Uyushmasi rustаm musurmon



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/29
tarix25.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#77862
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Rustam Musurmon. Bozbarak (2021)

SOVCHI
 
 
“La­lay, La­lay­chi keldi, 
 Ko‘chaga moychi keldi. 
 Ko‘chaga moyini tashlab
 Sanamga sovchi keldi…” 
 Xalq qo‘shig‘i
Ukajonim, rostdan sovchi keldimi? 
Oqqushimga biror ovchi keldimi? 
To‘qqiz toboq, to‘qqiz tugun ko‘tarib, 
Ko‘chamizga to‘y-to‘ylovchi keldimi? 
La-lay-chilar qaboq uyib ketsin-ey, 
O‘z yog‘ida o‘zi kuyib ketsin-ey! 
Shum sovchilar Sanamjonga kelguncha, 
Mening ikki ko‘zim o‘yib ketsin-ey! 
Bo‘sag‘ada yetdi bo‘ying, Sanamjon, 
Endi bo‘lar sening to‘ying, Sanamjon. 
Bo‘sag‘angdan bo‘ylab qo‘shiq aytasan, 
Munojotga o‘xshar kuying, Sanamjon. 
“Bo‘sa-g‘a-gaa yetti bo‘-yii-im, yor, or, 
Qachon bo‘-lar mening to‘-yii-im, yor, or? 
Bo‘saa-g‘amm-dan, yor-ey, bo‘y-laa-ma-sangiz, 
Kuyii-ib ketsin mening uyi-im, yor… or…” 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rustаm MUSURMON
58
Libosingni zar bezaklar bezaydi, 
Boshginangni zar chechaklar bezaydi – 
Kundan kunga sarg‘aytirib, so‘ldirib, 
Gulginamni zarpechaklar bezaydi. 
Kokillaring tolim-tolim, Sanamjon, 
Otang senga buncha zolim, Sanamjon. 
Yor-yor emas, zor-zor aytib yig‘layman, 
Nelar kechar sensiz holim, Sanamjon?! 
La-lay-chilar qaboq uyib ketsin-ey, 
O‘z yog‘ida o‘zi kuyib ketsin-ey! 
Shum sovchilar Sanamjonga kelguncha, 
Mening ikki ko‘zim o‘yib ketsin-ey! 
La-lay, La- lay-chi kee-el-dii-i…
Ko‘-cha-ga moy-chi kee-el-dii-i… 
Ko‘-cha-ga moyii-ni tash-laa-ab 
Sanamga sov-chi kee-el-dii-i… 
www.ziyouz.com kutubxonasi


BOZBАRАK
59
SOG‘INCH VА QULFLOG‘LIQ ESHIK
Boshim ko‘kka yetganda 
Qanotiga kishan urilgan qushim, 
Diydor shamollarida 
Havolanib uchmaysan?! 
Og‘zim oshga yetganda 
Tumshug‘iga qulf osilgan qushim, 
Qo‘limdan don yemaysan?! 
Kaftimdan suv ichmaysan?! 
Bo‘sag‘amga yetganda 
Tomog‘iga zanjir osilgan qushim, 
Chorlab sayramaysan?! 
Tovushtirmaysan?! 
U yog‘ingdan uni, 
Bu yog‘ingdan meni 
Oshiq-maʼshug‘ingday 
Qovushtirmaysan?! 
– Qushim! 
– To‘q-to‘q…
– Qushim!
– Yo‘q-yo‘q… 
Nafas olmaysan… 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rustаm MUSURMON
60
SUV
Yerning olti burjin sayd etdim dov-la,
Kel endi, o‘zimni, sayyodim, ovla. 
Oshiq ham, maʼshuq ham topmadim aslo 
Lovv -lovv lovullagan olovdan avlo. 
Kel, menga oshiq bo‘l, 
Maʼshuq bo‘l! 
Quchsang, durri marjon yig‘ib berurman, 
O‘psang, Hasan-Husan tug‘ib berurman. 
Kokillarim ila kamalak qilib
Jamiki ranglarni egib berurman. 
Kel, menga oshiq bo‘l, 
Maʼshuq bo‘l! 
Ishqingda alanga – daryo bo‘lurman, 
O‘zimdan kechurman, ayro bo‘lurman. 
Har yoqqa o‘t purkab Qaqnus misoli 
Quchog‘ingda yonib – yayrab o‘lurman. 
Kel, menga oshiq bo‘l, 
Maʼshuq bo‘l! 
www.ziyouz.com kutubxonasi


BOZBАRАK
61
UY
Men bir imoratman, 
Ko‘hna imorat. 
Ming yillardan buyon 
Nurab yotibman. 
Kapalak qorlarni, 
Laylak qorlarni 
Yorilgan boshimdan 
Kurab yotibman. 
Chakki o‘taverar 
Qor-yomg‘irlardan, 
To‘lib ketaverar 
Tog‘ora – yurak. 
Ishq tuprog‘in 
Qorib 
Qayg‘u suviga 
Suvamasang 
Yashab bilma – 
Sang kerak. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rustаm MUSURMON
62

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin