Uyqu, tush ko’rish



Yüklə 21,94 Kb.
səhifə1/6
tarix02.01.2022
ölçüsü21,94 Kb.
#43978
  1   2   3   4   5   6
UYQU, TUSH KO’RISH, GIPNOZ


UYQU, TUSH KO’RISH, GIPNOZ

Odam umrining deyarli uchdan bir qismi uyquda o’tadi. Uyqu yuqori hayvonlar uchun juda zarur xolat. It ovqatsiz ancha uzoq yashashi mumkin, ammo uyqudan maxrum qilinganda tez xalok boladi.

Uyqu odam xushini yuqo’tadi, MNT ning, xususan miya po’stlog’ining faolligi pasayadi, muskullar tonusi va sezgirlik susayadi. Shartsiz reflekslar kuchsizlanadi, shartlilari esa tormozlanadi. Ichki a’zolar faoliyati ham

Uyquning bir necha turi bor: 1) kecha-kunduzgi davri uyqu; 2) faslga bog’liq davriy uyqu; 3) narkotik uyqu; 4) gipnotik uyqu; 5) patologik uyqu.



Davriy u y q u l a r — oddiy sharoitdagi fiziologik xolatdir. Narkotik, gipnotik va patologik uyqular maxsus nofiziologik tasirotlar natijasida rivojlanadi. Gipnotik uyqu — ko’pchilikda qiziqish uygo’tadi. Bu uyqu maxsus sharoitda gipnozchi tomonidan shontirish yo’li bilan paydo qilinadi. Gipnoz vaqtida miya po’stlog’i fao­liyati tormozlansada, Tashqi muxit bilan aloqa qisman saqlanib qoladi, gipnozlangan shaxs gipnozchi ko’rsatmalarini bajaradi.

Yashash sharoiti og’ir bo’lgan xududlarda uchraydigan xayvonlarga fasilga bog’liq uyqu xos. Masalan, O’rta Osiyo saxrolarida yashovchi qo’shoyoq (tushkanchik) baxor va yoz boshlarida juda faol bo’lib, ko’p ovqat yeydi, semiradi. Kun xaddan tashqari isib, o’simliklar qurib qolganda, fasliy uyquga ketadi. Fasliy uyqu boshqa sharoitda yashovchi xayvonlarga ham xos (ayiq).



Narkotik uyqu ni maxsus narkotik moddalar paydo qiladi. Xar ko’ngi davriy uyqu katta yoshli odamlarda bir bosqichli bo’ladi — tunda bir marta yotib, uxlab turiladi. Bolalarda bu uyqu ko’p bosqichli. Endi tug’ilgan chaqaloq bir kecha-kunduzda 21 soat; 6 Oydan 12 oylik bo’lgan bola — 14 soat, 4 yoshda 12 soat, 10 yoshda 10 soat uxlaydi. Kattalarning to’ngi uyqusi 7—8 Soat davom etadi.

Bedorlik xolatidan uyquga o’tish asta-sekin emas, balki bir zumda sodir bo’ladi. Buni EEG da ko’rish mumkin (75-rasm). Bedor bo’lgan katta yoshli odamning elektroensefalogrammasi chastotasi 13 Gs dan yuqori bo’lgan kichik amplituhali tolqinlar qayd qilinadi. (beta-ritm).Osoyishta, ko’zini yumib, o’tirgan odamning EEG si al­faritm qiyofasiga kiradi (8—12 Gs li, kichik amplituhali to’lqinlar (1- bosqich). Odam uxlashi bilan teta-ritm paydo bo’ladi, to’lqinlar chastotasi 3—7 Gs dan oshmaydi (2-bosqich). Uyqu chuqurlashganda, teta-ritmga 12—15 Gs li, davomi 1 s bo’lgan «uyqu duklari» qoshiladi (3- bosqich). Uyquning chuqurlashuvi yanada davom etadi, endi yuqori am­plitudali, 0,5—2 Gs chastotaga ega bo’lgan to’lqinlar — delta-ritm qayd qilinadi (4- bosqich).

Uyquning 5- bosqichiga ko’z soqqalarining tez xarakatlanishi xos. Shuning uchun uni uyquning tez davri deb atashgan. EEG da yuqori chastota li, kichik amplitudali to’lqinlar paydo bo’ladi, miya po’stlog’ining elektr faolligi desinxronizatsiyaga uchraydi. Shu vaqtda uxlab yotgan odam uyg’otilsa; u tush ko’rayotganini aytadi.SHuning uchun bu 5-bosqichni uyquning tush ko’rish davri ham deyishadi.Undan oldin bosqichlar –sekin uyqu bosqichlaridir. Sekin va tez uyqular davriy bo’lib, xar bir yarim soatda takrorlanadi. 7,5 Soat uxlagan katta yoshli odam 1,5—2 soatni tez uyquda qolgan 5, 5—6 sbatni sekin uyquda o’tkazadi.

Sekin uyqu vaqtida vegetativ faoliyatlar susayadi — qorachiqlar torayadi, tomirlar kengayadi, ter ajralishi ko’payib, ko’z yoshi va so’lak ajralishi kamayadi, yurak-tomir, nafas, xazm, ajratuv tizimlari faoliyati sustlashadi. Tez uyqu davrida, aksincha, «vegetativ to’zon» kuzatiladi. Skelet muskullari tinch va tonusi pasaygan xolatda bo’lsada, bu davrda odam ko’rayotgan tushida «ishtirok» etadi, ichki a’zolari tushdagi xarakatlar va xissiyotlarni taminlash uchun zarur bo’lgan darajada o’z faoliyatini tezlashtiradi.

Chuqur sekin uyqu faqat odamga xos. Uni odamzod uyjoy qurib, o’zini tunda turli xavflardan saqlash imkoniyatiga ega bo’lganidan keyin orttirgan. Sekin uyqu davrida bazi odamlar uyqusirab yurishadi, bu — somnambulizmdir.

O’z vaqtida uyqu rivojlanishini tushuntirish uchun qon aylanishi, gistologik, kimyoviy nazariyalar taklif qilingan edi.



Hozirgi kunda bedorlikdan uyqu xolatiga o’tishni, uygonishni miya po’stlog’i va po’stloq osti tuzilmalari, xu­susan to’rsimon formatsiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlar o’zgarishiga bog’lashadi. Miya stvolida, asosan uzunchoq miya va Varoliy ko’prigida joylashgan to’rsimon formatsiyani ko’tariluvchi yo’llar talamus yadrolari, ular Orqali katta yarimsharlar po’stlog’i bilan aloqador qiladi. Pastga tushuvchi yo’llar, o’z navbatida, to’rsimon formatsiyani orqa miya segmentlari bilan bog’laydi. Po’stloq to’rsimon formatsiya, to’rsimon formatsiya — Orqa miya munosabatlari yuqorida ko’rilgan edilar. Oxirgi o’n yillarda to’rsimon formasiyaning ko’prik qismidaga ma’lum neyronlarning elektr faolligi uyqu davrlari almashinuvida avval qonuniy ravishda o’zgarishi aniqlangan. Masalan, uyquning tez davri boshlanishidan avval bu neyronlar impulslari chastotasi bedorlik xolatidagiga nisbatan 50—100 marta oshadi. Bu o’zgarish EEG da tez uyquning dastlabki belgilari paydo bo’lishidan sal oldin qayd qilinishi uning uyqu davrlari almashinuviga daxldorligini ko’rsatadi.

Varoliy ko’prigidagi boshqa ikki gurux neyronlar faol­ligi uyquning sekin davri tez davrga o’tishi oldidan susayadi. Bu neyronlarning bir guruxi Varoliy ko’prigining xavorang dog’ yadrosida joylashgan bo’lib, noradrinalinga boy. Ikkinchi gurux neyronlar serotoninga ega, ular ko’prikning chok yadrolarida bo’ladi.

Bu guruxlardagi yakka neyronlar faollygini qayd qilish ularning impuls chastotasi bedorlikda juda yuqori bo’lishini sekin uyqu davrida esa asta-sekin kamayishini, uyqu­ning tez davrida umuman impulslar yuzaga chiqmasligini ko’rsatadi.

Tez uyqu boshlanyshi oldidan faollashadigan neyronlar ham , ko’prikdagi davrining dog’ va chok yadrolaridagi neyronlar ham yoyiluvchi (divergent) yo’llar Orqali po’stloqning ko’pgina soxalariga bog’langanlar. Ulardan po’stloqda yetib kel­gan impulslar keng doiradagi neyronlarni faollashi yoki tormozlashi mumkin.

Ko’prikning uyquga daxldor neyronlarida serotonin va noradrenalin ko’pligini aniqlash uyquning kimyoviy nazariyasiga yana qiziqish uyg’otdi. Ko’tariluvchi po’stloqni faollashtiradigan tizimning adrenergikligi, uyquni qochiruvchi moddalarning ko’pi katexblaminlarga o’xshashi katexolaminlar bedorlik xolatini saqlash uchun zarurligidan darak beradi. Miyada serotonin miqqorining ortishi tez uyqu davrini uzaytiradi, ammo uyquni sekin davr xisobiga qisqartiradi.

Boshqa fiziologik faol moddalar ham uyquga tasir qilishi mumkin. Masalan, oxirgi yillarda epifizdan ajratib olingan peptidning faqat 600 molekulasi mushukni uxlatib qo’yish qobiliyatiga ega.

Yüklə 21,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin