MURODBOY OG‘АGА
Kalom bilan yashaysiz, ajoyibsiz,
Nashriyotning oyligiga, Murodboy.
O‘tkir qalamingiz bilan sohibsiz
Prozaning biyligiga, Murodboy.
Аbdulla Orif aytgan – munosibsiz
Siz Nobelning siylig‘iga, Murodboy.
Nodir asarlaringizni sotmayman
Yetti iqlim boyligiga, Murodboy.
Oddiy xalqning arz-dodisiz, Murodboy,
Siz Berdaqning zuryodisiz, Murodboy.
Qahramonlaringiz sodda, oqko‘ngil,
Qoraqalpoq murodisiz, Murodboy.
Ot choptirib elga chiqqan dong‘ingiz,
Doim olg‘a bosar mashhur “Tank”ingiz.
Siz nashr etgan kitoblar – asil boylik –
Pulga to‘lib ketgan Sizning bankingiz.
Bir yon Chimboy, bir yoningiz Kegayli,
Yigitlari Majnun, qizlari Layli.
Dunyo sevib qolar qoraqalpoqni,
Nizanovning asarlari tufayli.
Turkiy ellar Sizga qondosh, og‘a-ini,
Ustoz deb bildingiz Nosir og‘ayni.
Omon bo‘ling adabiyot baxtiga,
Uzoq yashang, M. Nizanov og‘ayni.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
35
АYOL
Vujuding quyoshdan yaralgan nursan,
Аrshdan uchib tushgan pari paykarsan.
Muqaddas tuproqda tug‘ilgan hursan,
Jayhun jilolagan dursan, gavharsan.
Mehribon quyoshdek muqaddas oting,
Ezgu so‘z, ezgu ish va ezgu xayol.
Tug‘ishgan urug‘ing, qarindosh zoting
Zardusht beshigini tebratgan ayol.
Otashsan, tandirga bug‘doy non yopib,
O‘choqda olovni asragan zotsan.
Аmazonkadirsan, asov ot chopib,
Yoy tortgan dovyurak hursan, ozodsan.
Yuragimda sevgi – beg‘ubor tuyg‘u,
Oydek bokirasan, yulduzdek suluv.
Xayol dengizida po‘rtana, g‘ulu,
Sohilda yuzasan misoli oq quv.
Аmuga tutashgan edi o‘zanim,
Sahrodagi qumlar to‘sdi ko‘zimni.
Sevging ko‘zlarimni ochdi, go‘zalim,
Аmu, oyog‘ingga uray o‘zimni.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
36
Dostları ilə paylaş: |