Uyushmasi rustаm musurmon



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/29
tarix25.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#77862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Rustam Musurmon. Bozbarak (2021)

PАXTА GULI
Har kim sevsa o‘z yurt-u o‘z elini,
Ikki qilmas dili bilan tilini.
Bu dunyoda xushbo‘y, rangdor gullar ko‘p,
Men sevaman oppoq paxta gulini.
Nomozshomgul kun botganda kuladi,
Qizg‘aldoqlar bahordayoq so‘ladi.
Qor ostidan qatrab chiqar boychechak,
Paxta guli issiqqa o‘ch bo‘ladi.
Xalqni mehnat har tomonga yo‘llaydi,
Kim bog‘laydi, kimlar dala-cho‘llaydi.
Paxta o‘zbek kabi sevar quyoshni, 
Paxta yozning chillasida gullaydi.
Qadri bo‘lak g‘alla, boshoq, donani,
Biroq paxta dehqon yori, jononi.
Suvchi tunda egatlarga suv tarab,
Kunduz sanar g‘o‘zadagi shonani.
Paxta guli dehqon yaktagidek oq,
Paxta guli pushti yaproq, qiz yanoq.
Paxtazorda porlagaydir yulduzlar,
Paxta odam panjasidek besh chanoq.
Sevsang, paxta hosilini mo‘l beradi,
Qadoq qo‘lingga momiq qo‘l beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


BOZBАRАK
13
Paxta xirmon yulduzlarga tegadi,
Koinotga eltuvchi yo‘l beradi.
Har timsolning o‘z mazmuni, tili bor,
Har elga xos ramzlarning har xili bor.
Non-nasibam to‘kin dasturxonimda 
Choynak-piyolamda paxta guli bor.
Dunyo chopon kiyar o‘zbek qo‘lidan,
Boshda do‘ppi, belbog‘i bor belida.
Deydi shoir: O‘zbekcha so‘zlar paxta,
Yer yuzini sevar o‘zbek tilida. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rustаm MUSURMON
14
SHO‘ROBSOY
Qadrdonim, Sho‘rob!
Аzizim, Sho‘rob!
Onasan beg‘ubor bolaligimga.
Loyqa suvlaringda yo‘rgaklab, o‘rab,
Аllalading...
Shukur onaligingga!
Sho‘rob, sen qadimiy Qashqadaryoga
Tomiri tutashgan bitta irmoqsan.
Sho‘rob, sen Zarafshon, Аrdvi Suraga
Tus tug‘ishgan singil, urug‘-aymoqsan.
Pushti kamaringdir Zardushtiy Hisor,
Muqaddas Gavadan boshlangan tog‘lar.
Dehqonlarga sanʼat o‘rgatgan ilk bor,
Dalalarga hayot bergan irmoqlar.
Sho‘rob!
Hushi uchib ketar kim jarga boqsa,
Qirq yigit bo‘yiday jarliklaring bor.
Girdingda qo‘rg‘onlar paxsa va paxsa,
O‘tmishni ko‘rsatib turguvchi devor.
Sangirtepa, Uzunqir – eng ko‘hna shahar,
Sho‘robsoy suvidan qorilgan loyi.
Аhamoniy shohlar ot surgan mahal
Qaysar bobolarning jang qilgan joyi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


BOZBАRАK
15
Yakkatutda quruq soylar bor, Sho‘rob,
Bu soylarni tarix hikoya qilgan.
Qadimda suvlaring baqandek o‘rab,
Qo‘rg‘onlarni yovdan himoya qilgan.
Qancha suvlar o‘tdi,
Qancha xon o‘tdi,
Qanchalab ko‘priklar, to‘g‘onlar to‘zdi.
Ko‘mirtepa o‘tdi, Pistaxon o‘tdi,
Qancha qo‘rg‘onlarni buldozer buzdi.
Yer ostida qoldi gardga qorilib,
Ko‘hna istehkomning jang shinaklari.
Sinib ketgan edi unga urilib,
Iskandarning metin manjaniqlari.
Dunyoni yutmoqchi bo‘lgan arabning
Bo‘g‘zidan o‘n to‘rt yil tishlab turgan sher –
Muqanna, Muqanna ko‘hna Sho‘robning
Girdida ajdarni majaqlagan er...
Sho‘rob!
Firibgar, oqpadar, nokaslar bisyor
Yurtparvar ko‘rsatdi o‘zni yolg‘ondan.
O‘shalar dastidan xor bo‘ldi diyor,
O‘shalar sog‘ chiqdi yongan qo‘rg‘ondan.
Sho‘rob!
Xudo ayirmasin aslo imondan,
Qudratingni ko‘rdim sel kelganida.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rustаm MUSURMON
16
Qurbonlik tilading moldan va jondan
Qirg‘og‘ingga dod deb el kelganida.
Jarlarning yuzida qushlar uyasi
O‘lik qatlamlarga baxsh etar hayot.
Chumchuqlar Sho‘robning bulbulgo‘yosi,
Kesakqoyalarda yangraydi bayot.
Uzun kokil tashlab jar bo‘ksasidan,
Nozlanib yotadi kovulpalaklar.
Qirmizi kovullar – yor bo‘sasidan
Dudoqlari qonab ketgan malaklar.
Sho‘rob,
Qancha poda boqdim,
Qancha mol boqdim,
Chayla qurdim Podayotoqlaringda,
Tandirdek osmonga quyoshni yopdim,
Non botirib yedim buloqlaringda.
Qadrdonim, Sho‘rob!
Аzizim, Sho‘rob!
Onasan beg‘ubor bolaligimga.
Loyqa suvlaringda yo‘rgaklab, o‘rab,
Аllalading...
Shukur onaligingga! 
www.ziyouz.com kutubxonasi


BOZBАRАK
17

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin