XАYRLАSHUVDАN SO‘NG
Boqdim oydek jamolingga,
Seni bekor suyganim yo‘q.
Xayrlashdik, visolingga
To‘yganim yo‘q, to‘yganim yo‘q.
Uzun tunlar dardim aytib,
Ko‘ksingga bosh qo‘yganim yo‘q.
Dudog‘ingning gulxanida
Kuyganim yo‘q, kuyganim yo‘q.
Yuzing o‘pib, qulog‘ingga
Bir gap aytib qo‘yganim yo‘q:
“Sendan boshqa parizotni
Suyganim yo‘q, suyganim yo‘q!”
Sen ketding, men yig‘lab qoldim,
Izingdan shod yurganim yo‘q.
Diydoringga to‘ymadim men –
Seni aslo ko‘rganim yo‘q...
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
71
ILK BO‘SА
Husning ko‘rib, men sarxush bo‘ldim,
Tovusdayin tovlanar eding.
Sayyod bo‘lding, men bir qush bo‘ldim,
Chiroyingga ovlanar edim.
Labingdagi asal, bolingni
Yalayman deb do‘zaxga tushdim.
Oy yuzingda qaro xolingni
Cho‘qiyman deb tuzoqqa tushdim.
* * *
Oqqushginam, anglaysan meni,
O‘rgativoldim seni o‘zimga,
Diqqat bilan tinglaysan meni,
Tushunasan hamma so‘zimga.
Eritasan yuraklarimni,
Chug‘urlaysan yuzimga qarab,
Barcha orzu-istaklarimni
His etasan ko‘zimga qarab.
Oqqushginam, nima ham derdim,
O‘qiy qolgin yozgan xatimni.
Yuragimni men senga berdim,
Senga berdim muhabbatimni.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
72
QUSH
Yuragimda bo‘zlaydi bir qush:
“Kuk-ku – jonim, qaydasan? Kuk-ku!”
O‘z juftini izlaydi bir qush:
“Kuk-ku – yorim hech qayda yo‘q-ku?!”
Men bilmayman uning otini:
Bulbul, to‘rg‘ay, saʼva yo kakku.
Eshitaman dod-faryodini:
“Kuk-ku, kuk-ku, kuk-ku-ya, kuk-ku!”
O‘tkir tig‘li tumshug‘i bilan
Yuragimni cho‘qiyveradi.
Bezor qildi qo‘shig‘i bilan,
Tinmay g‘azal o‘qiyveradi.
Rom ayladi husniga jonon –
So‘na, suqsur, oppoq qush, oqqu.
Qalbim qushi sayradi chunon:
“Kuk-ku, kuk-ku, kuk-ku – men toq-ku?!”
Ko‘nglim zada bo‘ldi, dilim xun,
Qushga buncha dard berding, hayot?!
O‘sha qushdek yuragim bir kun
Uchib ketar chiqarib qanot.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
73
* * *
“Gah” dedim, yor,
Qo‘lga qo‘nding qush bo‘lib,
Bilagimda tirnog‘ingning izi bor.
“Oh” dedim, yor,
Dilga qo‘nding tush bo‘lib,
Yuragimda oyog‘ingning izi bor.
“Shoh” dedim, yor,
Qatl aylading ishq bo‘lib,
Suyagimda firog‘ingning izi bor.
Ishq yarasi tuzalmaydi, bitmaydi,
Gulim, sensiz aslo kunim o‘tmaydi.
* * *
Аzizam, men seni sog‘ingan onim,
Xazondek xor bo‘lar bog‘im, bo‘stonim.
Faqat sen bo‘lursan dardimga malham,
Sensiz zerikarli bu hayot, jonim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
74
* * *
Jonim dedim, gulim dedim,
Senga oshiq dilim dedim.
Аgar menga qaramasang,
Hayot menga o‘lim dedim.
Qoboqlaring bodom, dedim,
Seni sevdim mudom, dedim.
Visolingga yetishmasam,
O‘lib ketar odam, dedim.
* * *
Hijron ko‘p cho‘zildi, visoling uzoq,
Kunlar bir-birini o‘tar quvishib.
Gar javob bermasang, qilsam qo‘ng‘iroq,
Jim qolsang yuragim ketar uvishib.
Jonim, sog‘inaman seni erta-kech,
Ne dardga mubtalo bo‘ldik sevishib?
Seni ko‘rmasam men chidolmayman hech,
Jim qolsang yuragim ketar uvishib.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
75
* * *
Ey gul!
Tonggi shabnamdan ham beg‘ubor, tiniq
Ko‘z yoshlarim bilan seni sug‘ordim.
Ey gul!
Mehrim nuri bilan o‘stirdim aniq,
Yurak tuyg‘usidan sabo yubordim.
Meni unutdingmi, oppoq atirgul?
Seni sog‘ingandim, ochmading dudoq.
Bir so‘z ham aytmading bir boqish tugul,
Bu dunyoda sensiz yashayman qandoq?
QOR
Qor husningdek go‘zal, qalbingdek oppoq,
Biroq hijroningdek sovuq, sevgilim.
Qor orzungdek toza, xayolingdek pok,
Erir quyosh borsa yovuq, sevgilim.
Quyosh kabi sevsam, qordek yig‘laysan,
Qor – qizsan, shodlikdan ko‘z yoshlaring sel.
Sevmasang muzlaysan, dilni tig‘laysan,
Faqat muzlamagin, eriy qolgin, kel.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
76
Dostları ilə paylaş: |