Uyqu, tush ko’rish



Yüklə 21,94 Kb.
səhifə6/6
tarix02.01.2022
ölçüsü21,94 Kb.
#43978
1   2   3   4   5   6
UYQU, TUSH KO’RISH, GIPNOZ

GIPNOZ .

Gipnoz uyquga yaqin o’ziga xos xolat. Bu suniy xolat odam yoki hayvo’ng a boshqa odam tomonidan faol tasir qilish yo’li bilan paydo qilinadi. I. P. Pavlovning fikricha, gipnotik xolatning rivojlanishi tormozlanish jarayonining miya po’stlog’iga yoyilishi natijasidir. Gip­noz va uyqu bir xil sharoitda yuzaga chiqadi. Uyquga o’xshab, gipnozni kuchsiz, ritmik ravishda takrorlanadigan tasirotlar yuzaga chiqaradi. Gipnozga odatda uyqu chaqiradigan shartli tasirotlarni («uxlang, uxlang» de­gan so’zni) qayta-qayta takrorlash bilan erishiladi. Gipnozning uyqudan farqi shundaki, gipnoz vaqtida gipnotik yani, gipnoz qilinayotgan odam bilan gipnozchi yani, gip­noz qiluvchi shaxs o’rtasida nutq orqali aloxida saqlanib qoladi. Gipnozda uch davr ajratiladi: 1) mudrash davri, bu vaqtda gipnotik C chining gapiga qarshilik ko’rsatib, ko’zlarini ochishi mumkin; 2) yuzaki uyqu davri —gipnotik gipnoz chining ishontirishiga qarshilik ko’rsata ol­maydi, ko’zlarini ocha olmaydi; 3) somnam bulizm, chuqur uyqu davri, gipnotik gipnozchiga butunlay bo’ysunadi va bo’lgan hodisalarni eslab qolmaydi.Gipnozga moyillik odamning yoshi, jinsi, salomatligi, charchaganligi, idroki va boshqa shaxsiy xususiyatlariga bog’liq . Gipnoz vaqtida gipnozchi gipnotikning o’ng ga tasir o’tkazadi, uning xoxishi bilan xisoblashmasdan, o’zi xoxlagan narsaga ishontiradi. Gipnozning yillar davomida qo’llab kelinayotganiga qaramay, uning mexanizmlarida ko’pgina noaniqliklar bor, gipnoz nazariyasi xozirgacha to’la ishlab chiqilmagan.



Psixologiya nuqtai nazaridan, gipnoz odam idrokining taslim bo’lishi va gapnozchining buyruklarini kur-kurona bajarishidan iborat.Gipnoz vaqtida odamning oliy nerv faoliyati keskin o’zgaradi, uni sezgilari o’zgarganiga, jumladan, og’riq yo’qolganiga ishontirish mumkin; Gipnotikka u boshqa yoshdaligini, boshqa kayfiyatdaligini ishontirish va gipnozchi xoxlagan xatti-xarakatlarni bajarishga majbur qilish mumkin.
Yüklə 21,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin