QАSHQАDАRYO
Bir lahzangda to‘rt fasl bordir alomat,
Sehrlidir sening go‘zal latofating.
Cho‘llaringda, tog‘laringda ulug‘ neʼmat,
Lol aylagay boyliging – gul nafosating,
Qashqadaryo, Qashqadaryo!
Baxshilaring doston aytsa, dilga orom,
Аdo qilgay qirq kecha-yu kunduzlarni.
Tomga chiqib, ushlab olsang bo‘lar oqshom
Charaqlagan katta-katta yulduzlarni,
Qashqadaryo, Qashqadaryo!
Qadim Kesh-u Naxshab yovga aylab qahr,
Ozodlik deb ko‘targandi mashʼal – yalov.
Yer yuziga ulashmoqda otash mehr
Bugun cho‘llaringda yongan zangor olov,
Qashqadaryo, Qashqadaryo!
Buyuk davlat qurding dunyoda mardona,
Ot choptirib, surding davr-u davroningni.
El-u yurtning qadri uchun tug‘ding, Ona,
Sohibqiron Аmir Temur o‘g‘loningni,
Qashqadaryo, Qashqadaryo!
Duo qilib ketgan ekan Sohibqiron,
Xudo berdi yana o‘zbek o‘g‘loniga.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
10
Tulpor minib chiqdi yana bir pahlavon
Mustaqillik uchun kurash maydoniga,
Qashqadaryo, Qashqadaryo!
Ezgu niyat niholini ekdi o‘lkam,
Bog‘ yaraldi tog‘larida, cho‘llarida.
Qator-qator daraxtlarning bo‘yi ko‘rkam
Xonobod-u Qamashi – Chim yo‘llarida,
Qashqadaryo, Qashqadaryo!
Yo‘lboshchiga uzangidosh bo‘lgan elim,
Xaloskorga jilovbardor bo‘lgan elim,
Ot yeldirib, yurtga yo‘ldosh bo‘lgan elim,
Bayroq olib, yalovbardor bo‘lgan elim –
Qashqadaryo, Qashqadaryo!
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
11
ORZULАR FАVVORАSI
Аlisher Navoiy nomidagi
Opera va balet teatri qoshidagi
kuylovchi favvoraga
Ushalsin orzularim,
Bormi biron chorasi.
Munavvar tuyg‘ularim –
Orzular favvorasi.
Sevar yorim quyoshdir,
Men uning sayyorasi.
Ko‘zimdan chiqqan yoshdir,
Orzular favvorasi.
Parilar surnay chalar,
Yangraydi nog‘orasi.
Raqsga tushar, to‘lg‘onar
Orzular favvorasi.
Suv yoqasinda jonim,
Yuragimning porasi.
Dil izhorim, zabonim –
Orzular favvorasi.
Bunda Toshkent “Ushshog‘”i,
Xorazm “Suvora”si.
Oshiqlarning mashshog‘i –
Orzular favvorasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
12
Dostları ilə paylaş: |