Rustаm MUSURMON
50
Iishqq,
Iishqq oqayotir tomirlarimda.
Nahotki, siz uning novdalarini
Payvandlab qo‘ydingiz tomirlarimga?!
– O‘tti, o‘tti, o‘tti-yovv…
Hamma o‘tib ketti-yovv…
Ul sarvinoo-oz o‘tt-ma-di-uvv…
Jonim, ishq faslida gull ekdingizmu?
Bepoyon ko‘nglimga mo‘ll ekdingizmu?
Visolim hosilin terolmasin deb,
Ko‘zimga mevasiz yo‘ll ekdingizmu?!
IZTIROB
Bilmadim, irodang toshmi-temirmi,
Nechun diydalaring bunchalar qattiq?
Hayot
daraxtidan terib yedirdim
Senga mevalarni achchiqdan-achchiq:
–
Navqiron,
navqiron,
sen orqada qol,
Bu mening sevgilim – oltmish yashar chol!
Qismat umidlarga qabrlar qazar,
Qayrab kelyapman qilichlarimni.
Tayyorlan galdagi zarbaga, hozir
Uzib yuboraman ilinjlaringni:
– Navqiron, navqiron, sen orqada qol,
Bu mening sevgilim – oltmish yashar chol!
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
51
Tilimga chiqarsam dilimdagini,
Navqiron yigitsan jonimga yoqar.
Dilimga yashirsam tilimdagini,
Zamon
senga emas, cholimga boqar:
– Navqiron, navqiron, sen orqada qol,
Bu mening sevgilim – oltmish yashar chol!
Ko‘zlarim kulsa-da,
dilda alam bor,
Chilparchin qilgudek butun olamni.
Ichimga sharillab yog‘ar jolam bor,
Otasi tirikdir sag‘ir bolamning:
– Navqiron, navqiron, sen orqada qol,
Bu mening sevgilim – oltmish yashar chol!
Ilojim qolmadi… Yigitsan, meni
Bu yo‘ldan qaytargin, qo‘lingdan kelsa.
Yolg‘on so‘zlab aldab yuribman seni,
Gapimga ishonma hali ham bo‘lsa:
– Navqiron, navqiron, sen orqada qol,
Bu mening sevgilim – oltmish yashar chol!
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
52
* * *
Yiqildim, ko‘makka keldi faqat it,
Yo‘llar oyog‘imga bosh urishdilar –
Izladim, chaqirdim, ko‘chalar jimjit,
Ular izingizni yashirishdilar.
Gulim, sizni yo‘llar qizg‘anadi mendan.
Yillar
mening umrim taqvimlaridan
Qizil kunlarini o‘chirishdilar.
Faqat chehrangizni ko‘zimdan olib,
Yuragimga o‘y-yib ko‘chirishdilar.
Gulim, sizni yo‘llar qizg‘anadi mendan.
Bedor kezganimda har tong, har sahar,
Meni tushlarida ko‘rganmish gullar.
Yig‘lab uyg‘ondilar, lekin har safar,
Eh-h, meni tushida ko‘rganmish gullar!
1989yil
www.ziyouz.com kutubxonasi