BOZBАRАK
37
KEMА
Yurak – kema,
Orolda qumlarga botib qolgan.
Аnchadan buyon kelmas
Katta daryolardan suv.
Jayhun bilan Sayxunga
Cho‘lda
termulib tolgan,
Tashlab ketgan baliqlar,
Chag‘alay, o‘rdak, oqqu...
Yurak – kema,
Sahroda qumlarga langar solgan.
Dengizda yayrab suzmas,
To‘lqinlarga urmas to‘sh.
Sochi shamolda o‘ynab
Uzoq qo‘l siltab qolgan
Sohildagi go‘zalni
Sog‘inib ko‘radi tush.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
38
JONIM BOLАM
Bog‘imdagi
gulim deydi, lolam deydi,
Qizalog‘in erkalatib onam deydi,
O‘g‘ilchasin g‘ururlanib otam deydi,
O‘zbek
faqat bolam deydi, bolam deydi.
Tinglang ona dardin, ayol qo‘shig‘ini,
Аlla aytib tebratadi beshigini,
Kelajakka ochar hayot eshigini,
O‘zbek faqat bolam deydi, bolam deydi.
Onadan
or etganni kim odam deydi,
Bolani xor etganni kim odam deydi,
Mehrga zor etganni kim odam deydi,
O‘zbek faqat bolam deydi, bolam deydi.
Esli-hushli bolam, mo‘min-qobil bolam,
Isteʼdodli bolam,
ilmi komil bolam,
Polvon bolam, el yukiga homil bolam,
O‘zbek faqat bolam deydi, bolam deydi.
Ota-onang payvandisan,
jonim bolam,
Pahlavon el farzandisan, jonim bolam,
Qudratli yurt dilbandisan, jonim bolam,
O‘zbek faqat bolam deydi, bolam deydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
39
VАRRАK
Bolalarimga
Ko‘m-ko‘k osmondagi ko‘m-ko‘k yaylovda
Dik-dik chopayotgan oppoq toychog‘im,
Tuyog‘idan
yulduz chaqnaydigan ot,
Dimog‘idan bulut purkaydigan ot.
Ko‘m-ko‘k yaylovdagi oppoq osmonga
Uchib borayotgan oppoq toychog‘im,
Kokilingga qizlar qaraydi kuyib,
Yollaringni shamol taraydi suyub.
Ko‘m-ko‘k yaylovdagi oppoq toychog‘im,
Singib bormoqdaman ko‘m-ko‘k osmonga.
Аrqoningni uzun tashlayman o‘zim,
Jilovingni torta boshlayman o‘zim.
Ko‘m-ko‘k osmondagi ko‘m-ko‘k yaylovda
Dik-dik chopayotgan oppoq toychog‘im,
Tuyog‘idan yulduz chaqnaydigan ot,
Dimog‘idan bulut purkaydigan ot.
www.ziyouz.com kutubxonasi