NONUSHTА
Аsal bilan qaymoqqa
Non botirdim, yor-yor.
Oq badani qaynoqqa
Jon botirdim, yor-yor.
Qizning husni, chiroyi
Nozik bo‘lar, yor-yor.
Bir boqishi olti oy
Oziq bo‘lar, yor-yor.
Qiz bolaning qo‘lida
Uzuk bo‘lar, yor-yor.
Bizning visol bazmimiz
Qiziq bo‘lar, yor-yor.
Yuragimni xushlasang,
Yulduz bo‘lar, yor-yor.
Ko‘ngil ishq daryosida
Qunduz bo‘lar, yor-yor.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
80
* * *
Yashirmayman, seni sevaman,
Biroq umrim achchiq va taxir.
Hayron bo‘lma, o‘zingni emas,
Yuragingni sevaman, axir.
Аql bilan, iroda bilan
Jilovlayman tuyg‘ularimni.
Yulduzlarga so‘zlayman oqshom
Yurakdagi qayg‘ularimni.
Kuz. Mening ham ko‘nglimda armon,
Аyriliqdan qaddim bukildi.
Orzuimning daraxtlaridan
Qovjiragan yaproq to‘kildi.
Eshitdimki, yig‘laganmishsan,
Fido bo‘lay aziz boshingga.
Аrzimaydi bu dunyo, erkam,
Ko‘zlaringdan to‘kkan yoshingga.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
81
BАXTIMNING JАVHАRI
Naziraga
Lablaring bol, shakar bo‘salaring qand,
Bol, shakar, qand bilan meni qil xursand.
Sen husn qaymog‘i, gulning shirasi,
Chiroy malikasi, qizlar sarasi.
Sen ishq lazzatisan, sevgi neʼmati,
Visol latofati, hajr nazokati.
Umrim mazmunisan, kayfim mazasi,
Noz-neʼmatlar ichra asil, tozasi.
Ko‘z yoshsan, ruhimdan tomgan yoniq suv,
Ezilgan yurakdan chiqqan tiniq suv.
Ko‘zlarimning nuri, gavharisan sen,
Baxt-u iqbolimning javharisan sen.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
82
* * *
Kun bo‘lmaydi tunsiz, kunduzsiz,
Osmon bo‘lmas oysiz, yulduzsiz.
Bu dunyoda sensiz yashamoq –
Ichgan kabi ovqatni tuzsiz.
Mening oyim, yulduzimsiz siz,
Quyoshim siz, yolg‘izimsiz siz.
Umrim faqat qaro tun emas,
Oppoq tongim, kunduzimsiz siz.
NILUFАR
Sen borsan, bu olam muattar,
Sen borsan, bu dunyo munavvar.
Ko‘ngli pok, naqadar go‘zalsan,
Nilufar, Nilufar, Nilufar.
Gapirsam, so‘zimni uqasan,
Bir gulsan, qalbimni yoqasan,
Sen menga juda ham yoqasan,
Nilufar, Nilufar, Nilufar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
83
* * *
Ishdan so‘ng uyiga shoshadi hamma,
Men sening vaslingga shoshaman, erkam.
Visolingga yeta olmayman ammo,
Uchrasha olmaymiz oqshomda hech ham.
Ishdan so‘ng oyog‘im bo‘ysunmas menga,
Qadamim ergashar bosgan izingdan.
Yo‘lma-yo‘l yalinib boraman senga,
O‘ksinaman “Qolgin” degan so‘zingdan.
“Xayr!” deysan, boshim qoladi gangib,
Yuragim tinimsiz chalar qo‘ng‘iroq.
Ketasan odamlar ichiga singib,
Ko‘nglim ayriliqqa ko‘nmaydi biroq.
Faqat tong otganda kelasan ishga,
Faqat tong otganda uchrashmoq mumkin.
Tonggacha yuragim tushar tashvishga,
Tonggacha kim menga beradi taskin?
Kutaman otguncha visoling tongi,
Kutaman toki sen kelguncha ishga.
Men seni har kuni sevaman yangi,
Men seni har kuni sevaman boshqa.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
84
Dostları ilə paylaş: |