O‘G‘IL SUYISH
O‘g‘lim Husanjonga
Bir, ikki..., beshoyoqq,
O‘rmalaydi beshoyoqq,
To‘rtoyoqqa eshoyoqq,
Beshoyoqda peshoyoqq...
Ha, toy-toy!
Ha, toy-toy!
– Cho‘lpp...
– Аh, cho‘chchog‘idan!
Tomir-u qonim – yuruvv-chi,
Suyagimdi suruvv-chi.
Minora – gumbaz-gumbaz
Imooratlar quruvv-chi.
Ha, toy-toy!
Ha, toy-toy!
– Cho‘lpp...
– Аh, cho‘chchog‘idan!
Bir, ikki, uchoo-g‘i,
O‘g‘ilchamning cho‘choo-g‘i.
Bo‘liq bo‘lsin, mo‘l bo‘lsin
Аrpa-bug‘doy boshoog‘i.
Ha, toy-toy!
Ha, toy-toy!
– Cho‘lpp...
– Аh, cho‘chchog‘idan!
1990yil
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
41
IZLА MENI
Muhammad Xo‘shondan
Sen deganda bobongning yo‘q to‘yimi,
Kel, o‘ynaylik
Bekinmachoq o‘yinin.
“Аvvalaman” so‘zin ulgi etaman,
Sen qolasan,
Men yashirinib ketaman.
O‘yin sharti qattiq, bilmas “obbo”ngni,
Sen topib ol,
Izlab o‘rgan bobongni.
Izla meni yaqin yerdan, olisdan,
Topolmasang,
“Qaydasiz?!” deb tovushla.
Kelishaylik, shunday mening talabim,
Meni topsang,
Meniki bu g‘alabam.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
42
SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ
Bitiruvchilar tilidan
Ustozlar mehridan bahramand bo‘lib,
O‘qidik, maktabda tugadi saboq.
Yangraysan xayrlashuv vaqtin bildirib,
So‘nggi qo‘ng‘iroq!
So‘nggi qo‘ng‘iroq!
Darsning boshlanishi, darsning yakuni
Vaqtida necha bor kuy chalding yangroq.
Nahot, yetib keldi ayriliq kuni,
So‘nggi qo‘ng‘iroq!
So‘nggi qo‘ng‘iroq!
Naqadar qadrdon bizga ovozing,
Naqadar o‘rganib qolgandir quloq.
Maktab musiqasi, tengi yo‘q sozing,
So‘nggi qo‘ng‘iroq!
So‘nggi qo‘ng‘iroq!
Baxt yo‘lin izlashga chorlaydi hayot,
Samoda yulduzsan, ummonda mayoq.
Orzu osmonida tolmagay qanot,
So‘nggi qo‘ng‘iroq!
So‘nggi qo‘ng‘iroq!
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
43
Endi sen hayotning imtihonida
Ustoz savolidek berasan so‘roq.
Yangrab tur umrning har bir onida,
So‘nggi qo‘ng‘iroq!
So‘nggi qo‘ng‘iroq!
Ona maktab, sening oshiyoningdan
Qushlar kabi uchib ketamiz yiroq.
Sayraysan qaqnusdek kechib joningdan,
So‘nggi qo‘ngiroq!
So‘nggi qo‘ng‘iroq!
25. 05. 2021.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
44
YURАK
Yurak – mening duldulim,
Ko‘kragimda qozig‘i.
Beda emas, yem emas,
Mehrdandir ozig‘i.
Pishqiradi depsinib,
Qon quyilar ko‘ziga.
Mendan boshqa odamning
Ko‘rinmaydi ko‘ziga.
O‘zim bersam, yemaydi,
Yemishlarning gulidan.
Oziqlanib o‘rgangan
Suluvlarning qo‘lidan.
Ko‘zlar oy-u yulduzni
Аrg‘amchining dastidan.
Ko‘pchib ketdi ko‘kragim
Tuyoqlari ostida.
Oxiri bir parini
Olib qochar yugurib.
Meni sudrab ketadi,
Qozig‘ini sug‘urib…
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
45
Dostları ilə paylaş: |