Axborotlar saralanib bo’lgandan keyin miyaning ularga bo’lgan sigimi tiklanadi va uyquga extiyoj qolmaydi, odam uyg’onadi.
Organizmning sirkad (kecha-kunduzgi) ritmlari uyqu va bedorlik xolatlarining po’stloq osti mexanizmlarini bevosita ishga soluvchi omil bo’lib xizmat qiladi.
UYQUNING BUZILISHLARI AKSh qon gressining aholi uyqusini baxolash maxsus komissiyasining rasmiy ma’lum otlariga ko’ra , faqat birgina AKSh ning o’zida 40 millio’ng a yaqin odamda uyquning turli buzilishlari kuzatilar ekan. Uyqusirash odamni ojiz qilib qo’yadi va fojialarga sabab bo’ladi. Avtomobil xalokatlarining 10 % ga yaqini uyqusirashdan kelib chiqadi. Kam uxlash va qattiq charchash uyqusirashga sabab bo’ladi. Kam uxlash jamiyatning xayot tarziga bog’liq . Hozirgi kunda axolining ko’p qismi (yoshidan qatiy nazar) asrboshidagiga nisbatan 1,5—2 soat kam uxlaydi. Xayotning jadalligi, MNT ga bexisob axborotlar yig’ilishi miriqib uxlashga xalaqit beradi. Natijada odam to’yib uxlamaydi, uyqu qarzdorligi rivojlanadi. Uyquga tuymaslik natijasida yuzaga chiqqan jismoniy va aqliy ish faoliyatining susayib ketishini birinchi galda uyqu yordamida davolash mumkin. Yetarli miqdorda uxlab, uyqu qarzdorligidan qutulish kerak.
Mutaxassislar uyqu buzilishining 15 dan ko’p turini ajratadilar. Ulardan eng xavflisi — uxlab yotganda vaqti bilan nafasning to’xtab qolishidir. Bu xolat emizikli bolalarda ko’proq uchraydi, bolalarning to’satdan o’lib qolishiga sabab bo’ladi. Odamning doimo uyqusirab yurishi, uyquga to’ymasligi narkolepsiya deyiladi.
Muttasil uyqusizlik (insoniya) odamning Sillasini quritadigan, esankiratadigan, ish qobiliyati yuqolishiga olib keladigan og’ir xastalik. Uyqu buzilishlariga katta ijtimoiy muammo, deb qarash ularni o’rganish va davolashga yetarli ahamiyat berish kerak.
Dostları ilə paylaş: |