NURLI QАLАM
Nurli qalam, nurli qalam,
Sen bilan nurafshon olam.
Jurnalda bosilgan sheʼrim,
Gazetda chiqqan maqolam.
Nurli qalam, nurli qalam,
Qog‘oz – ekinzorim, dalam.
Yozib-chizib ter to‘kaman,
Gazetalar g‘aram-g‘aram.
Nurli qalam, nurli qalam,
Dunyo bir kam – bitmas chalam.
“Osmon uzoq, yer qattiq”dir,
Yangilandi yana yaram.
Nurli qalam, nurli qalam,
Yozganlarim – mening bolam.
Yig‘lamasin, o‘ksinmasin,
Tor bo‘lmasin unga olam.
Nurli qalam, nurli qalam,
Dilda nolam, ko‘zda jolam.
Dunyoni yeb bitiradi
Bir kun nafsi buzuq odam.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
32
Nurli qalam, nurli qalam,
Kecha menga berdi otam.
Аrmonim yo‘q, qo‘llarimdan
Erta seni olur bo‘tam.
Nurli qalam, nurli qalam,
Shon-shuhrat – bevafo sanam.
Qattiq sevsam nima qilay
Shu ayolni jonimdanam!
Nurli qalam, nurli qalam.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
33
АQCHАKO‘L
Ellikqalʼa tumani “Аqchako‘l ilhomlari”
yosh ijodkorlar Respublika seminari
taassurotlari
Otang Ukuzdaryo, yoshulling Orol,
Ulug‘san, qutlug‘san, mo‘lsan, Аqchako‘l.
Sohiling orombaxsh, suvlaring zilol,
Bo‘stonga yarashgan gulsan, Аqchako‘l.
To‘lqinlar torini chertadi shamol,
Qizdek sollanadi suluv Turong‘il.
Kechalar bo‘yningga osilar hilol,
Labingga dudog‘in tutadi Xongul.
Tingladim, to‘lqinlar kuylagan qo‘shiq –
To‘rtko‘lda sayragan bulbul navosi:
Yangrar Ellikqal’a, Bo‘stonga oshiq
Otajon hofizning sohir ovozi…
Sevgim degich kabi aslo dam bermas,
Qalbim qirg‘oqlari bormoqda nurab.
Аmu toshqinidek jo‘shar “Dambermas”,
Ohim yuksaladi osmonga qarab.
To‘qayga qirg‘ovul, suvga shag‘ala,
Qoraqalpoqqa sen yorsan, Аqchako‘l.
Sheʼrim qanot qoqar seni yoqalab,
Qo‘limda sehrli torsan, Аqchako‘l.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
34
Dostları ilə paylaş: |