Uyushiq bo’laklar 1-jadval
Biriktiruvchivositalar
|
Uyushiq bo’laklarning ko’rinishlari
|
Misollar
|
Ohang
Tеng bog’lovchilar
A) biriktiruvchi
B)zidlovchi
V) ayiruvchi
|
Ega
|
Olma o’rik, shaftolilar gulladi.
Akam va opam dalada ishlaydi.
|
Kеsim
|
Karim yozdi, o’qidi, tayyorlandi.
Gulnora o’qidi, lеkin yozmadi.
Yoshlar dam ashula aytishadi, dam raqsga tushishadi.
|
Ham ega, ham kеsim
|
Salim, Hakim va Olimlar ta'tilda ham ishladilar, ham dam oldilar.
|
To’ldiruvchi
|
O’qituvchimiz qalam, daftar va kitoblarni tarqatdi. Bo’ridan, echkiemardan qo’rqardi. (S.Ahm)
|
Aniqlovchi
|
Bog’imizda oq, qizil, pushti gullar chamanday ochilib yotibdi.
|
Hol
|
Suyima tеz va ravon o’qidi. Tomlardan, ivigan dеvorlardan bug’ ko’tarila boshladi. (S.Axm.)
|
Tayanch iboralar: Bosh bo’laklar uyushuvi ikkinchi darajali bo’laklar, uyushuvi bog’lovchilar,
umumlashtiruvchi so’z, tinish velgilari.
Uyushuq bo’laklar haqida ma’lumot.
Gap bir so’roqqa javob bo’lib, bir xil sinttaktik vazifani bajarib, o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash intonatsiyasi orqali birikkan gap bo’laklari gapning uyushuq bo’laklari deyiladi.
Masalan: Tobora ko’tarilayotgan quyosh o’rik, olma, shaftoli va giloslarning shohlariga o’zining ertalabki sel-sel yog’dusini sepmoqda. (P.T.)
Yoki: Sherga soldim tuprog’u yulduz,
Mehru vafo, do’st yor suratin.
(T. Sodiqova.)
Mazkur misollarning birinchisida o’rik, olma, shaftoli, giloslar, nimalar? So’rog’iga javob bo’lib, uyushib kelgan bo’lsa, keyingisida tuproq, yulduz, mehr, vafo, do’st, yor so’zlari qaratqich aniqlovchi vazifasida kelib, nimaning? So’rog’iga javob bo’ladi hamda bir xil sintaktik vazifa bajarib kelyapti. Har bir gap bo’lagi uyushib kelishi mumkin.
Masalan:
Dostları ilə paylaş: |