BOZBАRАK
7
Soat ham odamdek tutadi motam,
Odamning yonida turadi qaqshab.
Yurakda tulpordek dupurlar soat,
Soatdek yugurar tomirlarda qon.
Soat bu –
tiriklik, soat bu – hayot,
Soat bu – umrga surʼat bergan jon.
Ikkita yurakning muhabbati baxt,
Toshkentning bog‘ida qo‘shaloq kurant
Hamohang
bong urar, yashnaydi poytaxt,
Hayot baxsh etadi xush soat, xush vaqt.
Olamda
vaqt erur eng oliy hakam,
Yulduzlar taqdirni qilur bashorat.
Kurant soatida o‘n ikki raqam
Аbadiy hayotga erur ishorat.
Ikki kurant turar yonma-yon, xushbaxt,
Zamin
timsoli bu, osmon timsoli.
Zamon o‘taverar, o‘taverar vaqt
Ikki kurant aro daryo misoli.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
8
MАJNUNTOL
Majnuntol tagiga o‘tqazing meni,
Men uchun yig‘lasin, men yig‘lab bo‘ldim.
MIRTEMIR
Kuyovlari o‘lgan kelinchaklarning
Daryoga bosh yuvib yig‘lashi ayon.
Tul qolgan majnuntol kuyinchaklaring
Soyga chayqar sochin ko‘zlari giryon.
Qabringizni o‘pib yig‘lar majnuntol:
“Men uchun yig‘lagan shoir, tura qol!”
Sochlarini yulib yig‘lar majnuntol:
“Soyamda
uxlagan shoir, tura qol!”
Turg‘izmoqchi bo‘lar bag‘riga bosib
Sizni shovullagan shoxlari bilan.
Ezilgan o‘pkasin ololmas bosib,
Dunyoni to‘ldirdi ohlari bilan.
www.ziyouz.com kutubxonasi