Rustаm MUSURMON
18
BOZORTEPА
Poda.
Bozortepa mol boqar,
Dashtni kesib yugurar Sho‘rob.
Yakkatut keng dalaga chopar,
Charxarixni beliga o‘rab.
Yassi yayloq. Issiq, jingirtob,
Zorillaydi jizillovuqlar.
Chanqab qolgan govmish – Sangirtog‘
Sho‘rob suvlariga yovuqlar.
Bo‘rttiradi
qomatin tarang
Shamol pirpiroqqa o‘ralib.
To‘zon – raqsga tushadi satang
Buralib, buralib, buralib...
Bozortepa o‘ngirin qoqib,
Podani haydaydi qishloqqa.
Tun
osmonda chiroqlar yoqib,
Qorovullik qilar yayloqqa.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
19
YOZ
Qaldirg‘och inidek mukammal supa,
Shoxida bo‘zto‘rg‘ay yayragan og‘och.
Boshiga
chambarak toj kiygan tepa,
Davlati ziyoda kumush qayrag‘och.
Bag‘rini tillarang bug‘doyzor etib,
Oltin o‘roq bilan don o‘rgan osmon.
Ko‘ksiga shamolning barmog‘i tegib,
Qiz kabi entikib titragan rayhon.
Momiq shu'lalarga g‘arq bo‘lgan ochun,
Shivirlab yelkamga engashadi oy.
Bir kecha yonimda tunamoq uchun
Mening to‘shagimdan oy so‘raydi joy...
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
20
* * *
Havodan olacha to‘qiydi quyosh,
Tomchilardan marjon yasaydi yomg‘ir.
Yuragini lola etar tog‘-u tosh,
Ko‘pkari chopadi yer – qora bag‘ir.
Bandidan uzilar uzum –
oltin bosh,
Ho‘kizning shoxiga quyilar chog‘ir.
Bodomni abadiy sevar xarsang tosh,
Ko‘pkari chopadi yer – qora bag‘ir.
Bog‘lardan
ketadi yashil tarovat,
Sarg‘ayib qoladi daraxtlar faqir.
Cho‘qqilar kuzatar tik, behalovat,
Ko‘pkari chopadi yer – qora bag‘ir.
Sag‘rinida hovur, ot kishnaydi. Qor…
Yer yag‘ir, yuk bilan yugurish og‘ir.
Tog‘lar
muzlab qolar kelguncha bahor,
Ko‘pkari chopadi yer – qora bag‘ir.
www.ziyouz.com kutubxonasi