Uyushmasi rustаm musurmon



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix25.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#77862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Rustam Musurmon. Bozbarak (2021)

OSHI HАLOL
Poda qaytdi, 
Qirda yonadi gulxan.
Podachi gulxanga yotib biryonbosh
Xurjundan chiqardi bitta ko‘gannon – 
Ufqqa yonboshlab mudraydi quyosh...
Oshi halol,
Podachi,
Oshi halol!
Sovliqlar sog‘ildi,
Qo‘zilar yotdi.
Eshiklarin yopdi qo‘ra-yu qo‘rg‘on.
Ovloq daralarning ko‘zlari yondi – 
Tosho‘choqda qaynar bir qora qumg‘on.
Oshi halol,
Podachi,
Oshi halol!
Rizq-u ro‘z beradi buloq, tog‘-u tosh,
Odamning mol boqib topgan noni bol!
Osmonda porlaydi yulduzlar bosh-bosh,
Ko‘kda poda boqib yuribdi hilol! 
Oshi halol,
Podachi,
Oshi halol!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rustаm MUSURMON
22
POLVON
Sher savlati yolida,
Er davlati elida.
Polvonlarning quvvati
Bilagida, belida.
Chechan bo‘lsa dovga qo‘y,
Mergan bo‘lsa ovga qo‘y.
Yigitlarning sarasi
Polvon bo‘lsa yovga qo‘y.
Qora tuya nor bo‘lar,
Qora buqa shor bo‘lar.
Olishmasa or uchun,
Polvon zoti xor bo‘lar.
Baland tog‘dan qor ketmas,
Burgut ketmas, sor ketmas.
Polvonlarning ko‘ksidan
G‘urur ketmas, or ketmas.
Siri chiqmas sirtiga,
Sira qaytmas ortiga.
Qo‘rg‘on bo‘lar polvonlar
Millatiga, yurtiga.
www.ziyouz.com kutubxonasi


BOZBАRАK
23
EL EGАSI ER YIGIT
El egasi er yigit,
Er egasi sher yigit. 
Er qadrini el bilur
Elim-yurtim der yigit.
Elning baxti erkakdir,
Erkak elga tirgakdir.
El-yurt uchun er yigit
Kecha-kunduz sergakdir.
Yuragida yoli bor,
Yurganda shamoli bor.
Аrslonim, deya suygan
Yori bor, ayoli bor.
Nasl javhari erkak,
Millat gavhari erkak.
Zamona tinch, yurt obod,
Hayot sarvari erkak.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rustаm MUSURMON
24
DА’VАT
Xuruj qildi dunyo ahliga ofat,
Xalqni asrash zarur ko‘rmay talofat,
Yo‘lboshchi shoshilinch ayladi daʼvat:
Elga ko‘mak kerak, yurtga saxovat!
Lolalar so‘lmasin desak tog‘larda,
Gulni do‘l urmasin desak bog‘larda,
Odamlar yordamga muhtoj chog‘larda
Elga ko‘mak kerak, yurtga saxovat.
Yaxshi noming bilan o‘zgandir oting,
Davlating ko‘paysin, kelsin omading,
Bir qo‘ying o‘n bo‘lsin, yuzing bo‘lsin ming,
Elga ko‘mak kerak, yurtga saxovat.
Bu xalq yaxshilikdan topgan saodat,
Yordamga qo‘l cho‘zmoq oddiy bir odat,
Og‘ajon, ha degan tuyaga madad,
Elga ko‘mak kerak, yurtga saxovat.
Ko‘rinmasdan hamla qilganida yov,
Himoya kerakdir, kerak emas dov,
Bu ham bir imtihon, bu ham bir sinov,
Elga ko‘mak kerak, yurtga saxovat.
Qancha sinovlarni baham ko‘rgan teng,
Biri yoqa bo‘lgan, biri bo‘lgan yeng,
O‘zbek mehri daryo, o‘zbek bag‘ri keng,
Elga ko‘mak kerak, yurtga saxovat.
www.ziyouz.com kutubxonasi


BOZBАRАK
25

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin