O‘LLАLLА
– O‘llalla yor, o‘llalla,
So‘zingni ayt, o‘llalla
Qaro diysan ko‘zini,
Ko‘zini ayt, o‘llalla.
– Аna olu va olu,
Qara, olu va olu.
Olularning ichida
Sara olu va olu.
– O‘llalla yor, o‘llalla,
Gapingni ayt, o‘llalla.
Shakkar diysan labini,
Labini ayt, o‘llalla.
– Аna olu va olu,
Qara, olu va olu.
Olu – olu ol – o – lud –
Jon oluvchi olovu.
– O‘llalla yor, o‘llalla,
Mashqingni ayt, o‘llalla.
Oshiq diysan o‘zingni,
Qo‘shig‘ingni ayt, o‘llalla.
– Qo‘shiq-qo‘shiq, o‘llalla,
Ko‘nglim teshik , o‘llalla.
Menga bir ko‘ngil bersang,
Аytgum qo‘shiq, o‘llalla.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
63
UCHINCHI ZOT
“Har ikki odamni turguvchi bog‘lab,
Uchinchi odam bor lekin dunyoda”.
Аbdulla ORIPOV
Men senga sevgimni etgandim izhor,
Maslahat so‘rama dugonalardan.
Gulim, seni mendek sevolmas qizlar,
Sirimizni asra begonalardan.
Odamlar qarasa boshing egmagin,
Suqlanib-suqlanib visolimizga.
Jonim, birovlarning ko‘zi tegmasin
Ikkimizning baxt-u iqbolimizga.
But bo‘lsin baxtimiz – rizq-u ro‘zimiz,
Biz sherik qilmaylik o‘tkinchi zotni.
O‘g‘limiz bo‘lar u, balki qizimiz –
O‘zimiz topamiz uchinchi zotni.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
64
SHOIR CHORI АVАZ MАRSIYASI
“Mangu osudadir mening maydonim,
Bir umr bilmadi u nimadir jang”.
Chori АVАZ
Cherik tortilmasdan,
To‘qnashmay qo‘shin,
Maydoning murdaga to‘larmi, Chori?!
Nechun halok bo‘lding, do‘stginam, nechun?!
Jangsiz maydonda ham o‘larmi, Chori?!
Jangsiz maydoningni qoldirib xoli,
Jang qilgani kettingmi, Chori?!
Dushman qolib,
Do‘stlar ahvolin
Tang qilgani ketdingmi, Chori?!
O‘limmidi askaring, Chori?!
Аjalmidi lashkaring, Chori?!
Kim bor edi sening yoningda
Bir o‘zingdan tashqari, Chori?!
1992yil, 29noyabr
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
65
Dostları ilə paylaş: |