BOZBАRАK
77
* * *
Olamga nur sochar husning, quyoshing,
Go‘zallik tojiga yarashgan boshing,
Sodiq sirdoshingman,
yaqin dildoshing,
Malikam, men sening umr yo‘ldoshing,
Jonginam, men sening umr yo‘ldoshing.
* * *
Lol etdi oy yuzing ziyosi,
Bo‘sa oldim, labing bo‘ldi nam.
Gulg‘unchaga tomdi go‘yoki
Yulduzlardan to‘kilgan shabnam.
* * *
Oftobning yuziga to‘silgan parda,
Tog‘larning boshiga o‘ralgan ro‘mol.
Turnalardek baland uchib ketolmas
Yomg‘irda qanoti ho‘l bo‘lgan shamol.
* * *
Mayda
qadam tashlab yuradigan sarv,
Chiroyli jilmayib turadigan sarv.
Nozik bo‘yi, suluv qomati bilan
Yurakdan bexato uradigan sarv.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
78
NOLА
Oqshom ufq ortiga berkinar quyosh,
Bulutlar ortiga yashrinar yulduz.
Hech kimga bildirmay to‘kaman ko‘z yosh,
Dardimni ichimga yutaman yolg‘iz.
Meni
ado qilar yurakdagi sir,
Cho‘g‘ kabi o‘rtaydi dilni pinhon dard.
Chiroyingga qulman, husningga asir,
Ishqimni dunyodan yashirishim shart.
Momaqaldiroqdek gumbirlaydi g‘am,
Yurakni ikkiga bo‘ladi yashin.
Yalt etib bir lahza yorishar olam,
Sel qiladi yig‘lab osmon ko‘z yoshin.
Kunni bulut to‘ssa
yumilar lola,
Quyosh chiqmasa gul sochmaydi ifor.
Jamoling ko‘rmasam, dilimda nola,
Yuzingga boqmasam, ko‘nglimda g‘ubor.
Nahotki, uzlatga chekinsa shamol?!
Nahotki, vaslingdan aylasang judo?!
Nahotki, sevgimiz topmasa kamol?!
Nahotki, marhamat qilmasa Xudo?!
www.ziyouz.com kutubxonasi