivojlantirish. Buning uchun bank va moliya xizmatlarini diversifikatsiya
qilish va kengaytirish, eng awalo, badalli investitsion fondlar va
sug'urta kompaniyalari singari jamoa investorlari institutlari
rivojlanishini yangi sifat darajaga o'tkazish, кофога11у obligatsiyalar
bozorini shakllantirish kerak va h.k.;
• yaxlit olgan holda investitsion «iqlim»ni va jamg'armalar
bozorining investitsion muhitini yaxshiiash. Bu yo'nalish bo'yicha

investitsion jarayonlami davlat tomonidan tartibga solish va



rag'batlantirishning roll yuqori bo'lmog'i lozim.
http://fayllar.org
Yüklə 67,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin